Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
76
Nikolay Gogol dilar, bunda devonavor bir odam ularning yo‘lini to‘sdi va Andriyning yelkasidagi bebaho narsani ko‘rgach: «Non!» – deb baqirib, yo‘lbarsdek unga hamla qildi, ammo kuchi devonaligidan kam- roq edi. Andriyning rahmi kelib, bir dona non- ni unga tashlagan edi, u xuddi quturgan itdek nonga o‘zini tashlab, nonni g‘ajidi va ko‘p vaqt- dan beri ovqat yemaganligi ta’sir qilib, shu on- dayoq tirishib jon berdi. Har qadamda ochlikdan o‘lganlarni ko‘rib, hayron bo‘lardilar. Ko‘plar uy- larida ochlik balosiga chidolmay, ko‘chaga chiq- sak, osmondan biror luqma ovqat tushmasmikan degan umidda ko‘chaga qochib chiqqanday ko‘ri- nardilar. Bir uyning darvozasi tagida bir kampir o‘tirardi, lekin uxlab qolganmi, o‘lganmi yo esa hushidan ketganmi, hech bilib bo‘lmas edi. Hech narsa eshitmas, ko‘rmas, boshini quyi solgan- cha sira qimirlamas edi. Yana bir uyning tomi- dan osilib tushgan sirtmoqlik arqonda zaif bir tan osilib yotar edi; bechora ochlik azobiga chi- dolmay, ajalni o‘zi tezroq chaqira qolibdi. Ochlikning bu mudhish guvohlarini ko‘rgan Andriy tatar xotinga: – Rizq bo‘lganday hech narsa topilmadimikan? Agar odamda boshqa sira iloj qolmasa, avval hazar qilgan narsalarini ham yeyaverishi kerak. Yemoq harom bo‘lgan maxluqlarni ham yesa bo‘ladi, har qanday narsa ham halol bo‘ladi, – dedi. – Hammasini yeb sobladilar. Hayvon degani- dan asar ham qolmadi, shaharda na ot, na it va na sichqon qoldi. Shahrimizda ovqat g‘amlash de- gan odat yo‘q edi, mahsulotlar qishloqdan kelardi. – Bugun muqarrar mag‘lubiyat va o‘limga ro‘para bo‘lib turib, shaharni qanday muhofaza qilmoqchi bo‘lasizlar? 77 Taras Bulba – Hokim shaharni topshirmoqchi edi-ku, Bud- jakidagi lashkarboshi kecha ertalab qarchig‘ay qanotida xat yuborib: «Shaharni bermanglar, askarlarim bilan yordamingizga yetib boraman, faqat falon lashkarboshining kelishini kutib tu- ribman, kelsa birga boramiz», – debdi. Shun- ga isho nib, ular tez fursatda kelib qoladilar deb kutib turibdilar... Ana uyimizga yetib ham qoldik. Boshqa uylardan farq qiladigan bir uyga uzoq- dan Andriyning ko‘zi tushdi. Uyni chamasi Itali- ya binokorlaridan birortasi solgan bo‘lsa kerak, chunki chiroyli, nozik g‘ishtlardan ikki qavat qurilgan edi. Pastki qavat derazalari ning oldi ba- land peshtoq qilib ishlangan; yuqori qavat bo‘lsa bir necha qator ravoqlardan iborat edi. Ravoqlar o‘rtasidagi panjaralarga, uyning burchaklariga tamg‘alar osilgan. Koshinkor g‘ishtlardan qilin- gan keng zinapoyadan maydonga chiqilar edi. Zinapoyaning ostida bittadan posbon turar; pos- bonlar g‘alati vaziyatda bir qo‘llari bilan oybolta- ning uzun dastasini ushlab, yana bir qo‘llari bi- lan engashgan boshlarini tutib turardilar, ular- ning bu turishi jonli odamga emas, balki haykal- ga o‘xshar edi; ular uyquda emaslar, mudroqda ham emaslar, lekin hech narsaga parvo qilmay- dilar, hatto zinapoyaga chiqqan odamga ham qaramadilar. Zinapoyaning tepasiga chiqqanda, ular boshdan-oyoq qurollangan, yasangan, qo‘li- da duonoma tutib, o‘qib turgan askarni ko‘rdilar. Askar suzilgan ko‘zlarini ochib, ularga boqmoqchi bo‘lgan edi, tatar xotin bir narsa degach, ko‘zini yana kitobga tikdi. Andriy bilan tatar xotin bir uyga kirdilar. Kenggina bu uy mehmonxona yoki ayvonchadek bir joy bo‘lsa kerak. Bu uy devor- ga yaqin har xil holatda o‘tirgan askarlar hamda 78 Nikolay Gogol amaldorlarning davlat va martabasini, shavkat va dabdabasini ko‘rsatmoq uchun lozim bo‘lgan boshqa har xil navkarlar, bakovul-u yasovullar, mirishkorlar bilan to‘lgan edi. O‘chgan shamlar- ning isi kelib turardi. Panjaralik kattakon de- razadan ertalabki quyosh allaqachondan beri mo‘ralab turgan bo‘lsa ham, uyning o‘rtasidagi odam bo‘yi keladigan ikkita shamdonda shamlar hali ham yonig‘liq edi. Andriy to‘ppa-to‘g‘ri borib tamg‘alik, serhasham katta eshikka kirmoqchi bo‘lgan edi, tatar xotin yengidan tortib, yon to- mondagi kichkina eshikni ko‘rsatdi. Bu eshikdan yo‘lakka chiqdilar, keyin bir uyga kirdilar. Andriy bu uyni yaxshilab qaray boshladi. Darpardaning tirqishlaridan tushib turgan yorug‘ ba’zi narsa- larni – qizil parda, zarhal peshtoq va devordagi suratlarni yoritar edi, xolos. Tatar xotin Andriyni bu yerda turg‘izib, ikkinchi uyning eshigini och- gan edi, u yoqdan yaraqlab yorug‘ tushdi. Oyoq sharpasi va ohista-ohista chiqqan tovush Andriy- ning qulog‘iga eshitildi va butun vujudiga titroq kirdi. Eshik ochilishi bilan bo‘yi suqsurdek bir juvon uzun sochlarini yuqori ko‘tarilgan bilagiga tushirib, selkillatib, lip etib o‘tib ketdi. Tatar xo- tin qaytib kelib: – Ichkariga kiring, – dedi. Andriy qanday qilib ichkari kirganini va eshik- ning qanday yopilib qolganini bilmadi. Uyda ikki- ta sham yoqig‘liq, but oldida qora chiroq lipillab turar edi. Butlar baland kursicha ustida turar, katolik mazhabidagilarning rasmicha, cho‘qin- ganda tizzani qo‘ymoq uchun kursiga pillapo- yacha qilingan edi. Ammo uning ko‘zlari bularni emas, boshqa narsani izlar edi. Bu tomonga qay- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling