Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
balo bo‘lganini bilmayman. Tanimagan, bilmagan
bir odamning iltimosdan ko‘ra buyruqqa o‘xshagan so‘zi bilan ketmay tursam bo‘ladimi!» – deydi. Bir zum ham o‘tmay yigit qaytib chiqibdi-yu, xuddi eski tanishdek, Sabohatni bilagidan ushlab tash qariga yetaklabdi. «Hayronman, hamma balo bilagimdan ushlaganida bo‘ldimi, ichimda bir olov lovullab ketdi, ko‘zlarim tindi, bir vaqt qarasam – mashinada ketyapman. Mashinaga qanday chiqib qolganimni bilmabman ham. U ancha yergacha indamay bordi. Keyin tilga kirib, mendan qo‘rqmang, men ham sizga o‘xshagan bir bechoraman, dedi. Tili shiringina ekan. Menga qarab gapirgan kezlarida nafasi yuzimga tegsa, nafas emas, o‘t tekkandek bo‘lar edi. Shu-shu u qalbimga kirib, ixtiyorimni oldi-qo‘ydi», deydi. Mana ko‘rdingizmi, jon opoqi, qo‘ydek yuvvosh bir qizning soddaligidan foydalanib, u bechorani ne balolarga giriftor qilmadi, yigit o‘lgur! Sevaman, debdi, sizsiz yashayolmayman, debdi, dunyoda chin muhabbat bo‘lsa, o‘sha muhabbat meniki, debdi, ko‘nglimdagi qizni endi topdim, qurboningiz bo‘lay, debdi. Xullas, u yog‘idan o‘tib avrabdi, bu yog‘idan o‘tib avrabdi, boshini aylantirib, bir begunohni sharmanda-yu sharmisor qilib, tashlab ketibdi!..» So‘nggi satrlar Saodat buviga og‘ir botdi, she- killi, qo‘lidagi xatga qaraganicha uzoq jim bo‘lib qoldi. Qizlar ham shu ahvolda edi. Ular ham churq etmay o‘tirishar, hatto, ba’zilari yig‘lab yuboray- yig‘lab yuboray deb turar edi. Anchadan keyin 62 Saodat buvi nam langan ko‘zlarini ro‘molchasi bilan artib, qizlarga ma’yus qaradi. – Xo‘p, u yog‘ini o‘qiylik. «Ayting, opoqi, mana shunaqa voqealardan keyin chin muhabbat bor degan gapga qanday ishonib bo‘ladi? Kim ishonsa ishonsin, lekin men hecham ishonmayman. Yo‘q, opoqijon, sizning dalillaringizga hech ishonmayman. Chin muhabbat yo‘q! Yana ay- taman – bu aldov! O‘zini ham, o‘zgani ham baq- rayib turib aldash! Ha, aldash! O‘sha uchrashuvda o‘rtaga tashlagan mulohazan- gizda meni qanoatlantirmagan yana bir joyi bor. Ijozatingiz bilan uni ham aytsam. Masalan, hamma qilg‘ilikni yigitlar qiladi-yu, yana ular suvdan quruq chiqishadi. Baloga qizlar qolishadi. Bamisoli tilka-pora qilib tashlangan qo‘y nimtalari ustiga kelib: «Hoy, muttaham, nimaga o‘zingni begunoh bo‘riga yedirding?» – deb da’vo qilganlariga o‘xshash. Yo‘q, bu oshkor adolatsizlik! To‘g‘ri-da, qiz bechoralar shuncha jafo ko‘rishsin-u, yana qora ham bo‘lishsinmi? Yo‘q, qani insof, qani adolat, nahotki, qo‘y zo‘rlik bilan o‘zini og‘zi qon bo‘riga yedirsa?! Agar shu e’tirozim haq bo‘lsa, men bunga Sizni ishontira olgan bo‘lsam – demak, qizlar ham o‘zlarini nomardlar oyog‘iga keltirib tashlashlari aqlga sig‘maydigan bir afsona ekan. Ha, hech qachon o‘zini keltirib tashlamaydi! Bunga uning qizlik sha’ni, qizlik g‘ururi, qizlik ibosi, odamlik tushunchasi yo‘l qo‘ymaydi. Hurmatli opoqi, maktubimda qattiq ketgan joylarim bo‘lsa – uzr. Shu bilan e’tirozlarim nihoyasiga yetdi. Sizga salom va ehtirom bilan muxlisingiz Sojida Qambarova, bilim yurti o‘quv- chisi». 63 Saodat buvi xatni taxlab, yana konvertga soldi. Ke yin boshini xiyol ko‘tarib, qizlarga qaradi. – Qani, nima deysizlar bu xat to‘g‘risida? – dedi. Qizlar kim nima der ekan, deb bir-biriga qarab o‘tirishdi. Vaqt o‘tib borar edi. Saodat buvi o‘g‘il bolaga o‘shagan zuvalasi pishiq qizga murojaat qildi: – Otikaxon, sen nima deysan, qizim? Otika malol kelayotgandek turdi-yu, yelkalarini qisib, boshini sarakladi. Keyin yonidagi qizga ishora qildi. – Jamila aytsin, juda so‘zga chechan, – dedi Otika, dugonasini qo‘ltig‘idan olib. – Tura qol, qayrilma qoshlaringga tasadduq. Hamma sharaqlab kulib yubordi. Jamila ham kulib o‘rnidan turdi. – Sojidaning maktubida jon bor, ba’zi dalillariga qo‘shilish mumkin, ammo hammasiga emas. Jamila shunday dedi-yu, to‘xtab qoldi. Saodat buvi uni biroz kutdi. U hamon indamay turar edi. – Masalan, qanaqa joylariga qo‘shilmaysan? – dedi Saodat buvi. Jamila ko‘ziga tushib qolgan mayin sochlarini puflab uzoqlashtirdi-da, boshini baralla ko‘tarib dedi: – U boshdan oyoq Sabohatni oqlayapti. Menim- cha, shunaqa bo‘lib qolganiga o‘zi ham aybdordir? Nimaga bo‘lmasa tanimagan, yetti uxlab tushiga ham kirmagan bir ro‘dapo bilagidan ushlab, yur, desa indamay ketaveradi? – Jamila juda to‘g‘ri aytdi. Ayb o‘sha qizning o‘zida. Sojida: «Hech qanday qo‘y o‘zini bo‘ri og‘ziga keltirib tashlamaydi», deb yozibdi-yu, lekin 64 u himoya qilayotgan qiz qo‘y ham qilmaydigan nodonlikni qilib, bir shilqim orqasidan ergashib ketibdi. Ajab bo‘pti! – dedi jikkak Ra’no. Uning so‘nggi iborasi hammani kuldirdi. O‘rtada ko‘tarilgan bu qiyg‘os kulgi Saodat buvini ham chetda qoldirmadi. Bu beozor kulgi Sojidaning maktubi tug‘dirgan ma’yuslikni birmuncha o‘rtadan ko‘tardi. Hali-zamon yig‘lab yuboray deb o‘tirgan qizlarning chehrasi yana gulgun tus oldi. Bir chekkada kulgiga qo‘shilmay, qovog‘ini ochmay bir oq-sariq qiz o‘tirar edi. U kulgi tugar- tugamas asta qo‘lini ko‘tardi. – Ha, gaping bormi, Shijoatoy, – deb so‘radi Saodat buvi. – Ikki og‘izgina. – Gapiraver, qizim, bemalol. Shijoatoyning yuzida nimadandir jahli chiqqan odamning xo‘mrayishi bor edi. U hamon qovog‘ini ochmay to‘ng‘illadi: – Bir bechora soddalik qilib adashibdi. Adashgani uchun kulish kerakmi? Otika ham, Ra’no ham hamma aybni Sabohatga to‘nkadi. To‘g‘ri, Sabohat bu baxtiqarolikda beayb emas. O‘ziga yarasha aybi bor. Lekin birda-ikkida odamlardan yomonlik ko‘rmagan, demak, zada bo‘lmagan bir qishloq qizi o‘sha joyda yo‘liqqan nomardning qo‘lidan yomonlik kelishi mumkinligini qayerdan bilibdi? Sabohatga o‘xshagan to‘g‘ri so‘z, to‘g‘ri yo‘l odam boshqalar to‘g‘risida yomon fikr qilishi mumkinmi? Bu biron mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Shuning uchun, Sojida maktubida yozganidek, tilka-pora qilingan bechora qo‘y nimtasi ustida: «Nimaga o‘zingni begunoh bo‘riga yedirding?!» 65 – deb qo‘yga emas, yo‘q, «Qo‘yni soddali gidan, himoyasizligidan yeb qo‘yaverasanmi?!» – deb og‘zi qon bo‘riga borib aytish kerak emasmi? Ha, shunday qilish ke rak! Menimcha, Sabohatdagi odam larga bo‘lgan odamlarcha ishonishdan o‘z baloyi nafsi uchun foydalangan o‘sha badkor aybdor. Boshqa so‘zlovchilar bo‘lmagani uchun munoza- raga Saodat buvining o‘zi yakun yasadi: – Hech qachon qo‘y, meni ye, deb bo‘ri oldiga bormaydi. Borish uyoqda tursin, bo‘ri sharpasini bildi deguncha, potirlab qochadi. Shu jihatdan Shijoatning mulohazasida ma’lum darajada jon bor. Ha, jon bor, qizlar. Lekin bu masalaning ko‘zga darrov ilinmay digan boshqa tomoni ham bor. Bu tomonni sira-sira esdan chiqarib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, qo‘y hecham o‘zini bo‘ri og‘ziga tutib bermaydi. Bu – haqiqat. Shunday bo‘lsa ham, baribir, bo‘riga yem bo‘lishida yana o‘zining qo‘yligi sabab. Xulosa shuki, u bechora qo‘y bo‘lgani uchun bo‘ri tashlanadi. Afsuski, qizlarimiz orasida ham qo‘ytabiat bo‘shanglari ko‘p. O‘zinglar bilasizlar, qo‘y sodda bo‘lgani, o‘zini himoya qilolmagani uchun bo‘riga yem bo‘ladi. Bo‘shang qizlar ham o‘zlarini himoya qilolmaganlari, bo‘shang liklari, sezgir-hushyor emasliklari uchun olg‘irlarga qurbon bo‘lishadi. Shuning uchun qiz kishi hamma vaqt hushyor bo‘lishi, bilmagan- tanimagan odami dan, ayniqsa, ko‘zlarida hirs o‘ti yonib turgan shilqim tabiat bedavolardan o‘zini nari tutishi kerak. Jar yoqasidan o‘tayotganimizda- ku, qulab ketmaslik uchun jonimizning boricha ehtiyot bo‘lamiz, shun doqmi? Ha, barakalla. Nega 66 bo‘lmasa taqdirlarimizda jarga qulashdan ham battarroq qalb shikasti qoldirishi mumkin bo‘lgan hollarda ehtiyotsizlikka, go‘llikka yo‘l qo‘yamiz? A, nega bunday? Nahotki, shunchalar farosatsiz, shudsiz bo‘lsak? Saodat buvi «E, attang!» deganday qilib boshini siltadi. Keyin oldida uyilib yotgan gazetalarni titkilab, ichidan bittasini oldi. – Shu gazetada bir maqola bor. Yo‘q demasa- laringiz, shuni ham o‘qib bermoqchiman. Nima deysizlar? Tursunoyning shirin, yoqimli ovozi yangradi: – Qanaqa maqola ekan, buvijon? Saodat buvi gazetani baralla ochib maqolaning sarlavhasini o‘qidi: – «Jonim deganiga uchma». Tursunoy xuddi o‘ziga qarab aytilgan gapdek qizarib ketdi. Birdan kulgi ko‘tarildi. Yana qizlar chug‘uri boshlandi. Oralarida uni o‘qiganlar ham bor ekan. Bu maqola ham Sojida maktubida ko‘tarilgan masalaning davomiday narsa ekanini, o‘qib berilsa, boshqalar ham eshitsa yomon bo‘lmasligini aytishdi. Saodat buvi ko‘zoynagini to‘g‘rilab, asta o‘qiy boshladi: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling