Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

82
Nikolay Gogol
– Malikam! Tilagingiz nima, hojatingiz nima, 
amr qiling! Olamda qanday mushkul ish bo‘lsa 
buyuring, amringizga muntazirman! Odam bo-
lasi qo‘lidan kelmagan yumushingiz bo‘lsa bu-
yuring, jonimni fido qilay, amringizni bajaray. 
Fidoyingiz bo‘lay, sadag‘angiz bo‘lay! Dinim haqi 
qasamyod qilay, yo‘lingizda jon bermoqdan or-
tiq lazzat yo‘q... Afsus, bu tuyg‘ular ta’rifidan 
ojizman! Uch yerda chorbog‘im bor, otam yilqi si-
ning yarmisi meniki, onamning topgan-tutgani
otamdan yashirgani hammasi meniki! Menda bor 
qurol-aslaha yurtimizdagi kazaklarning hech qay-
sisida yo‘q. Qilichimning dastasi bir qancha yax-
shi arg‘umoqlar, uch ming qo‘y bahosiga arziy di. 
Bularning barchasidan kechib, bir og‘iz so‘z de-
sangiz yoki qora qalam qoshingiz bilan bir imo 
qilsangiz barchasini tashlay, o‘tga yoqay, suvga 
oqizay! Tentaklardek bema’ni so‘zlar aytayotgan-
dirman, ehtimol, mening bu gaplarim bu o‘rinda 
kelishmas, shoh-u shahzoda va knyazlarga lo yiq 
bo‘lgan so‘zlar mendek butun umrini talabalik-
da, dalada o‘tkazgan odamga munosib emas-
dir. Ko‘rdim, sizni Xudo boshqalardan afzal qilib 
yaratmish, barcha bek-bekzodalarning xotinlari, 
qiz va kanizaklari sizdan pastda. Bizlar sizga qul-
likka ham yaramaymiz; yolg‘iz ko‘k farishtalari 
xizmatingizga loyiqdirlar.
Kuch-quvvatga to‘lgan yosh qalbni oynada 
aks etgandek ravshan ko‘rsatgan va yurakdan 
chiqqan samimiy bu so‘zlarni qiz butun vujudi bi-
lan tinglar, bir kalimasini ham qoldirmay mahliyo 
bo‘lib eshitar edi. Qalbning tub-tubidan qay nab 
chiqqan tovush bilan aytilgan bu gapning har bir 
kalimasida zo‘r bir kuch bor edi. Qizning ko‘hlik 


83
Taras Bulba
yuzi cho‘zilib, mahliyo bo‘lib qoldi, ha deganda 
oldiga tushaverib, bezor qilgan sochlarini orqa-
siga tashlab, ag‘rayganicha qoldi. Keyin bir so‘z 
demoqchi bo‘ldi, biroq to‘satdan to‘xtab, yigitning 
yelkasidagi vazifasi boshqaligi, otasi, og‘alari va 
butun yurti uning orqa tomonida dahshatli bir 
o‘ch niyatida turganliklari, shaharni qurshab ol-
gan zaporojyeliklarda shafqat yo‘qligi va butun 
shahar bilan birga ular ham o‘lim changalida 
qolganliklari yodiga tushdi... yodiga tushdi-yu, 
ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi, darhol ipakdan tikkan 
ro‘molini yuziga yopdi, bir lahzada ro‘mol ho‘l 
bo‘lib ividi; boshini orqaga tashlab, go‘yo gazan-
daning chaqqani naqadar alamli ekanini endi shu 
onda payqagandek, quyi labini durdonadek tish-
lari bilan tishlagancha, alam-hasratlarini unga 
ko‘rsatmaslik uchun yuzidan ro‘molini olmasdan 
anchagacha shu holda turdi.
Andriy:
– Bir og‘iz so‘zingiz ayting, – dedi-da, uning 
ipakdek mayin qo‘lidan ushladi. Qo‘li qo‘liga tegi-
shi bilan tomirlariga go‘yo o‘t yugurgandek bo‘ldi, 
qo‘li ustida jonsizdek turgan qo‘llarni siqdi.
Ammo undan sado chiqmadi, yuzidagi ro‘moli-
ni ham olmadi, qimirlamadi.
– Nega buncha xafasiz. Ayting menga, nimaga 
buncha qayg‘urasiz?
Qiz yuzidagi ro‘molini irg‘itib tashladi, ko‘ziga 
tushgan sochining uzun tolalarini surdi. Oydin 
kechaning orombaxsh mayin shamoli suv bo‘yida-
gi qamishzorni shitirlatib o‘tgan, shitir-shitir to-
vushlar qo‘shilishib, mungli bir nag‘ma hosil 
qilgan, yo‘lovchi kun botib, qorong‘i tushib qol-
ganini ham sezmaydigan, qo‘sh haydab kelayot-


84
Nikolay Gogol
ganlarning shodlik qo‘shiqlarini ham, qayerdadir 
uzoqda taraqlab borayotgan aravaning ovozini 
ham eshitmaydigan kechki paytning shamolidek 
ohista-ohista gapirib, hasrat va nola qildi.
– Men yig‘lamay, kim yig‘lasin. Meni tuqqan 
onaning baxti qora emasmi? Peshonam sho‘r 
ekan. E, battol taqdir, muncha berahmlik qilasan! 
Avval hammani oyog‘imga yiqitding, bekzodalarni, 
boy-u boyonlarni, boshqa yurtlardan kelgan ba-
ron va graflarni, ko‘p mard-maydonlarni oyog‘im-
ga yiqitding. Bularning barchasi shaydoyim edi, 
mening iltifotimni o‘zlariga ulug‘ bir martaba deb 
bilar edilar. Agar bir ishora qilsam, ularning eng 
baland martabaligi, eng chiroyli va asilzodasi men-
ga er bo‘lar edi. Berahm taqdirim, bularning hech 
qaysisiga ko‘nglimni og‘dirma ding, hech qaysisiga 
muhabbatimni qo‘zg‘atma ding. Yurtimizning eng 
oliyjanob juvonmardlariga hushimni tushirmay 
dushmanga, yurtim yoviga ishqimni tushirding. 
E, mushfiq Maryam ona, qaysi gunohim, qaysi bir 
shumligim uchun meni muncha sargardon qilib, 
bu savdolarni boshimga solding. Rohat-farog‘at-
da o‘tar edi kunlarim. Eng laziz taomlar, shirin 
maylar ovqatim edi. Bular nechun edi? Nimaga 
kerak edi? Yurtimizning eng kambag‘al qash-
shog‘i boshiga tushmagan kun mening boshim-
ga tushib, ochlikdan o‘lmoq uchunmidi? Bunday 
shum kunga qolganim yet masmidiki, o‘lar holim-
da ota-onamning yuz ming azoblar bilan qiyna-
lib o‘lganini ko‘rar ekanman, ota-onamga jonimni 
fido qilardim-ku, bu ham yetmagandek, endi o‘lar 
paytim umrimda ko‘rmagan muhabbatni ko‘rdim, 
eshitmagan muhabbat so‘zlarini eshitdim. Bax-
tim qoraligi, peshonam sho‘rligi yetmasmidi, bu 
xil so‘zlari bilan yuragimni ezib, dilimni pora-pora 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling