Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

43
Taras Bulba
rak, chunki Bulba Kirdyagani saylab, eski askar-
boshidan o‘ch oldi va bundan tashqari, Kirdya-
ga uning eski qadrdon do‘sti bo‘lib, quruqlig-u 
suv dagi ko‘p janglarda ikkovi birga bo‘lgan, 
urushning azob-mashaqqatlarini birga tortgan 
edi. Yangi saylov to‘yi boshlanib, hamma tomo-
sha va xursandchilikka kirishib ketdi; shunday 
katta to‘y bo‘ldiki, Ostap bilan Andriy haligacha 
bunday to‘yni ko‘rmagan edi. Qovoqxonalar ta-
lon-toroj qilinib, sharob, sharbat, pivo va araqni 
tekinga ichaverdilar... Qovoqxonachilar o‘zlari 
eson qolganlariga shukr qilar edilar. Tong otgun-
cha polvon va botirlar sha’niga qo‘shiq va ashu-
lalar aytildi; do‘mbira va chirmandalar, ibodatxo-
nada zaporojyеliklarning dostonlarini aytib chali-
nadigan ruboblar bilan ko‘cha-ko‘ylarda to‘da-
to‘da bo‘lib yurgan mashshoqlarni osmondagi 
oy ham ancha vaqtgacha xo‘b tomosha qildi. Ni-
hoyat mastlik va horiganlik zo‘r chiqib, hammani 
yengdi. Kazaklar har yerda dumalashib, o‘rtoqlar 
bir-birlari bilan quchoqlashib, hatto yig‘lashib, 
yiqilib qolaverdilar. Unda bir guruh bo‘lib yotib-
di, bunda yana bir to‘dasi qulabdi, birov qulay-
roq joy axtarib, to‘g‘ri to‘nka ustiga chiqib yotibdi. 
Baquvvatroq, o‘zini tetik tutgan eng oxirgi odam 
hali ham g‘o‘ldirar edi, mastlik nihoyat uni ham 
yengdi, u ham yiqilib, butun Sech uyquga ketdi.
IV
Ertasi Taras Bulba zaporojyеliklarni biror 
ishga qo‘zg‘atish to‘g‘risida yangi askarboshi bi-
lan maslahatlashar edi. Askarboshi aqlli, ko‘pni 
ko‘rgan, yurtning baland-pastini bilgan, ayyor 


44
Nikolay Gogol
odam edi. Avval: «Sira iloji yo‘q, va’dadan qaytib 
bo‘lmaydi» dedi, keyin biroz o‘ylab turib: «Mayli, 
ilojini qilamiz, va’damizdan qaytmaymiz-ku, lekin 
boshqa ilojini topamiz; yurt yig‘ilsin, lekin mening 
buyrug‘im bilan emas, o‘zlari to‘planishsin, buni 
qanday qilishni o‘zingiz bilasiz; bizlar oqsoqollar 
bilan birga hech narsadan xabarimiz yo‘qdek, 
keyinroq chiqamiz», – dedi.
Bu maslahatdan keyin oradan bir soat o‘tar-
o‘tmas dovul chalindi. Darrov mast va yengiltak 
kishilar ham topildi. Maydonga behisob kazak 
to‘ldi. G‘ovur-g‘uvur gap boshlandi: «Kim», «Nega, 
nimaga yurtni to‘pladilar?» Hech kim javob bermas 
edi. Nihoyat u yoq bu yoqdan: «Kazaklar ning kuni 
bekorga o‘tyapti, urush yo‘q! Oqsoqollar qo‘rqoq 
bo‘lib qoldilar, semirib ketdilar! Dunyoda haqiqat 
yo‘q ekan-da!» – degan gaplar chiqa boshladi. 
Boshqalar avvalboshda bu gaplarni eshitib turdi-
lar, keyin ular ham qo‘shilishib: «To‘g‘ri, dunyoda 
hech haqiqat yo‘q ekan!» deya boshladilar. Oqso-
qollar bu xil gaplarga taajjublanib, qarab turgan-
day bo‘lardilar. Nihoyat askarboshi o‘rtaga chiqib:
– Zaporojyеlik og‘alar, ijozatingiz bo‘lsa, bir 
so‘z aytay! – dedi.
– Ayt!
– Hurmatli birodarlar, gap shuki, yurt ahli ning 
ko‘pi qovoqchi juhudlardan hamda o‘z qarin-
doshlaridan ko‘p qarzdor bo‘lib qoldi, shu daraja-
ga yetdiki, hech kimda insof va diyonat qolmadi. 
Buni o‘zlaringiz ham xo‘b yaxshi bilasizlar. Yana 
shu gap ham borki, ko‘p yigitlarimiz urush nima 
ekanini haligacha bilmaydilar, holbuki, urush 
bo‘lmasa, yigit kishi tirikchilik qilolmaydi. Bu 
ham, hurmatli og‘alar, o‘zingizga ma’lum. Um-


45
Taras Bulba
rida bir marta ham g‘ayridin bilan urushmagan 
odamni zaporojyеlik deb bo‘ladimi?
Bulba ko‘nglida: «Ma’qul gapiryapti», – deb 
qo‘ydi.
– Ammo, og‘alar, meni ahd-paymonni buzib, 
urush qilmoqchi bo‘ldi deb o‘ylamanglar. Xudo 
saqlasin, mening murodim bu emas. Ammo cher-
kovlarimizning ahvoli yomon deb aytishga ham 
gunohdan qo‘rqaman. Yurtimiz Xudoning karam 
va marhamati bilan necha yillardan beri bor, le-
kin ibodatxonamizning tashini qo‘yavering-a, 
hatto ichidagi butlar ham tuzukkina yasatilgan 
emas. Hech bo‘lmasa, kumush libos qilib be-
rish ham hech qaysimizning esimizga kelmaydi. 
Bir-ikkitalar xayr qilib ketgan narsadan boshqa 
hech nima yo‘q. Ularning xayri ham ko‘p emas 
edi, chunki ular hayotliklarida bor-yo‘qlarini ichib 
qo‘ygandilar. Bu gaplardan maqsadim, g‘ayridin-
lar bilan urush qilish emas. Urush qilmaymiz deb 
sultonga va’da berganmiz, bu va’damizni buzsak, 
gunoh kor bo‘lamiz, chunki o‘rtada dinimizning 
hurmati bor.
Bulba ko‘nglida o‘zicha: «Nega yana bu aljira-
yapti?» – deb qo‘ydi.
– Xullas, og‘alar, urush chiqarish imkoni yo‘q. 
Bu mardlarning ishi emas. Ammo kalta aqlim 
bilan bilganim shuki, nuqul yoshlarning o‘zla-
rini qayiqqa o‘tqazib jo‘natsak deyman. Anatoli-
ya
1
qirg‘oqlarini bir alg‘ov-dalg‘ov qilib kelsinlar
nima deysizlar, og‘alar!
Olomon har tomondan:
– Hammamizni olib bor, hammamizni, dinimiz 
yo‘liga boshimiz fido bo‘lsin! – deb qichqirdi.
1
Anatoliya – kichik Osiyoning dengiz bo‘ylari. 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling