Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
73
Taras Bulba odam suyagi ham uchrardi. Bu dunyoning tash- vish va g‘avg‘olaridan, kulfat-u g‘am, vasvasala- ridan qochgan aziz avliyolar bunda ham bo‘lgan- liklari ko‘rinib turardi. Ba’zi joyda nam ko‘p bo‘lib, shundoqqina suv edi. Charchab qolayot- gan hamrohiga dam bermoq uchun And riy har qadamda to‘xtar edi. Xotinning bir burda yegan noni ovqat hazm qilishdan chiqib qolgan qornini og‘ritdi, shu sababdan xotin o‘qtin-o‘qtin to‘xtab, harakat qilolmay, turib qolar edi. Nihoyat ular kichkina temir darvozaga duch keldilar. Tatar xotin zaif ovoz bilan: «Xudoga shukr, keldik», – dedi, so‘ngra darvozani qoqmoq- chi bo‘lib, qo‘lini ko‘taray desa, ko‘tarolmadi. Shu sabab Andriy darvozani qattiq qoqdi. Gumburlab chiqqan ovozdan u tomon yalanglik ekani ma’lum bo‘ldi. Gumburlagan ovoz go‘yo baland gumbazga borib yetgandek bo‘ldi. Nihoyat, eshik ochildi. Qo‘li- da kalit va sham bilan tor zinada turgan rohib ularni kutib oldi. Katolik mazhabida bo‘lgan ro- hibni ko‘rishi bilan Andriy beixtiyor to‘xtab qoldi. Kazaklarda nafrat tug‘dirgan bu zohidlarni ular juhuddan battar qilar edilar. Rohib ham zapo- rojyеlik kazakni ko‘rgani hamon orqaga tisarildi, ammo tatar xotin nimadir degan edi, u xotirjam bo‘ldi. Rohib ularga chiroq tutdi, ketlaridan dar- vozani qulflab, zinadan yu qoriga boshlab bordi; bir mahal ular ibodatxona butxonasining baland qorong‘i gumbazi tagidan chiqib qoldilar. Baland shamdonlarda qator shamlar yonib turgan meh- roblardan biri oldida pop tiz cho‘kib, ohista-ohista duo o‘qir edi. Uning ikki tomonida yoqasiga oq to‘r qadalgan, qizil to‘n kiygan ikki yosh hofiz qo‘lida shamdon bilan turar edilar. Pop Xudodan mo‘jiza 74 Nikolay Gogol so‘rar, shaharga najot, odamlarga sabr-toqat, qa- noat tilar edi. Arvohga o‘xshagan bir necha xotin tiz cho‘kib, kuch-quvvatdan ketib, quyi solingan boshlarini oldilarida turgan kursi va qora yog‘och o‘rindiqlarga qo‘yib, sajda qilgandek turar edi- lar. Yana bir necha erkak yon tomondagi gum- bazlarning ustunlariga suya nib, ma’yus holda tiz cho‘kib o‘tirardilar. Qu yoshning ertalabki qizg‘ish nuri mehrob tepasidagi rang-barang oynali dar- chani yoritdi-yu, ko‘k qizil va boshqa xil shu’lalar- dan qorong‘i butxona birdan yorishib ketdi. But- xonaning to‘riga chuqurlashib kirib kelgan meh- rob bir lahzada yarqirab ketdi. Shamdondagi sham tovlanib, alvon rangga bo‘yalgan bulutdek yoyildi. Andriy qorong‘i burchakda turib, kun shu’la sining ko‘rsatgan mo‘jizasini hayrat bilan tomosha qilar edi. Shu mahal chalingan qo‘ng‘i- roqlarning viqor bilan chiqqan ovozi butxonani yangratdi. Bu ovoz borgan sari avj olib, nola-yu faryodga keldi, keyin sekin-sekin tushib, xush- ovoz sozanda qizlar hofizlik qilgandek, samoviy bir ohang baland yuksa lib, gumbazlarni nolaga keltirdi, yana bir faryod urib tushdi, pasaydi, o‘chdi. Nag‘ma ovozi anchagacha gumbazlarni sa- doga keltirib turdi. Andriy bu dabdabali musiqa zavqiga botib, ag‘raygancha qoldi. Shu on birov uning etagidan tortdi. Tatar xotin: – Vaqt bo‘ldi, – dedi. Ular butxonadan o‘tib, hech kimga sezdirmas- dan, butxona oldidagi maydonga chiqdilar. Qu- yosh nurlari osmonga allaqachon yoyilgan, har bir narsa kun chiqqanligidan darak berardi. Maydonda hech kim yo‘q. Uning o‘rtasida taxta xontaxtachalar turar va ular bir haftagina avval bunda bozor bo‘lib, ovqatlar sotilganidan xabar 75 Taras Bulba berardi. U zamonda tosh terilmagan ko‘cha- da to‘p-to‘p loylar qurib yotardi. Chorsi ning te- varak-atrofidagi bir qavatli g‘isht uylar ning to‘sinlari, sarrof va ustunlari ko‘rinib turardi. U zamonlarda shaharliklar shu xilda imorat so- lardilar; Litva va Polshaning ba’zi joylarida hali ham shu xildagi imoratlar bor. Bu uylarning tomi nihoyatda baland bo‘lib, tuynuk va darchalari ko‘p edi. Butxonaga yaqin bir tomonda, birorta mahkama yoki devonxona bo‘lsa kerak, boshqa uylarga o‘xshamagan baland bir imorat turardi. Bu imorat ikki qavat bo‘lib, tepasida mezanasi ham bor va bu mezanada posbon turardi. Uyning peshtoqiga katta soat qo‘yilgan edi. Maydonda hech jon asari yo‘q, ammo Andriyning qulog‘iga birovning ingrab yig‘lagan ovozi eshitilgandek bo‘ldi. U yon-bu yoniga qarab, chorsining narigi tomonida hech bir qimirlamasdan yerda yotgan ikki-uch odamni ko‘rdi. Yotganlarning o‘likmi, tirikmi yoki uxlab yotganliklarini bilmoq uchun tikilibroq qaragan edi, oyog‘i tagidagi bir narsani ko‘rdi. Bu xotin kishining o‘ligi edi. U aftidan juhudga o‘xshardi. O‘likning aft-basharasi juda xunuk bo‘lib, yosh-qariligini bilib bo‘lmasa ham, har holda yoshligi sezilardi. Boshida qizil ipak ro‘mol, qulog‘ida ikki qator marvaridmi, mun- choqmi taqilgan isirg‘a, qo‘ng‘iroq bo‘lib tushgan ko kili tomirlari o‘ynab ketgan bo‘yniga tushib turardi. O‘likning yonida uning qurigan ko‘kragi- ni changallab, sutdan asar topmay, alamidan uni buraganicha bir go‘dak yotar edi. Go‘dak na yig‘lar, na boshqa bir ovoz chiqarar, uning sekin-sekin tushib-chiqib turgan qorniga qarab, hali o‘lmagan yoki oxirgi nafasini olib, endi jon beryapti desa bo‘lar edi. Ular bir ko‘chaga kir- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling