Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

– «Farg‘ona vodiysining janubiy shaharlaridan 
birida yashovchi Muhabbat ismli qizdan xat oldik, 
– deb yozibdi maqola muallifi. – Yuragi to‘kilib turib 
yozilgan bu hayajonli maktubda Muhabbatxon 
debdi: «...Men bir yo‘lga tushib qoldim. Adashdimmi 
yo to‘g‘ri tushdimmi – bilmayman. Men sakkiz yillik 
maktabni tugatib, savdo bilim yurtiga o‘qishga 
kirdim. Shu paytlarda nima bo‘ldi-yu, bir yigit bilan 
tanishib qoldim. Hozir magazinda sotuvchi bo‘lib 


67
ishlayman. U har kuni do‘konga keladi. Mana 
uch yil bo‘ldi – o‘sha yigit bilan inoqmiz. Ko‘ngil 
berib qo‘ygan ekanmanmi, bir zum ko‘rmasam 
turolmayman. O‘zimni har qancha qo‘lga olishga, 
undan uzoqlashishga tirishsam ham bo‘lmaydi. 
Nimaga desangiz, oydek xotini, to‘qlidek bolasi 
borligini bilib qoldim. Voy, o‘lay, endi nima 
qildim-a?! Yo xotinini qo‘ydirib tegib olaymi? Hozir 
o‘t ustida xotinini qo‘yib meni olsa, keyin, taftidan 
tushgach, meni tashlab ketib qolmasmikan? Axir, 
bitta yo bir nechta bolasi bilan xotinini tashlab 
ketgan nomard erkakka ishonib bo‘ladimi. U bir kun 
emas, bir kun seni ham tashlab ketadi, deyishadi-
ku odamlar. Rostdan shunday bo‘larmikan? Voy, 
o‘lmasam! Qanday kunlarga qoldim-a! Maslahat 
beringlar, nima qilay? Yo ota-onamga yig‘lab-
yig‘lab aytaymi? Ular nima de yishar ekan? Har 
nima bo‘lganda ham qizlariman, balki rahm qilib, 
gunohimni kechirishar? Unda yigit nima bo‘ladi? 
Men, axir, uni yaxshi ko‘raman-ku!..»
Saodat buvi gazetani asta oldiga qo‘ydi-da, 
qizlarga bir qarab olib, keyin davomini o‘qidi:
«Ana xolos, endi buyog‘i qanaqa bo‘ldi? Qilar 
ishni qilib qo‘yibdi-yu, yana maslahat so‘raydi. 
Men nima deyman? Ota-onangning roziligini 
olmay, xotini bor, bolasi bor, boshi bog‘liq hirs 
bandasiga tegaver, deymi? Yo‘q! Hech qachon 
mendan bunaqa maslahat chiqmaydi. O‘n sakkiz 
yil hasratini chekib, zo‘rg‘a katta qilgan ota-onani 
qaqshatish, el-yurt oldida yerga qaratib qo‘yish – 
farzand ko‘rnamakligigina emas, shafqatsizligi, 
ota-ona oldidagi farzandlik burchiga behayolarcha 
tuflashi bo‘ladi-ku, axir!


68
Muhabbatxon, qarang, taqdir ekanmi yo 
ayanchli bir tasodifmi, bundan bir necha fursat 
ilgari Muhabbat ismli boshqa bir qizdan ham xuddi 
shu mazmunda xat olib edim. O‘qib qarang-a:
«...O‘tgan yili bir yigit bilan tanishdim. Biz u bilan 
ancha yaqinlashib qoldik. Oradan to‘qqiz oy o‘tdi. 
Shu to‘qqiz oy menga qanchalar baxt keltirganini 
hech bir so‘z bilan ifodalab berolmayman. Lekin, 
e-voh, baxtli kunlarim o‘sha to‘qqiz oydangina 
iborat ekan! Dod, men baxti qaro bo‘lib qoldim. 
Yorim deb bino qo‘ygan yigitimning oyday xotini
qo‘zichoqdek ikkita o‘g‘ilchasi bor ekan... Yo tavba! 
Men jonimdan ortiq sevsam-u, o‘zi ham sevgisini 
oyoqlarim ostiga poyondoz qilsa-yu, yana bu 
qanaqa nayrang?! Xullas, u ahdi yolg‘onning 
aldoqchiligi oshkor bo‘lgandan keyin yona-yona, 
kuya-kuya cho‘p bo‘lib qoldim. Nima qilay: do‘st-u 
dugonalarimga, ota-onamga yorilaymi, dardimni 
yashirmay aytaymi? Ammo... ammo... ammo qaysi 
bet bilan? Bu noma’qulchilik, beboshlik yuzimga 
surtgan qorani endi qanday qilib yuvaman? Yo‘li 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling