Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

106
Nikolay Gogol
Kazaklar yana orqaga qaytdilar va o‘z lashkar-
gohlariga ketmoqchi bo‘ldilar. Qal’a tepasida ya na 
lyaxlar ko‘rindi, endi ustlaridagi chakmonlari yir-
tilgan edi. Ko‘plarining ustlaridagi qim matbaho 
to‘nlarida qon qotib qolgan, chiroyli dubulg‘alari-
ni chang bosgan.
Zaporojyеliklar pastdan turib:
– Ha, barchamizni bog‘lab oldinglarmi? – deb 
qichqirardi.
Semiz polkovnik yuqoridan turib, hali ham:
– Hap, sizlarni! – deb baqirib, arqon ko‘rsatar edi.
Chang bosgan, charchagan, askarlardan ba’zi 
o‘jarlari hali ham bir-birlariga do‘q qilishar, gap 
otishar edi. Nihoyat hamma joy-joyiga qayt di. Bi-
rov jangda charchab dam olgani chodirga kirdi, 
birov yarasiga tuproq separ, ro‘molini va dush-
manning o‘ligidan yechib olgan qimmatbaho ki-
yimlarini yirtib, yarasini bog‘lar edi. Baquvvat-
roqlari o‘liklarni yig‘ishtirib ko‘mish bilan ovora 
edilar. Shamshir va nayzalar bilan go‘r qazib, qal-
poq va etaklarida tuproq tashirdilar, yigitlarning 
o‘ligini izzat-hurmat bilan yerga qo‘ydilar, ular-
ning ko‘zlarini qarg‘alar, burgutlar cho‘qimasin 
deb ko‘mdilar. Lyaxlarning o‘ligini to‘da-to‘da qilib 
asov otlarning dumiga bog‘lab, dalaga haydadi-
lar, otlarni xo‘b yugurtirib, o‘liklarni xo‘b sava-
ladilar. Asov otlar zovur va marzalardan oshib, 
qonga, tuproqqa belangan lyaxlar o‘ligini sudrab 
borar edi.
Kechqurun hamma bo‘linmalar yig‘ilishib maj-
lis tuzdi, har kimning botirliklaridan, kelajak 
bo‘g‘inlarga doston bo‘ladigan qahramonliklardan 
so‘zlashdilar. Xiyla vaqtgacha yotmadilar, ham-
ma yotganda ham chol Taras yotmadi, dushman 


107
Taras Bulba
ichida Andriyning ko‘rinmaganligiga sabab nima 
ekan deb xayol surib ketdi. «Xoin o‘z qardoshlari-
ga qarshi chiqishga nomus qildimi yoki juhud 
meni aldadimi, o‘g‘lim bandi tushdimi?» – deb 
o‘ylab ketdi. Ammo Andriyning ko‘ngli ayollarga 
haddan tashqari moyilligi esiga tushib, yuragini 
g‘am bosdi, siqildi, o‘g‘lini oshifta qilgan polyak 
qizidan o‘ch olishni ko‘ngliga tugib qo‘ydi. Xayo-
liga o‘sha qizdan o‘ch olar ekan, uning husniga, 
selkillagan sochiga qaramay, kazaklar orasi-
da rosa sudrab yurardi. Baland tog‘lar tepasida 
uning oppoq qordek go‘zal siynasi, chiroyli kift-
lari qon-u tuproq qa belanar edi. Momiqdek chi-
royli badanini burda-burda qilib sudratar edi. 
Biroq taqdir nima qilishini, ertaga nima bo‘lishini 
Bulba bilmaydi. Sekin-sekin ovunib, alhol u ham 
uyquga ketdi. Kazaklar hali ham gaplashar, pos-
bonlar tuni bilan mijja qoqmasdan, tevarak-atrof-
dan ko‘z-quloq bo‘lib, gulxan yonida o‘tirar edi.
VIII
Oftob qiyomga kelguncha ham yo‘q edi, zapo-
rojyеliklar davra olib yig‘ildilar. Sechdan xabar 
keldi; kazaklar yo‘qligida tatarlar kelib, Sechni 
talon-toroj qilibdi, unda qolganlarning hamma-
sini poymol qilib, bandga solib haydabdi va yer 
ostida yashirin saqlangan xazinani ham topib 
olib ketibdi. Bor-yo‘q mollarni olib, to‘ppa-to‘g‘ri 
Perekopga yo‘l solishibdi. Yolg‘iz bitta kazak Mak-
sim Goloduxa yo‘lda tatarlar qo‘lidan chiqib, ta-
tar mirzasini so‘yib, uning yonidagi hamyonini 
olib, tatar otiga minib qochibdi. Tatarlar uni bir 
yarim kun-u ikki kecha quvlabdi. Bir otni o‘ldi-


108
Nikolay Gogol
rib, boshqasiga minib, buni ham o‘ldirib, yana 
boshqasini minib, zaporojyеliklarning Emannoda 
turganlarini yo‘lda bilib, kazaklar lashkargohiga 
yetib kelibdi. Kelgan odam bo‘lgan yomon voqeani 
aytdi, xolos, ammo nima sababdan bunday halo-
kat bo‘lganini, kazaklar odatlarini qilib mastlik-
da bandga tushdilarmi, xazina ko‘milgan joyni 
tatarlar qanday bildilar, bu haqda hech narsa 
aytmadi. Kazak juda charchab, shishib ketibdi, 
yuzi oftob va shamoldan qurishib ketibdi; turgan 
joyida dumalab, qotib uxlab qoldi.
Bunday hollarda zaporojyеliklar darrov otla nib 
o‘g‘rilar ketidan quvar edilar, chunki bandga tush-
ganlar Kichik Osiyo bozorlariga, Smirnaga va Krit 
oroliga borib qolar, kokildor kazaklar Xudo bilsin 
yana qayerlarda xor bo‘lardi. Shu ning uchun 
zaporojyеliklar yig‘ilishgan edi. Hech kim boshi-
dan qalpog‘ini olmadi, chunki ataman lar huzuri-
ga buyruqlar tinglashga emas, balki o‘z tengdosh-
lari bilan maslahatlashgani kelgan edilar. 
Yig‘indagilar:
– Avval keksalar, maslahat beringlar! – deb 
qichqirishar, yana boshqalar:
– Askarboshi, maslahat ber! – der edilar.
Askarboshi qalpog‘ini boshidan olib, ham-
maning kattasi va boshlig‘idek emas, tengdosh 
o‘rtoqdek kazaklarning ko‘rsatgan izzat-hurmat-
lariga tashakkur aytib:
– Oramizda keksalar, aqli balandlar ko‘p, biroq 
meni hurmat qilib, maslahat so‘radinglar, mening 
maslahatim shuki, o‘rtoqlar, fursatni o‘tkazmas-
dan tatarning payiga tushmoq kerak, chunki ta-
tarning qanday odamligini o‘zingiz bilasiz; talab 
ketgan mol-mulklari bilan bizning kelishimizni 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling