Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

88
Nikolay Gogol
qolgan edilar; ko‘zidan uyqu o‘chmagan, mastli-
gi yaxshi yozilmagan zaporojyеliklar to‘s-to‘polon 
bo‘lib askarlar ketidan quvlaganlarida faqat ke-
yinda qolgan saflargina ular bilan otisha-otisha 
shaharga kirib ketdilar.
Askarboshi hammani yig‘ishga buyruq berdi; 
hamma yig‘ilib boshlaridan bosh kiyimlarini olib 
jim bo‘lishganda, askarboshi dedi:
– Hurmatli og‘alar, bu kecha ana shunday 
voqea bo‘ldi; ichkilikning oqibati shunaqa bo‘la-
di! Dushman yana bizni ana shunaqa haqorat-
lar qilib ketdi!.. Sizlarga odat ekan-da, araqni 
ozroq oshirishga ruxsat berilsa, boshingiz bilan 
cho‘mib ketasizlar. Iso dini yo‘lida jonbozlik qila-
digan askarlarning dushmani shalvaringizni ye-
chib ketishi u yoqda tursin, basharangizga tupu-
rib ketsa ham bilmaysizlar.
Kazaklar ayblarini bilganliklaridan boshla rini 
quyi solib turardilar. Bitta Nezamaynovskiy bo‘lin-
masining atamani
1
Kukubenko so‘z qotib aytdi:
– Ota, shoshma. Askarboshi askarlar oldida 
so‘z aytayotganda uning ro‘parasiga chiqib, bi-
ror gap aytish odobsizlik bo‘lsa ham, haqiqatni 
aytish ke rak. Sen biroz nohaq koyiding. Agar 
safarda, jang vaqtida, qiyinchilik paytida ichib 
mast bo‘lsalar, ayb, albatta, yigitlarimizda bo‘lar 
edi, bu holda ularni o‘limga hukm qilsang ham, 
haqing bor edi. Ammo hammamiz bekor edik, 
shahar yonida behuda umr o‘tkazar edik. Ro‘za 
vaqti yoki dinimiz buyurgan boshqa bir taqiq 
vaqti emas edi, bekor qolgan odam ichmasdan 
bo‘ladimi? Bu gunohkorlik emas. Lekin yaxshi-
1
Ataman – kаzаklаrdа tayinlangan boshliq yoki аskаr-
bоshi.


89
Taras Bulba
si shuki, biz endi begunoh kishilar ustiga hujum 
qilish qanaqa bo‘lishini ularga ko‘rsatib qo‘yay-
lik. Avval ham ko‘p yaxshi tanbehlarini bergan 
edik-ku, lekin endi shunday kaltaklaylikki, bitta-
si ham uyiga eson-omon yetib ololmasin.
Bo‘linma atamanining so‘zi kazaklarga yoqdi. 
Juda yerga qarab qolgan boshlarini ko‘tardilar, 
ko‘zlari: «Kukubenko yaxshi gapirdi!» deb uning 
so‘zini ma’qulladilar. Askarboshi yonida turgan 
Taras Bulba bo‘lsa:
– Askarboshi, Kukubenko haqiqatni gapirgan-
ga o‘xshaydi! Bunga nima deysan? – deb qo‘ydi.
– Nima ham derdim? Bunday o‘g‘ilni tug‘dir-
gan otaga balli deyman, xolos. Koyimoq, so‘kib 
gapirmoq katta donolik emas, odamning boshiga 
kulfat tushganda uni koyib, yana xafa qilmasdan 
ko‘nglini ko‘taradigan, dalda va darmon beradi-
gan gaplar kerak. Suv ichib, tashnaligi qongan 
otga bir qamchi berganda qanday irg‘isa, odam-
ni ham shunday o‘ynatadigan gap aytmoq kerak, 
donolik deb shuni aytadi. Men o‘zim bir-ikki og‘iz 
so‘z aytib, ko‘ngillaringizni ko‘tarib qo‘ymoqchi 
edim, biroq Kukubenkoning fahmi yetib, mendan 
oldinroq aytib qo‘ydi.
«Askarboshi ham ma’qul gapirdi!» dedilar tur-
gan yigitlar. Oradan yana bir nechalar «ma’qul 
gap» dedilar. Ko‘k kaptardek savlat bilan tur-
gan mo‘ysafidlar ham boshlarini irgab, oqargan 
mo‘ylovlarini burab ohistagina: «Yaxshi, ma’qul 
gap aytildi!» – deyishdi.
Askarboshi yana so‘zlab:
– Og‘alar, endi quloq solinglar, qo‘rg‘onga 
o‘rmalab chiqmoq, ajnabiy nemis ustalari sin-
gari lahm qazimoq biz kazaklarga munosib ish 
emas, buni dushmanlar qilsin, bizga yarashmay-


90
Nikolay Gogol
di. Ammo bizga ma’lum bo‘lgani shuki, chamasi, 
dushman ko‘p zaxira
olib kirmabdi. Chunki ot-ara-
valari kam edi. Shahar xalqi och, kirgan ovqatni 
biryo‘la yeb qo‘yadi. So‘ngra otlarga ham yem-xa-
shak ke rak. Qaydam, birorta avliyolari panshaxa 
bilan osmondan tashlamasa... buni ham Xudo 
biladi, ularning ksendzlari gapdan boshqani bil-
maydi. Harqalay, shahardan chi qishga majbur 
bo‘lishi turgan gap. Uch to‘daga bo‘linib, uch dar-
voza qarshisida uch yo‘lni to‘sib turinglar. Kat-
ta darvoza oldida besh bo‘linma tursin, boshqa 
darvozalar ning har qaysisida uch bo‘linmadan 
tursin. Dyad kivskiy va Korsunskiy bo‘linmalari 
pistirmada tursin! Polkovnik Taras ham askar-
lari bilan pistirmada tursin! Titarevskiy bo‘lin-
masi bilan Timoshevskiy bo‘linmasi aravalarning 
o‘ng tomonini saqlab tursinlar. Shcherbinovskiy 
va Stebli kivskiy bo‘linmalari yuqoridan chap to-
monni saqlasinlar! Gapga chechanroq azamat-
lar safdan chiqib, dushmanga gap otib, jahlini 
qo‘zg‘asin! Lyax degan xalqning miyasi bo‘lmay-
di, so‘kkanga aslo chidamaydi, shu bugunning 
o‘zidayoq hammasi shahardan gurillashib, chiqib 
qolishsa ham ajab emas. Bo‘linma atamanlari, 
har qaysingiz o‘z qo‘shiningizni ko‘zdan o‘tka-
zing, kimning odami kam bo‘lsa, Pereyaslavs-
kiy bo‘linmasining qolgan odamlaridan qo‘shib 
olinglar. Qaytadan har bir narsangizni ko‘zdan 
o‘tkazing! Bosh og‘rig‘iga hammaga bir kosadan 
araq, bittadan non berilsin. Ammo kecha yegan-
laring hali ham hazm bo‘lmagandir, kecha shun-
day ovqatxo‘rlik bo‘libdiki, kechasi hech kimning 
qorni yorilmaganiga hayronman. Sizlarga yana 
bir nasihat; agar birorta araqfurush juhud biror 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling