Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

67
Taras Bulba
pahlavonga aytgin, agar men esida bo‘lsam, bu 
yoq qa kelsin, agar unutgan bo‘lsa, kampir onam-
ga bir burda non berib yuborsin, chunki onam ning 
ko‘z oldimda o‘lib ketishiga aslo chidolmayman. Av-
val men o‘lay, onam mendan keyin o‘lsin. Yolvorib 
so‘ra, oyog‘iga yiqil. Uning ham kampir onasi bor
o‘sha onasi uchun bersin deb meni yubordi.
Kazakning yosh dilida birtalay hissiyot uyg‘on-
di, yondi.
– Sen bu yerga qanday kelding?
– Lahm bilan keldim.
– Lahm bormi?
– Bor.
– Qayerda?
– Mard yigit, hech kimga aytmaysanmi?
– Muqaddas dinim ursin, aytsam!
– Jarga tushib ariqdan o‘tgandan keyin qa-
mishzor bor-ku, shunda.
– Xuddi shaharning o‘ziga chiqadimi?
– To‘ppa-to‘gri shahar ibodatxonasiga chiqadi.
– Yur, hozir yur.
– Iso paygambar-u Bibi Maryam haqi, bir bur-
da non ber!
– Xo‘p, beraman. Sen arava oldida tur yoki 
yaxshisi, aravaga chiqib yot; hamma uxlab yo-
tibdi, hech kim seni ko‘rmaydi, men hozir qaytib 
kelaman.
Andriy o‘z bo‘linmasiga qarashli ovqatlar saqlan-
gan aravalar tomonga qarab ketdi. Yuragi o‘ynar 
edi. O‘tmish zamonlar, kazaklar turgan lashkar-
goh, azob-mashaqqatlarga to‘lgan jangbozlik ha-
yoti orqasida pinhon bo‘lgan narsalar to‘satdan 
yuzaga chiqib, uni g‘arq qilib yubordi. Go‘yo den-


68
Nikolay Gogol
giz qa’ridagi paydo bo‘lgandek, yana o‘sha mag‘rur 
xotin Andriy ko‘z oldida namoyon bo‘ldi; uning chi-
royli qo‘llari, ko‘zlari, kulib turgan lablari, siynasiga 
tushgan to‘sdek qop-qora qalin sochlari, kelishgan 
qaddi-qomatining dirkillab turgan har bir a’zosi yo-
diga tushdi. Yo‘q, bular yodidan chiqmagan, ko‘ng-
lida so‘nmagan, faqat boshqa kuchli sezgilarga o‘rin 
berish uchun bir chetga chiqib turgan edi, xolos. 
Ammo bu xayollar yosh yigitning qattiq uyqusini 
ko‘p buzar edi, uyqusi o‘chib, ko‘p vaqtlar uxlayol-
masdan to‘lg‘anib, bedor yotar va bu hol ning saba-
bini bi lishga ojiz edi.
Andriy ketyapti, lekin qizni yana ko‘rish tuy-
g‘ulari dilini o‘ynatar, tizzalari qaltirar edi. 
Ara valar oldiga kelgach, nimaga kelganini esidan 
chi qardi, nimaga kelganini eslab olmoqchi bo‘lib, 
anchagacha peshonasini qashib turdi, nihoyat 
esiga kelib, cho‘chib tushdi, butun vujudi larzaga 
keldi, xayolida qiz ochdan o‘lgandek bo‘ldi. Dar-
hol aravaga chiqib, bir necha bo‘lak katta qora 
nonni qo‘ltiqlab oldi. Lekin shu ondayoq zabar-
dast yigitlarga xo‘b yaxshi ovqat bo‘lgan bu non 
uning nozik badaniga yoqmasmikan, unga bot-
masmikan deb o‘ylab qoldi. Kecha askarboshi 
uch marta umoch bo‘ladigan unni bir marta osh 
qilib qo‘yibsan, deb oshpazni koyigani esiga tush-
di. Qozonda, albatta, umoch osh bo‘lsa kerak, 
deb otasining safarda ovqat qiladigan qozoncha-
sini olib, oshpaz oldiga ketdi. Oshpaz tagida kuli 
sovumagan o‘n chelaklik ikki qozon o‘rtasida ux-
lab yotardi. Qozonlarga qarab, ikkovining ham 
bo‘shligini ko‘rib hayron qoldi. Ularning bo‘lin-
masida odam kam bo‘la turib, shuncha ovqat-
ni birato‘lasiga yeb tamomlamoq hazilakam gap 


69
Taras Bulba
emasdi. Boshqa bo‘linmalarning qozoniga ham 
qaradi, ularda ham hech narsa yo‘q: «Zaporoj-
yеliklar bolaga o‘xshaydilar – oz bo‘lsa ham qol-
maydi, ko‘p bo‘lsa ham qolmaydi», – degan gap 
beixtiyor yodiga tushdi. Nima qilsin? Otasining 
askarlariga qarashli aravalardan qaysidir birida 
ibodat xona novvoyxonasidan talanib olingan bir 
qop oq non bor edi, shekilli. Andriy to‘ppa-to‘g‘ri 
otasi ning aravasi oldiga keldi, lekin aravada qop 
yo‘q. Ostap qopni boshiga qo‘yib, arava tagida 
xurrak otib, uxlab yotardi. Qopni bir qo‘li bilan 
tortgan edi, Ostapning boshi yerga tushdi; u 
cho‘chib uyg‘ondi-yu, dik etib turib o‘tirdi va uy-
quga to‘la ko‘zi bilan ovozining boricha: «Ushla, 
ushla, badbaxt lyaxni ushla! Otni tutinglar, otni!» – 
deb baqirdi. Andriyning quti o‘chib, qo‘lidagi qop-
ni o‘qtalib: «Tovushingni chiqarma, o‘ldiraman!» 
– deb dag‘dag‘a qildi. Ammo Ostap allaqachon jim 
bo‘lib uxlab qolgan, xurragining shabadasiga yot-
gan yeridagi o‘tlar tebranar edi. Ostapning uyqu 
ichida qilgan shovqini bitta-yarimtani uyg‘otib 
qo‘yma dimikin degan xavotir bilan And riy u yon-
bu yoniga alanglab qaradi. Yaqin dagi bo‘linmadan 
kokilli bir bosh ko‘tarilib qaragandek bo‘ldi, lekin 
u ham u yon-bu yoniga qarab ag‘darilib yotaver-
di. Andriy andak turgach, qopni ko‘tarib, yo‘lga 
tushdi. Tatar xotin damini chiqar may yotardi.
– Tur, ketamiz, hamma uyquda, qo‘rqma! 
Mabodo, bu yuklarning barisini men ko‘tarolma-
sam, bitta nonni ko‘tarib olasanmi?
U shunday deb qopni orqaladi, bir arava ol-
didan o‘tarkan, yana bir qop tariqni ham ko‘ta-
rib oldi. Tatar xotinga ko‘tartirmoqchi bo‘lgan 
nonlarni ham qo‘ltiqlab olib, qaddini andak buk-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling