Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
100
Nikolay Gogol – Kokilimizni qanday qilib kesar ekanlar, shuni ko‘rsam edi! – dedi Popovich oti ustida turib qay- rilib qarab. Keyin o‘zining odamlari turgan to- monga qarab: – Balki lyaxlar rost aytarlar, anov qorni katta boshlab chiqsa, u hammalariga juda yaxshi qalqon bo‘ladi! – dedi. Kazaklar Popovichning bir gap aytmoqchi bo‘lganini fahmlab: – Nega hammasiga qalqon bo‘ladi deb o‘ylay- san? – dedilar. – Chunki hamma askar uning orqasiga beki- nib olgandan keyin bittasini nayzaga olib ko‘r- chi, ololmaysan! – Kazaklar qah-qah urib kulishdi. Ko‘p ka- zaklar o‘zlarini to‘xtatolmasdan, anchagacha xa xolab, Popovichga: «Birovni askiya qiladigan bo‘lsa, shunday bulg‘ab tashlaydiki...» – dedilar, lekin u yog‘ini aytmay qo‘ya qoldilar. Askarboshi: – Qochinglar, tezroq qochinglar devor tagidan! – deb qichqirdi, chunki lyaxlar gapning alami- ga chidolmadilar, shekilli, kattalari qo‘lini siltab buyruq qilganday bo‘ldi. Qal’a tagidan andak qochib edilarki, birdan zambaraklar gumburlab berdi. Devor tepasida to‘polon-g‘avg‘o boshlandi! Keksa hokim ham otga minib kelib qoldi. Darvoza ochilib, askarlar yopi- rilib chiqaverdilar. Oldinda saf-saf bo‘lib yasan- gan navkarlar, ular ketidan sovut kiyganlar, ke- yin temir jubba kiygan, sipar ko‘targanlar, mis dubulg‘alilar kelardilar; hammadan keyinda har qaysisi o‘z ta’bicha yasangan boy-u boyonlar ke- lardilar. Kibr havosi oshgan bu toifa boshqalarga qo‘shilishga or qilib, alohida borar edi; askar yig‘ol- 101 Taras Bulba maganlari g‘ulom va chokarlari bilan chiqqan edi- lar. Bulardan keyin yana saf bo‘lganlar chiqishdi, bulardan keyin savlat va shukuh bilan xorunjiy chiqdi, keyin yana saf-saf bo‘lib, askar chiqqach, keyinda yo‘g‘on polkovnik chiqdi. Hammadan ke- yinda past bo‘yli qotma polkovnik chiqdi. Askarboshi: – Qo‘ymanglar, saf rostlatmang! Hammangiz biryo‘la yopiriling! Boshqa darvozalarni qo‘yave- ring, Titarevskiy bo‘linmasining odamlari, yon tomondan uring! Dyadkivskiy bo‘linmasining askarlari, yon tomondan ur! Kukubenko bilan Palivoda, orqa tomonga zo‘r ber! Bir-biridan ayi- rib tashlanglar! – deb qichqirardi. Kazaklar har tarafdan ot qo‘yib, ularni alg‘ov- dalg‘ov qilib yubordilar, o‘zlari ham aralashib ketdilar. Loaqal bir marta otishga ham qo‘ymas- dan qilichbozlik, nayzabozlik boshlanib ketdi. Hamma bir yerga g‘uj bo‘lib, har kim bu jangda o‘zini ko‘rsatdi. Demid Popovich oddiy askardan uchtasini nayzaga ildi, mansabdor boyonlardan ikkitasini otdan yiqitib: «Xo‘p yaxshi otlar ekan, shunaqa otga juda ishqiboz edim», – der edi. Ot- larni da laga haydab yuborib, u yoqda turgan ka- zaklarga: «Otni tutib olinglar», – dedi. Keyin yana o‘rtaga kirib boyagi otdan yiqilganlarning tepasi- ga keldi va bi rini chopdi, birining bo‘yniga arqon tashlab egar qoshiga bog‘ladi, qimmatbaho dasta- lik qilichini, belidan bir hamyon to‘la oltinini ye- chib olgach, o‘zini sudrab ketdi. Azamat o‘spirin kazak Kobita polyak lashkaridagi pahlavonlar- dan biri bilan olishib qoldi; yoqama-yoqa tutishib bo‘g‘izlasha ketdi. Kazak uni yenga boshlab, o‘tkir pichoq bilan ko‘kragiga urdi, ammo o‘zi ham 102 Nikolay Gogol omon qolmadi, cho‘g‘dek bir o‘q kelib, xuddi chak- kasiga tegdi. Uni yiqitgan botir nasli ulug‘, marta- basi baland, o‘zi chiroyli, qaddi-qomati kelishgan suqsurdek yigit edi. Saman otga mingan bu pahla- von ko‘p botirlik ko‘rsatdi, zaporojyеliklardan ikki kishini ikki taqsim qilib tashladi. Azamat kazak Fyodor Korjni oti bilan ag‘darib, otini otib o‘ldirdi, o‘zini nayzaga ilib oldi. Ko‘p kazaklarning boshini kesdi, qo‘lini chopdi, Kobitani ham chakkasidan otib yiqitdi. Nezamaykovskiy bo‘linmaning boshlig‘i ata- man Kukubenko bu pahlavonni ko‘rib: – Ana shu odam bilan olishib ko‘ray deyman, – dedi. Otining boshini qo‘yib yuborib, to‘ppa-to‘g‘ri uning orqasidan yetib keldi va bir na’ra tortib edi, yaqin o‘rtada turganlarning hammasi bu na’ra- dan cho‘chib tushdi. Lyax otining boshini burib, u tomonga qayrilmoqchi bo‘lgan edi, oti unga itoat qilmadi. Kukubenkoning tovushidan hurkib qochib ketdi. Kukubenko orqasidan o‘q uzib qoldi. O‘q ko‘kragiga tegib, otdan yiqildi. Ammo lyax ham mardona turib, dushmanga zarba be- rish harakatida edi, lekin qo‘lidan darmon ketib, qilichini ko‘tara olmadi. Kukubenko og‘ir sham- shirini ikki qo‘llab ushlab, uning qoni qochgan og‘ziga tiqdi. Shamshir uning ikki tishini sindirib, tilini kesib, bo‘ynidan chiqib, yerga mixdek qo- qildi. Lyax yerga qoqilganicha abadiy qoldi. Nas- li balandning qip-qizil qoni tirqirab otilib chiqib, kimxob to‘nini bo‘yadi. Kukubenko uni bu yerda qoldirib, askarlari bilan o‘zini boshqa to‘pga urdi. Umanskiy bo‘linmasining atamani Borodatiy o‘z askarlaridan ajralib chiqib, Kukubenko o‘ldir- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling