Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

79
Taras Bulba
rilib qarashi bilan, talpingan vaziyatda qotib qol-
gandek ko‘ringan hilqatga ko‘zi tushdi. U butun 
gav dasi bilan uning quchog‘iga o‘zini tashlamoq-
chi bo‘lib turgan paytda to‘satdan to‘xtab qolgan-
ga o‘xshar edi. Ammo Andriy ham uning oldida 
hayron bo‘lib ag‘rayib qoldi. Uni bu suratda ko‘ra-
man deb o‘ylagani yo‘q edi. Bu hilqat Andriy bil-
gan, tanigan qiz emas. Bu unga sira o‘xshamay-
di. Lekin avvalgidan ikki hissa ortiqroq ko‘hlik 
edi. O‘sha vaqtlarda u kamolga yetmagan, endi 
esa san’atkorning qo‘lidan bitib chiqqan, ras-
som oxirgi qalamni tortib tamomlagan bir asar 
edi. O‘shanda sho‘x bir qiz edi, endi bu kamolga 
yetib ochilgan go‘zalga aylanibdi. Uning yuqori-
ga qaragan ko‘zlarida ko‘ringan hissiyotlar to‘liq, 
chala-yarim, kinoya va ramzlar emas, balki to‘la-
to‘kis ifoda qilingan sezgilar edi. Ko‘zidan oqqan 
yoshlar hali qurigancha yo‘q, yurak-bag‘rini ezib 
oqqan yosh ko‘zida yiltirab turibdi. Siynasi, yelka 
va bo‘yinlari kamolga yetgan go‘zallik doirasidan 
oshganmas. Avval tarqalib, betiga tushib turgan 
sochlari, endi selkillagan qalin sumbul sochga 
aylanmish; sochining bir to‘dasi boshiga turmak-
langan, bir to‘dasi buralib-buralib, ko‘kragiga 
tushib turardi. Yuzida o‘zgarmagan hech bir yeri 
qolmagandek edi. Uning esida qolgan sifatlari-
dan loaqal bittasini izlab topishga ko‘p harakat 
qildi, ammo uning chehrasida avvalda bo‘lgan 
xususiyatlardan endi bittasi ham qolmabdi. 
Rang-ro‘yi har qancha o‘tgan bo‘lsa ham, husni-
ga hech nuqson yetmabdi, aksincha, chehrasida 
allaqan day viqorli bir salobat paydo bo‘lgan edi. 
Buni ko‘rgan Andriyning ko‘nglida g‘alayon bosh-
landi; tavoze bilan bosh eggan vaziyatda qotib 


80
Nikolay Gogol
qoldi. Juvonmardlik, yigitlik husni kamolga yet-
gan, harakatsizligining o‘zida yayragan bir erkin-
lik, mardonalik alomati zohir bo‘lib turgan kazak 
yigitini ko‘rganda qiz ham hushi og‘ib, hayratda 
qolgan edi. Yigitning ko‘zida himmat va shijoat o‘ti 
yonar, o‘q-yoydek qayrilib tushgan qoshi barqut-
dek yiltirar, oftob yeb pishgan yuzlarida bokiralik 
o‘ti tob urib, yonib turar, maysa mo‘ylovlari tim 
qora ipakdek yiltirar edi.
– Himmati baland mard yigit, sizga har qancha 
minnatdorchilik bildirsam kam, – dedi qiz; ku-
mushdek jaranglagan tovushida bir titroq paydo 
bo‘ldi. – Men bir mushtipar zaifa, minnatdorchi-
likni bajo keltirishga ojizlik qilaman, yolg‘iz Xu-
dodan qaytsin.
U shunday deb, ko‘zlarini yerga tikdi. Oppoq 
qovoqlari bodomdek qayrilib tushgan, kipriklari 
o‘qdek terilgan. Boshini quyi solganda guldek 
yuzining qizili tovlandi. Andriyning tili lol bo‘lib, 
nima deyishni bilmay turar edi: yuragini o‘rtab 
turgan gapini aytishni istadi, qalbi qanday jo‘sh 
urib turgan bo‘lsa, shunday jo‘shqin va shunday 
otashin so‘zlar aytishni xohladi, lekin aytolmadi. 
Bir nima og‘zini tutgandek, tilini bog‘lagandek 
bo‘ldi. Bu kabi so‘zlarga javob qaytarmoq diniy 
maktabda, jang-u jadallar ichida badaviydek 
o‘sgan odam qo‘lidan kelmaganini sezib, o‘zidan 
va o‘zining dag‘al kazakcha tabiatidan koyindi.
Shu payt tatar xotin uyga kirdi. U yigit kel tirgan 
non va boshqa taomlarni oltin tovoqda o‘z malika-
si oldiga qo‘ydi. Malika tatar xotinga, nonga ko‘z 
tashlab, keyin Andriyga qaradi, bu qarashda ko‘p 
ma’no bor edi. Uning xastaligini, dilida mavj ur-


81
Taras Bulba
gan hissiyotlarini bayon qilishga ojizligini namo-
yish etgan bu qarash Andriyga barcha so‘zlardan 
ko‘ra yaqin edi. Bir onda joni orom oldi, nazarida 
band-bandi bo‘shashdi. Qan day og‘ir bir iskan-
jada siqilib turgan hislar endi yayrab, ozodlikka 
chiqqanday bo‘ldi va qaynab chiqayotgan so‘z bu-
log‘iga aylanmoq istadi. Ayni shu mahal malika 
tatar xotinga qarab, iztirob bilan:
– Onam-chi? Unga olib borib berdingmi? – deb 
so‘radi.
– U kishi uyqudalar.
– Otamga-chi?
– Olib borib berdim. O‘zim borib, mard yigitga 
minnatdorchilik bildirib kelaman dedilar.
Qiz nondan bir burda sindirib, og‘ziga olib bor-
di. Andriyga jon kirib, oppoq toza qo‘llari bilan 
non sindirib yeyishini tomosha qilar edi. Bu onda 
ochlikdan telbalanib, bir burda non ichiga kiri-
shi bilan joni uzilgan odam yodiga tushib, birdan 
rangi o‘chdi-da, qizni qo‘lidan ushlab:
– Bo‘ldi, ko‘p yemang! Anchadan beri ovqat 
yemagan bo‘lsangiz, bu non sizga zahar bo‘lar! – 
deb qichqirdi.
Qiz ham darrov qo‘lini tortdi, nonni tovoqqa 
tashlab, yuvosh go‘dakdek uning ko‘ziga termilib 
qoldi. Uning bu turishini kim ta’rif qila oladi... 
Gohida qizning qarashida ifodalangan tuyg‘ular-
ni na qalam tasvir eta oladi, na til. Qizning bu qa-
rashlarini ko‘rgan odamning zavqqa to‘lgan yura-
gini shirin sezgilar egallab oladi. Buning ta’rifi 
yanada qiyin.
Qalbi jo‘sh urib, hayajoni ortgan Andriyning 
himmati qo‘zib, dedi:



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling