Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
52
Nikolay Gogol ham so‘rang; gapim rost emasmi, Shlyoma, yoki sen, Shmul, ayta qol! Boshida yirtiq do‘ppi, ranglari kesakdek gezar- gan Shlyoma bilan Shmul odamlar orasidan turib: – Azbaroyi Xudo, rost! – deb javob berdilar. Novcha juhud yana so‘zlab: – Bizlar dushman bilan aslo apoq-chapoqlash- ganimiz yo‘q. Shayton vasvasasiga olgan kato- liklarni bo‘lsa aslo yaqinimizga yo‘latmaymiz; siz- lar bilan bir tug‘ishgan og‘a-inidekmiz... – dedi. Olomondan birov: – Nima deding, zaporojyеliklar senlar bilan og‘a-inimi? La’nati juhudlar bizlarga teng bo‘larmi, o‘ylamang! Og‘alar, nomardlarning hammasini daryoga tashlash kerak! – deb qichqirdi. Shu odamning so‘zi bilan juhudlarni ushlab daryoga tashlayverdilar; har tarafdan dod-faryod boshlandi. Juhudlarning paypoq kiygan, bosh- moq kiygan oyoqlari osmondan kelganda rahm- siz kazaklar kulishar edi, xolos. Va’z aytaman deb, boshi baloga qolgan bechora juhudni to‘ni- dan ushlagan edilar, to‘nini yechib, bitta ola-bula kamzuli bilan qochib, Bulbaning oyog‘iga o‘zini tappa tashladi, zor-zor qilib yalinardi: – Valine’matim, egam. Ulug‘ xo‘jam, Xudo rah- mati og‘angiz Doroshni ham bilar edim. Bechora dilovar pahlavonlarning zebi, saltanati edi. Turk- larga bandi tushib qolganda ajratib olish uchun sakkiz yuz oltin pul bergan edim. Taras: – Og‘amni bilarmiding? – deb so‘radi. – Xudo haqqi, bilar edim. Ko‘p oliyhimmatli, saxiy odam edi. – Oting nima? 53 Taras Bulba – Yankel. – Ma’qul, – dedi Taras, keyin biroz o‘ylagach, kazaklarga qarab dedi: – Juhudni qachon lozim bo‘lsa osamiz, bugun- cha uni menga berib turinglar. Taras kazaklari bilan aravalari turgan joyga juhudni olib ketdi. – Qani, arava tagiga kir, qimirlamasdan yotaver; yigitlar, siz bu juhudni qo‘yib yubormanglar. Taras bu so‘zlarni aytgach, maydonga qa- rab ketdi, chunki yurtning hammasi allaqachon o‘sha yerga yig‘ila boshlagan edi. Bir onda hamma daryo bo‘yini, qayiqlarni tashlab, bu yerga yig‘ildi, chunki endi safar yo‘li suvdan emas, quruqlik- dan tushdi; kema va qayiqlar emas, ot-aravalar kerak bo‘lib qoldi. Endi yosh-qari – hamma safar- ga otlandi; barcha oqsoqol, askarboshi va ellik- boshilarning maslahati va Zaporojyеning barcha lashkarlari xohishi bilan tikka Polshaga borib, polyaklarning qilgan yomonliklari, dinga va ka- zaklar sha’niga keltirgan xo‘rliklari uchun ular- dan o‘ch olishga, shaharlardan o‘lja olib qishloq- larga, ekinlarga o‘t qo‘ymoqqa va butun sahroni larzaga keltirib, dovruqlarini chiqarmoqqa qaror qildilar. Hammalari shu ondayoq otlanib, asla- halarini taqa boshladilar. Askarboshi o‘sib, go‘yo bo‘yiga yana bir gaz bo‘y qo‘shildi. U endi xalqning shamoldek beqaror, harna deganiga bo‘ysunib bajaraveradigan ojiz kishi emas, balki butun ix- tiyor qo‘lida bo‘lgan amir, faqat buyruq qilishni bilgan mustabid edi. Bevosh, taralabedod pahla- vonlarning barchasi boshlarini quyi solib, askar- boshi buyruq qilganda ta’zim bilan yerga qarab, saf tortib turar edilar. Askarboshi chuqur mulo- 54 Nikolay Gogol hazalarga asoslangan botirliklarni bir emas, ko‘p qilgan, ko‘pni ko‘rgan, tadbirli, aql-farosatli pux- ta bir kazakdek salobat bilan shoshmay va ovo- zini balandlatmay, og‘ir-vazmin ohangda buyruq berar edi. – Yaxshilab qarab chiqinglar, hamma narsa- laringni birma-bir ko‘zdan o‘tkazinglar! Aravalar- ni, mol idishlarni tuzatib olinglar, miltiqlaringizni otib ko‘ringlar, kiyim-kechakni ko‘p olmanglar, odam boshiga bittadan ko‘ylak, ikkitadan shal- var, bitta mo‘ndichada tariq-talqon olsangiz bas, hech qaysingiz bundan ortiq yuk olmang. Ke- rakli narsalardan aravalarga tag‘in ortib olamiz. Har kazakda ikkitadan ot bo‘lsin. Ikki yuz juft ho‘kiz ham olmoq kerak, chunki botqoq joylarga botganda, suvdan kechganda ho‘kiz kerak bo‘la- di. Og‘alar, hammadan ham batartib bo‘linglar. Orangizda shunday kishilar borki, agar Xudo yarlaqab, biror o‘ljaga uchrab qolguday bo‘lsa, qimmatbaho xitoyi tovar va duxobalarni darrov paytava qilib oladilar. Bunday shaytoniy fe’lni tashlang, har xil yubkalarga tegmang, faqat yax- shi qurol-aslaha duch kelib qolsa oling, so‘ngra oltin-kumush bo‘lsa oling, chunki bular ixcham bo‘ladi va har qachon asqatadi. Yana, og‘alar, shuni aytib qo‘yamanki, agar safarga chiqqanda birortangiz ichib mast bo‘lsangiz, bunday odamga sud yo‘q, bunday noma’qulchilikni qilgan odam askarimizning eng atoqli polvonlaridan bo‘lsa ham itdek, bo‘ynidan aravaning orqasiga bog‘lat- tirib qo‘yaman. Itdan battar qilib, o‘sha yerning o‘zidayoq otib tashlayman. O‘ligi ham ko‘milmas- dan darranda-yu charrandalarga yemish bo‘ladi, chunki safarga chiqqanda ichkilik ichgan odam- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling