Kbk: 84(5O‘zb)7
TO‘RTINCHI OQSHOM HIKOYATI
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
TO‘RTINCHI OQSHOM HIKOYATI
Shoshqaloqlik – shaytonning vasvasasi, Bugungi lazzat-u zahar ertasi. Kechqurun soat roppa-rosa sakkizda qizlar yetib kelishdi. Oralarida yana ikkita yangi qiz ham bor edi. Qisilishib, surilishib o‘tirishdi. Saodat buvi auditoriyaga kirgan keksa professor qiyofasida qizlarga ko‘z yugurtirdi-yu, salom- alikdan keyin yana o‘sha salobatli ovozda so‘z boshladi: – Kecha vaqtimiz ziqlik qilib, sizlarda savollar bormi-yo‘qligini so‘ray olmadim. Hechqisi yo‘q, kecha xato qilgan bo‘lsak, bugun tuzatamiz-da. Vaqt ham, imkon ham bor bugun. Marhamat, savollaringiz bo‘lsa beringlar, – dedi Saodat buvi, tizilishib o‘tirgan qizlarga ko‘z yugurtirib. Qizlarda savollar bor ekan. Kecha kechqurun uylariga qaytishayotib, yo‘lda ancha gap talashi- shibdi. Biri chin muhabbat borligiga gumon qilsa, yana biri, bor deb turib olibdi. Talashishibdi, isbot- lashishibdi, lekin qat’iy qarorga kela olishmabdi. – Shuni siz dalillab, ajrim qilib bersangiz, opoqi, – deb iltimos qildi kechagi durkun qiz. – Xo‘p bo‘ladi, dalillaymiz, qizlar. Chin muhabbat borligini qo‘limdan kelganicha isbotlashga harakat qilib ko‘raman. Kecha bu to‘g‘rida hech nima demadik yo deyish xotiramizdan chiqibdi desak – noto‘g‘ri bo‘lar. Asrlardan asrlarga, zamonlardan zamonlarga o‘tib kelib, bugun ham bizning ma’naviy hayotimizga juda katta ta’sir qilayotgan mashhur doston va romanlarni kecha tilga oldik. Chin muhabbatning borligiga tariximizdan, ho- 58 zirgi ibratli yoshlar orasidagi pok muhabbatdan ortiq yana qanday dalil kerak? Sutdan og‘zi kuygan qatiqni puflab ichadi, degan gap bor xal qimizda. Odamzodki bor, muhabbat bor. Agar muhabbat bo‘lmaganda yaratish, bunyod qilish, o‘stirish, voyaga, kamolga yetkazish degan narsalar ham bo‘lmas edi. Inson nimaiki yaxshilik qilsa, hammasini yoqtirish, sevish orqasida qiladi. Modomiki, bugungi chiroyli, dilrabo dunyomizni shu taxlit go‘zal qila olgan ekanmiz, demak, bu muhabbat sharofatidan. Bu go‘zalliklarning hammasini muhabbat inson aqli va qo‘li bilan yaratgan. Saodat buvi so‘zini to‘xtatib, allaqanday kon- vertlarni kavlashtira boshladi. O‘shalardan birini olib, ichidan taxlog‘liq qog‘oz chiqardi. – Muhabbat to‘g‘risida menda bitta xat bor edi, qarshi bo‘lmasalaringiz o‘qib bersam. Qizlar chug‘urlashib: – O‘qing, o‘qib bering, opoqi, – deyishdi. – Bo‘pti, quloq solinglar. «Hurmatli opoqi, o‘tgan hafta bizning bilim yurti qizlari bilan bo‘lgan uchrashuvda siz juda yaxshi gaplarni aytdingiz. Buning uchun ko‘pdan ko‘p rahmat. Ammo muhabbat haqidagi dalillaringiz, kechirasiz-u, menda unchalik qanoat hosil qilmadi. O‘shanda o‘rnimdan turib e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldim-u, lekin o‘qituvchilarimizdan, ayniqsa, Siz hurmatli opoqimizdan uyalib, ko‘nglimdagi gapni aytolmadim. Mana endi uzoqdan, xat vositasi bilan e’tirozimni bayon qilyapman. Meni ma’zur ko‘ring, jon opoqi. Men, chin muhabbat bor, deyilgan gaplarga hech ishonmayman. Menda 59 bu ishonchsizlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmadi. Buning sababi, asosi bor. Dunyoda muhabbat emas, aldov bor ekan. Muhabbatning ko‘zlarni qamashtirib, odam hushini olib qo‘yadigan chiroyli libosiga burkangan al dov bor ekan! Buni o‘z- o‘zini aldash deb tushunaylikmi yo boshqanimi – baribir. Shuning uchun o‘sha uchrashuvda Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling