Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

chin muhabbat foydasiga keltirgan dalillaringiz 
har qancha asoslidek ko‘rinsa ham, baribir, men 
o‘z fikrimda qolaman. Sababimi? Sababi bor, 
albatta. Bo‘lganda ham bitta emas, istaganingiz 
qadar. Lekin men shulardan faqat bittasi ustida 
to‘xtayman. Bilim yurtimizda Sabohat degan bir 
qiz bor edi. A’lo baholarga o‘qirdi, bo‘sh vaqtlarini 
badan tarbiyasiga bag‘ishlar edi. U bilan ikki yil 
birga o‘qidim. Juda odobli, hayoli qiz edi. Sinfimiz 
qizlari kechqurunlari birgalashib dars tayyorlar 
edik. Shunday paytlarda muhabbatdan gap chiqib 
qolsa, u o‘zidan o‘zi qizarib, yonimizdan turib 
ketardi. Sevgidan gap ketganda dugonalaridan 
ham uyaladigan shunday hayoli, shunday iboli 
bir tortinchoq qiz oradan yarim yil ham o‘tmay 
mana shu sevgi o‘tida yona boshladi! Balki tafsil 
kerakdir? Marhamat, opoqi. Biz har xil tumanlardan 
kelganimiz uchun bilim yurti yotog‘ida turardik. 
Kechki paytlarda qo‘limizni band qiladigan uy 
ishlari bo‘lmagani uchun kim kitob o‘qir, kim 
rasm chizar, kim jismoniy tarbiya bilan qomatiga 
chiroy berardi. Sabohat ikkalamiz yugurishni 
yaxshi ko‘rardik. Uzun, chiroyli oyoqlarini xuddi 
tog‘ ohusidek chaqqon tashlab, hamma vaqt 
mendan o‘zib ketardi. U bir necha marta yugurish 
musobaqalarida qatnashib, bilim yurtimiz sharafini 


60
yuksaklarga ko‘tardi. Bo‘y-basti kelishgan, ko‘zlari 
kulib turgan, chehrasi ochiq shunday dilrabo, 
shunday jonon qiz uch oy deganda bir yomon kasri 
bilan dori ichib kasalxonaga tushib qoldi. Men 
nodon o‘zim bilan, darsim bilan bo‘lib, g‘aflatda 
qolibman. Xayriyatki, doktorlar bir amallab jonini 
saqlab qolishdi, ammo avvalgi quvnoq, baxtiyor 
Sabohatdan juda kam narsa qoldi. Endi u zamonlar 
o‘tgan sari rangini yo‘qotgan, xiralashib qolgan 
eski suratga o‘xshar edi. Men voqeani eshitib, 
darrov kasalxonaga yetib bordim. Sabohat bir 
ahvolda yotar edi. O‘ziga kel gandan keyin hamma 
gapni aytib berdi. Ich-ichidan ezilib, yig‘lab o‘tirib 
gapirdi. Ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kilar, hiq-
hiqidan nafasi bo‘g‘ilib qolar edi. Men bir narsani 
o‘ylab, qo‘rqib ketdim. Uning dard bilan, alam 
bilan to‘liq gaplari o‘limi oldidan gunohlariga tavba 
qilayotgan bemor gapiga o‘xshab ketdi. Men ham 
chiday olmay yig‘lab yubordim. Gap bunday bo‘pti: 
o‘sha kechasi Sabohatning tushiga onasi kiribdi. 
Bir ahvolda yig‘lab, sochlarini yulib yurgan emish. 
Yomon hodisa bo‘ldi, shekilli, deb qo‘rqipti-yu, 
darsdan keyin shaharlararo telefon stantsiyasiga 
borib, onasi bilan telefonda gaplashibdi. Onasining 
mehribon ovozini, uydagilarning tinch, sog‘-
salomat ekanliklarini eshitib, zaldan xursand 
chiqib kelayotgan ekan, eshik tomondan bir sur 
yigit kelib: «Ketmay turing, hozir chiqaman, birga 
ketamiz», debdi. Bir begonaning tomdan tarasha 
tushganday gapi unda hushyorlik uyg‘otishi kerak 
edi, lekin buning aksi bo‘pti. Qarang, Sabohatning 
ko‘zlari uning ko‘zlari bilan to‘qnashibdi-yu, 
yuragi jiz etib, butun vujudini g‘alati bir o‘t 


61
olibdi. Sabohat qanchalik tortinchoq, uyatchan 
qiz bo‘lishiga qaramay, yigitning o‘t chaqnagan 
ko‘zlari sehridan nes bo‘lib qopti. «Menga nima 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling