Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

91
Taras Bulba
kishiga bir piyola sotguday bo‘lsa, bunday itning 
manglayi ga to‘ng‘iz qulog‘ini ilib, oyog‘idan osib 
qo‘yaman! Og‘alar, qani, ishingizdan qolmang, 
ha, barakalla!
Askarboshi shu tarzda buyruqlarini berdi, 
turganlarning hammasi boshlarini egib, ta’zim 
qilgach, bosh kiyimlarini kiymay o‘z bo‘linma-
lariga, aravalariga qarab ketdilar, ancha nariga 
borgandan keyin bosh kiyimlarini kiyib oldilar. 
Hamma otlana boshladi, qilich va shamshirlarini 
sinab ko‘rdilar, qoplardagi dorilardan yonlaridagi 
doridonlarga solib oldilar, aravalarni tuzatdilar, 
otlarni tanlab oldilar.
Taras yig‘indan keyin o‘z askarlari qoshiga 
borarkan, yo‘lda: «Andriy qayerga yo‘qoldiykin?» 
– deb ko‘p o‘yladi, lekin o‘ylab hech o‘yiga yetol-
madi. Uni ham boshqalar bilan birga bandi qilib, 
uyquda yotganda bog‘lab, olib ketdilarmi, biroq 
Andriy tirik ekan, o‘zini bandi qilib qo‘yadigan 
odam emas-ku.
U o‘lganlar orasida ham yo‘q edi. Taras hushi 
og‘ib, parishonhol bordi, birov uning nomini aytib 
chaqirib turganini ham payqamadi. Nihoyat, 
hushi o‘ziga kelib:
– Kim meni chaqirdi? – dedi.
Uning oldida Yankel juhud turgan ekan. 
Juhud:
– Taqsir polkovnik, taqsir polkovnik, – dedi 
muhim bir ish to‘grisida gapirmoqchi bo‘lganday 
hovliqib. – Taqsir polkovnik, men shahar ichiga 
kirib chiqdim!
Taras juhudga qaradi va uning shaharga kirib 
chiqqaniga hayron qolib:
– Qaysi dushman seni u yoqqa olib bordi? – dedi.


92
Nikolay Gogol
– Hozir so‘zlab beraman, – dedi Yankel. – Tong 
otarda shovqin-suron ko‘tarilib, kazaklar otish-
ni boshlaganlarida, men darrov to‘nimni yopi nib 
yugurganimcha bordim, yengimni yo‘lda kiyib 
oldim, chunki shovqin-to‘polonning boisini, tong 
otar paytda kazaklar nega o‘q ota boshlaganlikla-
rini tezroq bilmoqchi edim. Askarning keti sha-
harga endi kirishi bilan xuddi shahar darvozasi-
ga yetib keldim. Qarasam, bayroqdor janob Gal-
yandovich askar oldida ketyaptilar. U kishining 
menga tanishligi bo‘lardi, chunki uchinchi yilga 
qadam qo‘ydi, yuz oltin qarz olgan edi; men pu-
limni qistamoqchi bo‘lganday uning orqasidan 
boraverib, birga shaharga kirib oldim.
– Shaharga kirib ol, tag‘in qarzingni ham 
so‘ramoqchimiding?! O‘sha yerning o‘zidayoq it-
dek dorga ostirmadimi? – dedi Bulba.
– Xudo haqqi, ostirmoqchi bo‘ldi, navkarlari ke-
lib, meni bog‘lamoqchi ham bo‘ldilar, bo‘ynimga 
arqon ham tashladilar, lekin men yolvorib, janob-
lari qachon xohlasalar shunda bersinlar, mayli, 
agar boshqa pahlavonlarga qarz bergan pullarim-
ni jamg‘arib olishga yordam bersalar, yana qarz 
beraman deb va’da qildim. Janob bayroqdorning 
kissalarida bir tanga ham pullari yo‘q, uy-joylari, 
chorvoqlari, to‘rt yerda qasrlari va bundan tash-
qari yerlarining bir etagi Shklovgacha borsa ham 
chaqa deganidan, kazaklarga o‘xshab, u kishida 
ham yo‘q. Agar Breslav juhudlari u kishiga yor-
dam qilib, qurol-aslaha sotib olib bermasalar, 
urushga otlanib, chiqa olmas ham edilar. Shu-
ning uchun seymda
1
ham u bo‘lgan emas...
1
Seym – o‘sha zamonlarda Polsha va Litvada mamlakat-
ning boyon toifalaridan saylanadigan hukumat muassasasi.


93
Taras Bulba
– Shaharda nima qilding? Bizning odamlarni 
ko‘rdingmi?
– Bo‘lmasa-chi, biznikilar unda juda ko‘p: Itska, 
Raxum, Samuylo, ijarachi Xayvalox bor...
Tarasning jahli chiqib:
– Itlaring boshingda qolsin! Juhudlaringni 
menga aytib nima qilasan! Bizning zaporojyе-
liklardan hech kimni ko‘rmadingmi deb so‘ra-
yapman, – dedi.
– Bizning zaporojyеliklarni ko‘rmadim, faqat 
Andriy janoblarini ko‘rdim, xolos.
– Andriyni ko‘rdim deysanmi? – dedi Bulba 
qichqirib. – Qayerda ko‘rding? Zindondami, yer-
to‘ladami? Asirga tushgandami? Xor-zor bo‘ptimi?
– Janob Andriyni bandi qilishga kimning ku-
chi yetadi, hozir u kishi shunday ulug‘ odamki... 
azbaroyi Xudo, men taniy olmadim, kiygan jub-
balari, sovutlari hammasi oltindan, boshlarida-
gi dubulg‘a ham oltindan, bellarida zarrin ka-
mar. Ko‘klamda bog‘da turli-tuman parrandalar 
sayrashib, o‘t-o‘lanlar chaman bo‘lganda oftob 
qanday yaraqlasa, u kishi ham shunday yarqi-
rab ketganlar. Hokim otning ham juda alomatini 
beribdi, ikki yuz oltindan kam turmaydi.
Bulba taxtadek qotib qoldi.
– Nega birovning kiyimini kiyibdi?
Chunki yaxshi-da, shuning uchun kiygan. 
U kishi o‘zlari ham, boshqalar ham ot choptirib 
yurishibdi, u kishiga ta’lim beryaptilar, ammo u 
kishi ham boshqalarga ta’lim beryaptilar; polyak-
ning «mana man» degan badavlati ham bunchalik 
bo‘lmaydi.
– Kim uni bunga majbur qilibdi?



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling