Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

103
Taras Bulba
gan lyax pahlavoni yotgan joyga kelganda, uning 
liboslarini ko‘rib:
– Shunday qimmatbaho narsalarni olmasdan 
ketipti-ya! Men o‘z qo‘lim bilan yettisini o‘ldirdim, 
lekin bunday qimmatbaho libosni hech ko‘rma-
dim! – deb o‘likning sovut va jubbalarini yechib 
olish niyatida engashdi, tosh qadalgan pi chog‘ini 
qinidan chiqarib oldi, belidagi nozik ipak ko‘ylak, 
qizdan esdalik uchun saqlagan soch tolalari, 
qimmatbaho kumush solingan jildni ham yechib 
oldi; xuddi shu mahal orqasidan bir xorunjiyning 
yetib kelganini bilmay qoldi; xorunjiy ikki mar-
ta unga duch kelib, ikki marta egardan yiqilgan, 
yaxshigina shikast yegan edi. U qilichini ko‘tarib, 
engashib turgan Borodatiyning bo‘yniga urdi. Ka-
zakning nafsi joniga balo bo‘ldi. Boshi tanasidan 
judo bo‘lib, uzilib tushdi, yer qizil qonga bo‘yal-
di. Kazakning qattiq joni qahr-g‘azab bilan, ayni 
zamonda, bunday baquvvat tanadan tez chiqib 
ketganiga taajjublanib, osmon-u fa lakka parvoz 
qildi. Xorunjiy atamanning boshini egar qoshiga 
bog‘lab olish uchun kokiliga qo‘l uzatishi bilan 
uning ham kushandasi yetib keldi.
Lochin osmon-u falakka chiqib, baquvvat qa-
notlarini qoqib, bir necha davra qilgach, bir joyda 
qanot yozib to‘xtab turadi-da, so‘ngra yo‘l bo‘yida 
sayragan jo‘ja bedanaga xuddi o‘qdek o‘zini otadi. 
Tarasning o‘g‘li Ostap ham xuddi lochindek to‘sat-
dan xorunjiyning tepasiga yetib kelib, bo‘yinga ar-
qon tashladi. Sirtmoq xorunjiy bo‘ynini siq qanda 
qip-qizil yuzi taloqdek bo‘lib ketdi, to‘pponchasini 
olib otgan edi, qo‘li qaltirab o‘q xato ketdi. Xo-
runjiy qo‘liga tushgan bandilarini bog‘lash uchun 
egariga ipak chilvir bog‘lab qo‘ygan ekan, Ostap 


104
Nikolay Gogol
uni o‘z ipi bilan o‘zining qo‘l-oyog‘ini bog‘ladi, chil-
vir uchini egariga bog‘lab olib, sudrab ketdi. Xo-
runjiyni sudrab borarkan, Umanskiy bo‘linmasi-
ning askarlarini chaqirib: «Ataman bilan vidolash-
ib qolinglar», – deb qichqirar edi.
Umanskiy bo‘linmasining kazaklari ataman-
lari Borodatiydan ajralganlarini eshitgandayoq 
jang maydonini tashlab, atamanning o‘ligi tepa-
siga yig‘ildilar, shu yerda atamanlikka kimni say-
lash maslahati boshlandi. Maslahat shunga kelib 
to‘xtaldiki:
– Gapni cho‘zib nima qilamiz. Bulbaning o‘g‘li 
Ostapdan boshqa atamanlikka munosib odam 
yo‘q; hammamizdan yosh bo‘lsa ham, aqli keksa-
larnikidan kam emas, – dedilar.
Ostap boshidan telpagini olib, kazaklarning 
unga ko‘rsatgan izzat-hurmatlariga rahmatlar 
aytdi; urush chog‘i fursat yo‘qligini bilib: «Yosh-
man, aqlim yetmaydi», – deb uzr aytib o‘tirmas-
dan, darrov bosh bo‘lib, to‘daga kirib ketdi va 
o‘zini atamanlikka bekorga saylamaganlikla-
rini ko‘rsatdi. Lyaxlar jang juda qizib ketganini 
payqab, bir yerga to‘planish uchun maydonning 
bir chekkasiga qochib o‘tdilar. Past bo‘yli qotma 
polkovnik darvoza tagida bir chekkada turgan 
to‘rt yuz odamga ishora qilgan edi, zambarak-
lar gumburlab, kazaklar ustiga o‘q yog‘ildi, lekin 
zambarak o‘qi odamlarga tegmasdan urushdan 
hurkib, asovlanib turgan ho‘kizlar orasiga borib 
tushdi. Ho‘kizlar qo‘rqib, bo‘kirishib, kazaklar-
ning ot-aravalariga o‘zlarini urdilar, aravalarni 
sindirib, ko‘p odamni bosib, yanchib tashladilar. 
Ammo Taras bu paytda pistirmada yotgan joyi-
dan chiqib, butun askarlari bilan qiyqiriq solib, 


105
Taras Bulba
o‘rtaga o‘zini urdi: hurkigan mollar qiyqiriqdan 
hurkib, orqasiga qaytib, lyaxlar orasiga urib ket-
di; otliqlarni qaytarib, hammani bosib-yanchib, 
tumtaraqay qilib yubordi.
Zaporojyеliklar qichqirishib:
– Barakalla, ho‘kizlar, safarda ko‘p xizmat qilgan 
edinglar, endi jangda ham ish ko‘rsatdinglar, – deb 
o‘zlarini yana dushmanga urdilar.
Dushmanning ko‘pini qirdilar. Pahlavonlardan 
Metelits, Shilo, ikkala Pisarenko, Vovtuzenko va 
yana bir nechalar xo‘b qahramonliklar ko‘rsat-
dilar. Lyaxlar ishlari shikastga qarab ketganini 
ko‘rgach, tug‘-bayroqlarini tashladilar, shahar 
darvozasini och deb qichqirdilar. Temir qoplan-
gan darvoza g‘ijirlab ochildi; qo‘radagi qo‘ylardek 
g‘uj bo‘lib pitirlashib turgan, horigan, chang bos-
gan otliqlar ichkari kirdilar. Zaporojyеliklar ning 
ko‘plari ular orqasidan quvlamoqchi bo‘lgan edi-
lar, Ostap o‘z odamlarini to‘xtatib: «Og‘alar, devor-
dan nari qochinglar, devorga yaqin kelmang lar!» – 
deb buyurdi. Darvoqe, to‘g‘ri aytgan ekan, qal’a 
tepasidan to‘p qo‘yib, duch kelgan har narsani 
kazaklar ustiga tashlay derdilar, ko‘plari halok 
bo‘ldi. Ayni shu mahal askarboshi kelib qolib, 
Ostapni alqadi: «Yangi bo‘lsa ham, askarga eski 
ataman dek boshchilik qiladi!» – dedi. Chol Bul-
ba, yangi ataman kim ekan, deb orqasiga qayrilib 
qaradi: Umanskiy bo‘linmasining boshida qal-
pog‘ini chakkasiga qo‘yib olib, ot o‘ynatib, qo‘lida 
ataman lik gurzisi bilan Ostap ketyapti. O‘g‘liga 
qarab: «Obbo nomard-ey!» – deb suyundi, o‘g‘li-
ga buncha hurmat ko‘rsatganlari uchun Umans-
kiy bo‘linmasining hamma odamlariga minnat-
dorchilik bildirdi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling