Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
Bilmayin bosdim tikanni – tortadurman zahrini,
Bilsam erdim, bosmas erdim, tortmas erdim dardini! Tursunoy shoshqaloqlik, ko‘rsavdolik orqasida badnom bo‘lgan qizlar uchun aybdordek, yerga qarab oldi. Saodat buvining g‘amgin ko‘zlari bebosh qizlar sho‘rining alamli manzarasida edimi, nevarasining boshi tushib ketganini payqamadi. U xayol ko‘zlarini o‘sha alam tug‘yoni ko‘tarilgan nuqtadan uzmay der edi: – Innaykeyin, shoshgan qiz erga yolchimabdi, degan maqol ham bor xalqimizda. Ha, azaldan bor. Bu maqolni biz bugun yo kecha o‘ylab chi- qarganimiz yo‘q, bolam. Shuning uchun bo‘yi yetgan har bir qiz birinchi uchragan yigitga darrov rozilik bera qolmay, andisha yo‘lini tutishi kerak. Andisha yo‘li deganimiz esa – shoshmaslik yo‘li, o‘ylashlik yo‘li, aql bilan bamaslahat ish ko‘rishlik yo‘li, deganimiz. Har holda, men shunday deb tushunaman. Buni ulug‘ bobomiz Hazrati Navoiy ham ta’kidlaydilar: 24 Har kimsaki aylamas oshiqmoqlikni xayol, Yaprog‘in ipak qilur, chechak bargini bol. Saodat buvi Navoiy kulliyotini buyuk ehtirom bilan joyiga avaylab qo‘ydi-da, boyagi fikrini yana ham kengaytirib davom ettirdi: – Har bir qiz to‘yga rozilik berishdan oldin quradigan turmushini buzmasdan saqlab qolishga qurbi yetadimi-yo‘qmi, bundan ham muhimrog‘i – buzilmasdan saqlanib qolishiga aqli yetadimi- yo‘qmi, hayot so‘qmoqlarida uchraydigan o‘nqir- cho‘nqir lardan o‘ta oladimi-yo‘qmi – bunga o‘zida ishonch hosil qilishi, kuch topishi kerak. Yana aytaman, aylanay, qizim, bu uchta-to‘rtta qiz bola yig‘ilib olib o‘ynaydigan to‘ptosh emas, bu turmush qurish, jamiyat hujayralaridan biriga aylanish, ya’ni jamiyat oldidagi onalik burchini bajarish sari birinchi qadam tashlash degan so‘z. Ha, xuddi shunday, bolam. Saodat buvi yonidagi kitoblardan bittasini olib varaqladi, bir nimalarni o‘qidi, keyin uni yopdi-da, nimadandir g‘ururlangan kishi ovoziga o‘xshash tovush bilan dedi: – Hamma xalqda, jumladan, o‘zimizning o‘z- bek xalqimizda ham odamda ixtiyor hissini jo‘shtiradigan hikmatli gaplar ko‘p uchraydi. Bular tasodifan og‘izga yo xayolga kelib qolgan shunchaki gaplarmi yo necha-necha zamonlar, ne-ne ajdodlar idroki chig‘irig‘idan o‘tib, yombidek quyilib qolgan hayot haqiqatimi? Sen nima deysan, qizim? – O‘sha, siz aytganingiz bo‘lsa kerak, buvijon, – dedi Tursunoy ishonch bilan. 25 – Ha, barakalla, aqlli qizimsan-da. Hayot haqiqati hammasi. Asrlar, zamonlar osha sayqal topib, tom ma’nosi bilan hikmatga aylangan xalq daholari bular. Mehnatdan yer, suvdan o‘simlik, quyoshdan borliq yashnaydi. Xuddi shunga o‘xshash, odam bolasi ham zakovat nuriga, fikrat niholini gullatuvchi aql nuriga hamisha muhtoj. Bundayin nur bor, aylanay qizim, bor. Bu nur xalq ichida, xalqning zukko farzandlari aytgan hikmatli so‘zlarida. Bizdan lozimi esa, jon qizim, buyuk insonlar, zamonlar qoldirgan aqliy merosni har dam ko‘z o‘ngimizda tutish, kelajagi mizga, hozirimizga, hatto o‘tmishimizga ham biron jihati bilan zarar yetkazib qo‘yish ehtimol bo‘lgan qadamni tashlashdan avval ota-bobolarimiz hikmatiga, albatta, murojaat qilishdir. Bundan ko‘riladigan foyda – beqiyos. Ammo bitta sharti bor: bironta ham hikmatli so‘z bu qulog‘ingdan kirib, u qulog‘ing dan chiqib ketmasligi kerak. Saodat buvi xayol surib, bir necha daqiqa jimib qoldi. Tursunoy nariyoqdagi stolda bir nimalar yozib o‘tirgan edi, asta yuzini o‘girib buvisiga qaradi. Saodat buvining bir nuqtaga tikik ko‘zlari tinib qolgandek tuyulsa ham, Tursunoy u ko‘zlarda harakat borligini, qayerlarnidir, kimlarnidir ko‘rib turganligini sezdi. Saodat buvi boshini quyi solib, oldidagi yozig‘liq qog‘ozga qaradi. Bir necha lahzadan keyin, qog‘ozdan ko‘zlarini uzmay tetik bir ovozda gapira ketdi: – Xalqimizda «Yetti o‘lchab, bir kes», degan maqol bor. Bu gapda hikmat katta bo‘lsa kerak. Ha, katta. Nimaga desang, qizim, bir marta o‘lchab bir kes yo ikki marta o‘lchab bir kes demasdan, 26 yetti o‘lchab bir kes, depti. Demak, qiladigan ishing o‘zingga ham, o‘zgaga ham zarar yetkazmasligi uchun, nimaiki qilsang puxta qil, pishiq qil, keyincha o‘tida yonib yurma, demoqchidir-da, a, bolam? Tursunoy qo‘qqisdan berilgan savol shoshirib qo‘ygan shogirdday alangsib qoldi. Saodat buvi, gapimga quloq solmayotgan ekan, deb o‘ylab, ozorlanib so‘radi: – Ha, qizim, gaplarim joningga tegdimi? – Yo‘g‘-a, buvijon. – Bo‘lmasa nega surat solib o‘tiribsan? – Voy, o‘libmanmi, buvijon! Shunday yaxshi narsalarni gapirib bersangiz-u, men quloq solmay boshqa ish qilib o‘tirsam uyat bo‘lar. Yo‘q, buvijon, jonga rohat-ku bu gaplar! Daftarimga yozib olyapman. Saodat buvining boshqalar to‘g‘risida yomon narsalar o‘ylash odati yo‘q edi. Hozirgi ishidan xijolat bo‘lib, kallasini sarakladi. Keyin o‘sal bo‘lgan odamning nimjon tovushida: – Ha-a-a, yozib olayotuvdingmi? – dedi. – Ha, buvijon, yozib olayotuvdim. Maylimi, a, yozib olaversam? – Ixtiyoring, bolam, ixtiyoring. Ma’qul tushgan joylari bo‘lsa yozib olaver, bemalol, aylanay, bemalol. Xo‘p, gapimizni davom ettiraylik. Menga qolsa-chi, Tursunoy, umr yo‘ldoshi tanlashda yetti marta o‘lchab emas, yo‘q, hech shoshmasdan, yetmish marta o‘lchab, keyin bir qarorga kelar edim. Lekin men keladigan qaror hech qachon, hech bir sharoit da o‘zgarmaydigan, tob tashlamaydigan, yelda yemirilmaydigan mustahkam, metin qaror 27 bo‘lar edi. Ha, qizim, men keladigan qaror bahor kezlari tez-tez o‘zgarib turadigan beqaror ko‘klam havosiga o‘xshamaydigan, har qanday sharoit tazyig‘ida ham bukilmaydigan qat’iy qaror bo‘lar edi. O‘zing o‘ylab ko‘r-a, qizim, bugun bir yigitni ko‘rib yoqtirsang, yaxshigina tanishgan bo‘lib ko‘ngil bersang-da, ertasiga aynib o‘tirsang! Uyat! Shuning uchun qiz bola zarracha ham shoshmaslik sharti bilan bir yigitni tanlabdimi – bo‘ldi! O‘shaning etagini mahkam tutsin. Shunday tutsinki, qo‘lidan hech qanday dovullar, bo‘ronlar yulib olib ketmasin! Ha, shunday bo‘lsin! Tursunoy qo‘lidagi qalamini qog‘oz ustiga qo‘yib, yer ostidan buvisiga qaradi. Nima uchundir yuzi lovullab yonar edi. – Bitta savolim bor-u, so‘rashga... Saodat buvi charaqlab qaradi. – Voy, so‘rayver, qizim, yo uyalyapsanmi? Yo‘q, uyalma, aylanay. Suhbatimizning boshida ochiq gaplashamiz, deb pisanda qilishib edik, shekilli? Tursunoy boshi bilan «ha» ishorasini qildi. Ke- yin duduqlanib, so‘zini yo‘qotib, ko‘nglidagini ayta boshladi: – Buvijon-da, haligi... ha... bordi-yu, qiz... ko‘ngilsiz bo‘lib qoldi. Unda... – Unda nima qilish kerak, demoqchisan-da? – Ha. Saodat buvi sekin miyig‘ida kulib qo‘ydi. – Bu boshqa masala, qizim. Bu juda katta tahlil talab qiladigan murakkab masala. Bu to‘g‘rida keyin alohida gaplashamiz. Hozircha, hah, xayolimni ham bo‘lib yubording, qaqajon! Nima deyayotuvdim, a? Ha, topdim, topdim. 28 Yosh kelin-kuyov boshiga bitgan bir balo bor. Bu qorang o‘chgur baloning oti – g‘idi-bidi! Yengiltak yoshlar oilasini zavolga sudraydigan yalmog‘iz – shu g‘idi-bidi! Kim ko‘ribdi qishni izg‘irinsiz? Hech kim. Qish bo‘lsin-u, qahraton sovug‘i, izg‘irini bo‘lmasin. Yo‘q, bo‘ladi, bo‘lmay iloji yo‘q. Ba’zan izg‘irin juda qattiq kelib, odamlarni qaqshatsa, ba’zan salgina zirqiratib o‘tib ketadi. Uy-ro‘zg‘or, oila ham aslida shunaqa. U yerda ham g‘idi-bidi deb atalgan izg‘irin bo‘lib turadi. Faqat uning oldini olish, quturib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun derazalarni mahkam yopish kerak, toki u yerda bo‘ladigan g‘idi-bidilar ovozasi tashqariga chiqmasin. Yosh kelin-kuyov ham nodon jo‘ja- xo‘rozlarga o‘xshash bir-birlariga tashlanmasdan, g‘idi-bidi damini kesishga harakat qilishsa olam guliston: uy yana tinch, yana totuv. Hozir bir rivoyat esimga tushib ketdi. Meni kuyovga uzatishdan oldin katta buvim aytib beruvdi. Ha, bir kambag‘al kosib ertadan kechgacha bo‘z to‘qir ekan-u, topgani tirikchilikka ketib, bolalari ham, o‘zi ham qirq yamoq ko‘ylak-lozimda yurar ekan. Kim biladi, bo‘zchi belboqqa yolchimabdi, degan maqol ana shunaqa kambag‘allarga qarab aytilgan bo‘lsa ham ajab emas. Xayr, bu boshqa masala. Muddao bu yoqda. O‘sha kambag‘alning oldingi xotini vafot qilgan ekan, boshqa bir juvonga uylanibdi. Bu nodon juvon bo‘zchi bilan turmush qurishga quribdi-yu, ko‘p o‘tmay aynib qolibdi. Unaqa ekan-bunaqa ekan, deb ota-onasinikiga arz qilib boraverar ekan. Axir bir kun otasinin jahli chiqibdi. «Shunday qilib-ku, bir marta erdan 29 chiquvding, yana chiqasanmi, sharmanda!? Yo‘q, orqangga qayt, qanoat qil, o‘zingni bos, ering ning pinjiga kirib kamini but qil!» – deb otasi uni qaytarib yuboribdi. Juvon o‘lgudek nodon, aqli past ekan. Otasining nasihatini qulog‘iga olmay, eri bilan urishadigan, bo‘lar-bo‘lmasga shang‘illaydigan qiliq chiqaribdi. Uyingda u yo‘q, uyingda bu yo‘q, dermish-u, erining pinjiga kirib olib bo‘z to‘qishni, og‘irini yengil qilishni o‘ylamas emish. Nodon o‘ylamabdiki, uyida u yo‘q, bu yo‘qligiga eri aybdor emas. U bechora ertadan kechgacha bo‘z to‘qiydi, ro‘zg‘or tebrataman deb, qora terga pishib ishlaydi. Demak, hamma balo kambag‘alchilikda, yetishmov- chilikda, muhtojlikda ekan. Innaykeyin, oila yukini baravar ko‘tarishi zarur bo‘lgan xotinning qo‘lini sovuq suvga urgisi kelma ganligida, qizim. Sizlar, hozirgi tasaddug‘ing ketay zamonamizning baxtli yoshlari kambag‘alchilikni eshitgansizlar-u, o‘zini ko‘rmagan sizlar. Xudo ko‘rgulik qilmasin, bolam. Kambag‘alchi likning qahri qattiq, zahri o‘tkir. Xayr, o‘sha bo‘zchi ning xotini ro‘zg‘oridagi yo‘qchilikdan, shu yo‘qchilik sabab eri bilan o‘zi o‘rtasida bo‘lib turadigan g‘idi-bididan to‘yib, hayyo-hayt deb, uyidan boshini olib chiqib ketibdi. – Voy, esi yo‘q juvon ekan-u! A, buvijon? Erini yetimchalari bilan yo‘qchilik o‘tiga uloqtirib ketgun cha, biron yerga borib ishlasa bo‘lmas ekanmi?! – dedi Tursunoy, murg‘ak bolalari bilan mo‘ltirab qolgan bo‘zchiga yuragi achishib. Saodat buvi zaharxanda qildi. – O, bolam-a, ish degan narsa endi, sizlarning zamoningizda ko‘paydi. Biz yoshligimizda ish – Anqoning tuxumi edi. Mana, nima ish qilaman 30 desalaring – o‘sha ish jonivor muhayyo-da! U mahallar ish yo‘qligi uchun ham kambag‘allar ko‘p edi. – Bilaman, o‘qiganman, buvijon. – Ha, bilganing yaxshi. Xo‘p, endi boyagi nodon xotin mojarosini eshit. Uyidan chiqishga- chiqibdi-yu, lekin qayerga borishini bilmay, o‘rta ko‘chada qaqqayib turib qolibdi. Otasinikiga boray desa, otasi yana haydab chiqarishidan qo‘rqibdi, buning ustiga ular ham o‘lguday kambag‘al, yeyar-ichari yo‘q, yelkalari bilan zo‘rg‘a nafas olib yurishibdi. Shunday qilib, u boshi qotib turgan ekan, yerdan chiqibdimi yo ko‘kdan tushibdimi – yonida ivirsigan bir kampir paydo bo‘lib qolibdi. Bo‘zchining xotini qarasa, kampirning boshida kattakon tugun, egnida isqirt paranji, qo‘lida tol hassa. Chimmati tushirig‘liq. – Hey, Xudoning aqli noqis bandasi, serrayib turaverasanmi! Ol boshimdan tugunni! – debdi kampir erkaklarnikiga o‘xshagan do‘ng‘i tovush bilan. Bo‘zchining xotini miyasidan tayoq yegan odamday bir gandiraklab tushibdi. Keyin o‘zini o‘nglab, kampirning boshidagi tugunni olibdi-da, orqasidan ergashib ketibdi. Tursunoy hayron bo‘lib so‘radi: – Birov ko‘ribdimi shunaqa bo‘lganini, buvijon? – Eri ko‘ribdi. Shashtingdan qayt, deb to yarim yo‘lgacha orqasidan yalinib borgan ekan. Hammasini ko‘ribdi. – Keyin nima bo‘pti? – Xotini shu ketganicha qaytib kelmabdi. Birov - lar dashtda bo‘rilar yeb qo‘ydi deyishsa, yana birovlar qilgan ishidan pushaymon bo‘lib o‘zini osib 31 qo‘ydi, deyishibdi. Qaysi biri to‘g‘ri – Xudo biladi. Unday bo‘lganda ham, bunday bo‘lganda ham ayb o‘zida. Boriga qanoat qilsa, erining yonida turib birga mehnat qilishsa yetimchalarga ham jabr bo‘lmas edi, o‘zi ham shu kunga tushmas edi. – Albatta. Men ham shunday deb o‘ylayman. Ha, aytmoqchi, eri yetimlari bilan qon yutib qolishgan dir, a? – Yo‘q. Yalinib-yolvorishlariga qaramay xotini ketib qolgandan keyin bo‘zchi sho‘rlik yurak- bag‘ri qon bo‘lib bolalari yoniga qaytib kelibdi. Shundan keyin ham kelib qolar deb xotinini uzoq vaqt kutibdi. Bir yildan keyin bo‘zchiga boshqa bir bevani olib berishibdi. Bu juvon yaxshi xotin ekan – eri bilan adi-badi aytishish, bo‘lar-bo‘lmas narsaga janjal qilish o‘rniga erining pinjiga kirib olib bo‘z to‘qishibdi, bolalarini yuvib-tarabdi, eriga qarabdi, ro‘zg‘orni tejab-tergab ust-bosh qilibdi, uydagi sovuq bo‘yralar o‘rniga issiq kigiz olib solibdi... Mana ko‘rding mi, qizim, bo‘zchining avvalgi xotini ham bersang yeyman, bermasang o‘laman deb g‘idi-bidi ko‘chasiga kirib olmaganda, yomon qilmishining qurboni bo‘lmas edi. Tursunoy ham xuddi shu narsani o‘ylab o‘tir- gan ekan: – Juda to‘g‘ri aytdingiz, buvijon, – dedi. Saodat buvi oldidagi kitob-daftarlarini yig‘ishtira boshladi. – Bugungi suhbatimiz yakuniga shu hikmatni keltirgim bor: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling