Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

55
Taras Bulba
ga dinimiz janoza buyurmaydi. Yoshlar, har ish-
da keksalarning gapiga quloq soling lar! Agar o‘q 
tegsa yoki qilich tegib boshingiz yoki badaningiz 
yaralansa, ko‘p e’tibor qilmasdan darhol bir otim 
miltiq dorini bir kosa araqqa qorib, ichib yubo-
ring, shifo topasiz, isitma ham chiqmaydi; agar 
yara katta bo‘lmasa bir siqim tuproq ni kaftingiz-
ga tupuk bilan qorib, yara joyingizga qo‘ying, shu 
bilan yara qotib qoladi. Qani, azamatlar, ishni 
boshlang, shoshmasdan puxta ish qiling!
Askarboshining gapi shu edi; u gapini tamom 
qilishi bilan hamma darrov ishga kirishib ket-
di. Sech boshdan-oyoq hushyor bo‘ldi, kazaklar 
orasida hech vaqt mastlik degan narsa bo‘lma-
gandek bitta ham mast odam topilmas edi. Bi-
rovlar tegarchaklarning temirini tuzatar, aravaga 
yangi o‘q solar, birovlar aravalarga qoplab g‘al-
la ortar, yarog‘-aslahalar tashir, birovlar ot va 
ho‘kiz larni haydab keltirar edi. Har tarafda otlar 
tuyog‘ining ovozi, sinab otilgan miltiq tovushi, 
qilichlarning shaqir-shuquri, mollarning ma’ra-
gani, aravalarning g‘ijiri, shovqin-suron, g‘ovur-
g‘uvur boshlanib, tez fursatda kazaklar ko‘chi 
butun dalani bosdi. Mabodo, birov cho‘zilib ket-
gan karvonning boshidan oxirigacha yugurib 
bormoqchi bo‘lsa, ko‘p yugurmog‘i lozim bo‘lardi. 
Kichkina butxonada ibodat qilishdi, pop ham-
maga muborak suvdan sepdi, hammalari butni 
bir-bir o‘pdilar. Karvon harakatga kelib, Sech-
dan jo‘naganla rida, zaporojyеliklarning hammasi 
orqalariga qay rilib qaradilar. Hamma birdaniga:
– Onamiz, xayr senga! Seni har qazo, har 
ba lodan Xudo o‘z panohida saqlasin! – deb 
xo‘shlashdilar.


56
Nikolay Gogol
Bir guzardan o‘tayotganda Taras Bulba o‘zi-
ning juhudi Yankel kapa qurib, chaqmoq dori, 
paytava, boshqa har xil yo‘lga kerak buyum-
lar, hatto kulcha va nonlar ham sotib o‘tirgani-
ni ko‘rdi. Taras ko‘nglida: «Shayton juhudni qa-
ra-ya!» – deb otini u tomonga surib borib:
– Tentak, bu yerda nima qilib o‘tiribsan? 
Chumchuqni otgandek otib tashlasinlar deysan-
mi? – dedi.
Yankel javob o‘rnida unga yaqinroq kelib, go‘yo 
bir sir aytmoqchi bo‘lgandek ikki qo‘li bilan isho-
ra qilib:
– Xo‘jayin, damingizni chiqarmang, hech kim-
ga aytmang, kazaklar aravasi ichida menga qa-
rashli bir arava bor, kazaklarga kerakli har xil 
buyumlar yuklaganman, yo‘lda yana turli oziq-
ovqat topib, hech juhud sotmagan arzon baho bi-
lan sotaman, azbaroyi Xudo, rost, – dedi.
Taras Bulba yelkasini qisib, juhudning udda-
buroligiga hayron qolib, karvoni tomoniga qarab 
ketdi.
V
Tez orada Polshaning janubi-g‘arbiy qismi 
boshdan-oyoq vahima ichida qoldi. Har yerda: 
«Zaporojyеliklar qo‘zg‘alibdilar, kelayotgan emish-
lar!» – degan ovoza tarqaldi. O‘zini qutqara bilgan 
har bir kimsa qochdi. Ehtiyotkorlikni, qo‘rg‘on 
va qal’alar solishni o‘ylamagan va tatarlar kelib 
hamma yoqni xarob qiladigan bo‘lgach, uylar 
solib bekorga pul va kuch sarf qilib nima qilamiz 
deb, o‘zlariga faqat vaqtinchalik solingan poxol 
uylarda yashagan odamlar har tarafga tarqaldi-


57
Taras Bulba
lar. Hamma vahimaga tushib, to‘polon boshlandi: 
birov qo‘sh ho‘kizini ot va miltiqqa alishib, sarboz 
bo‘lib ketar, birov mollarini haydab, olib qo chish 
mumkin bo‘lgan bisotlarini ortib qochar edi. 
Ba’zilar qurollanib, yo‘lga chiqib, kazaklarga qar-
shilik ham qilardi, lekin elburutdan qochib qolay 
deganlar ko‘p edi. Zaporojye askaridek dong‘i 
chiqqan va zohirda butun tuzilishi tartibsizlik, 
beboshlikdan iboratdek ko‘rinsa ham, lekin jang 
va urushlar zamoniga moslangan bu to‘polonchi, 
jangovar olomonga sira bas kelib bo‘lmasligini 
hamma bilar edi. Otliqlar yuklarini og‘ir qilmay 
va otlarini qiynamay borishar, piyodalar hush-
yorlikni qo‘ldan bermay, karvon orqasidan bo-
rar edilar. Butun karvon kunduzi istirohat qilib, 
kechasi yo‘l yurar, shahar va qishloqlardan va u 
zamonda har qadamda uchragan daraxtzorlar-
dan nariroq, xilvat joylardan borar edilar. Karvon 
oldida tilchi va ayg‘oqchilar borib, ular yo‘lning 
tinch-notinchligidan xabar berib turar edi. Aksa-
ri kutilmagan joylardan chiqib qolib, bor-yo‘qni 
vayron qilar, qiron keltirar edilar. Qishloqlarga 
o‘t tushar, askarlar ketidan haydab olib ketish 
imkoni bo‘lmagan mollarni shu yerdayoq so‘yar 
edilar. Ular urushdan ko‘ra ko‘proq aysh-ishrat 
bilan, kayf-safo bilan ovora bo‘lganday ko‘rinar 
edi. U vahshiy zamonda zaporojyеliklarning qil-
gan bedodliklari endigi odamlarning tepa sochini 
tik turg‘izar edi. Go‘daklar qirg‘ini, ko‘kragi ke-
silgan xotinlar, tizzasigacha terisi shilinib, qo‘yib 
yuborilgan odamlar, xullas, bu kabi vahshiyliklar 
ko‘p edi. Kazaklar eski qarzlarini naqd pul bilan 
to‘lamoqda edilar. Bir ibodatxonaning ruhoniysi 
kazaklarning yaqinlashib kelganliklarini eshitib, 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling