Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
64
Nikolay Gogol achchiqlanib, kishnab javob qaytarar edilar. Bu onda mahobatli mudhish bir manzara iyul ke- chasining go‘zalligiga qo‘shildi. Uzoqda shu’lasi tovlanib, o‘t ko‘rindi. Bir yoqda ajoyib mahobatli alanga viqor bilan osmonga ko‘tarilib, ko‘k yuziga yoyildi, bir yoqda yonadigan bir narsaga uchrab to‘satdan gurillab, osmon-u falakka chiqib ketdi, uning parcha-parcha bo‘lib uzilgan uchqunlari osmonga chiqib o‘chardi. Kuyib ko‘mir bo‘lgan ibodatxona go‘yo bir qora rohib xo‘mrayib turgan- dek, o‘tning har bir shu’lasi tushganda mudhish hashamatini bir-bir ko‘rsatib qo‘yardi. Bir tomon- da ibodatxonaning chorbog‘iga o‘t ketib yonmoq- da. Buruqsigan tutun ichida qolgan daraxtlar- ning pishillagan ovozi eshitilayotgandek bo‘lardi. Alanga gurillab yuqori chiqqanda pishib turgan olxo‘rilarni qip-qizil cho‘g‘dek yoritar, unda-bun- da sarg‘ayib turgan noklarni oltindek yaraqlatar, bular orasida devorga yoki daraxt shoxiga ham- da uylar bilan birga o‘tda yonib halok bo‘lgan be- chora juhud yoki sho‘rlik zohidning o‘ligi qo rayib ko‘rinar edi. Alanga tepasida pirillashib uchib yurgan qushlar g‘uj-g‘uj bo‘lib turgan mayda butlarga o‘xshar edi. Qamaldagi shahar uyqu- ga kirgandek, tomlari, qoziq, devorlari, qo‘rg‘on- lari uzoqdagi yong‘in shu’lasidan tovlanar edi. U kazaklar orasiga kirib, oralab chiqdi. Posbonlar bo‘tqalarni ishtaha bilan yeb, endi gulxan atro- fida uxlamoqda edilar. Andriy bu beparvolikni ko‘rib, hayron bo‘ldi-da, yaxshiki, yaqin o‘rtada dushman yo‘q, hech kim xavf solmaydi deb xayo- lidan kechirdi. Nihoyat uning o‘zi ham bir ara- vaga chiqib, boshi tagiga qo‘lini qo‘yib chalqan- cha yotdi; ammo uyqusi kelmay, anchagacha 65 Taras Bulba ko‘kka boqib yotdi. Havo ochiq, ravshan va tiniq. Osmonga belbog‘ bo‘lgan «somon yo‘li» oqarishib ko‘rinar edi. O‘qtin-o‘qtin u hushidan ketgandek, ko‘zlari jimirlashar, uyqu bosib, nazarida osmon xiralashar, bir ondan keyin yana ko‘zidan uyqu pardasi ko‘tarilib, osmon yorishar edi. Shu onda allaqanday odamning g‘alati siymo- si lip etib, ko‘z oldidan o‘tganday bo‘ldi. Andriy: «Uyqi bosyapti, yuzimni yuvsam, uyqim o‘chib ketar», – degan xayol bilan ko‘zini kattaroq ochgan edi, allaqanday toliqqan bemor odamning ozg‘in basharasi u tomonga engashib qa rab turgani- ni ko‘rdi. Yoyilib yotgan qop-qora, uzun sochlari boshga tashlangan ro‘mol tagidan chiqib turardi. Bu odam ko‘zining allaqanday yaraqlashi, qotma rangsiz yuzining so‘lg‘inligi kishining ko‘nglini, uni odam emas, jin deyishga moyil qilardi. U beixtiyor to‘pponchasiga qo‘l uzatib, qaltiroq bosgandek: – Kimsan? Jin bo‘lsang, yo‘qol ko‘zimdan, odam bolasi bo‘lsang, bemahal hazil qilibsan, bir otishda o‘ldiraman! – dedi. Jin javob o‘rniga barmog‘ini labiga qo‘yib: «Tovush chiqarma», – deb yolvordi. Andriy qo‘li- ni tushirib, tikilibroq qaradi. Uzun sochlaridan, bo‘yni va qora mag‘izdan kelgan ochiq ko‘kragidan uning ayol ekanini bildi. Ammo juvon bu yerning odami emas, chunki yuzi qorachadan kelgan va bemorlar chehrasidek rangsiz edi. Keng yonoqlari turtib chiqqan, o‘zi so‘lib, botib ketgan ko‘zi qi- yiq, qovog‘i qayrilib tushgan. Andriy uning yuziga tikilib qaragan sari ko‘proq taniganday bo‘lardi. Nihoyat sabri chidamay: – Ayt, kimsan? Tanishga o‘xshaysan yoki biror joyda ko‘rganmidim? – dedi. 66 Nikolay Gogol – Ikki yil burun Kiyevda. O‘tgan talabalik vaqtlaridan xotirada nima qol- gan bo‘lsa, hammasini esiga olishga harakat qilib: – Ikki yil burun Kiyevda? – deb qaytardi. Uning yuziga yana bir karra tikilib qaragach, birdan: – Ta- tarmisan! Hokim qizining cho‘risimisan!.. – deb ovozining boricha qichqirib yubordi. Tatar xotin qo‘lini qovushtirganicha yolvorib, a’zoyi badaniga titroq kirib: – Jim! – dedi va Andriyning shovqinidan biror kimsa uyg‘onib qolmadimikan deb orqasiga qay- rilib qaradi. Andriy nafasi tiqilib, yuragi yorilguday bo‘lib: – Ayt, ayt, sen nimaga va nima uchun bu yer- ga kelding? Malika qayerda, tirikmi? – dedi. Hov- liqqanidan nafasi ichiga tushib zo‘rg‘a gapirardi. – Malika shu yerda, shaharda. Andriy yana beixtiyor qichqirib yuborguday bo‘lib: – Shahardami? Nega u shaharda? – dedi. Vuju- didagi hamma qoni nazarida yuragiga kelib quyilib, tiqilib qolganday bo‘ldi. – Shaharga nega keldi? – Chunki hokimning o‘zi ham shaharda. Bir yarim yildan beri Emanno shahriga hokim. – Erga tekkanmi? Gapirsang-chi tezroq, g‘alati- misan, qalay axir u... – Ikki kundan beri hech narsa tatigani yo‘q. – Nega! – Shahar xalqidan hech kimda allaqachondan beri bir burda non yo‘q. Hamma anchadan beri faqat tuproq yeydi. Andriy taxta bo‘lib qoldi. – Malika shahar devoridan qaraganda zaporoj- yеliklar orasida senga ko‘zi tushib qolibdi. Borib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling