Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
37
Taras Bulba dong‘ini chiqarardi. Yaxshi otadigan mergan, Dnepr daryosidan suvning oqimiga qarshi su- zib o‘tadigan bo‘ladilar. Bu ishlar Sechga kelgan har bir yangi odamni kazaklar jumlasiga olmoq uchun bir imtihon edi. Lekin keksa Taras ularga boshqa bir kasb tayyorlamoqda edi. Bunday aysh-ishrat va o‘yin- kulgi bilan o‘tgan umr uning nazarida zoye ket- ganday bo‘lar, u haqiqiy ish istar edi. U doim bu- tun Sechni mardonalik ishiga boshlasam, mard-u maydon, ish ko‘rsatadigan bir mojaro boshlasam deb o‘ylar edi. Nihoyat bir kuni askarboshi oldiga kelib, to‘ppa-to‘g‘ri: – Askarboshi, odamlarimiz bir yayrasin, – dedi. Askarboshi og‘zidagi kichkina mushtugini olib, yoniga tupurib tashlagach: – Yayraydigan joy yo‘q! – dedi. – Nega yo‘q bo‘lsin? Turklar yoki tatarlar ustiga otlansak bo‘ladi. Bemalol o‘tirib, sekin mushtugini yana og‘ziga olgan askarboshi: – Turklar ustiga ham, tatarlar ustiga ham otla- nishning iloji yo‘q! – dedi. – Nega iloji yo‘q? – Shunday, iloji yo‘q. Sultonga biz urushmay- miz deb va’da qilganmiz. – Axir u g‘ayridin-ku. Xudo ham, payg‘ambar ham g‘ayridinlarni uringlar degan. – Yo‘q, haqimiz yo‘q. O‘zimizning dinimizni oraga solib, qasam ichmaganimizda va’dadan qayt sak mumkin edi, lekin endi sira iloji yo‘q! – Nega iloji yo‘q! Haqimiz yo‘q deganing nima- si? Ikkita o‘g‘lim bor, ikkovi ham yosh, o‘spirin. Ikkovi ham hanuz urushni ko‘rgani yo‘q, sen 38 Nikolay Gogol haqqimiz yo‘q deysan. Zaporojyеliklar otlanib chiqmasin ekan-da! – Keragi yo‘q. – Demak, kazaklarning kuchi behudaga yo‘q bo‘lib ketaversinmi, odamlar tuzukroq bir ish qil- may, bekorga sasib-chirib ketsinmi? Vatanga ham, dinga ham ulardan hech qanday foyda bo‘lma- sinmi? Bunday bo‘lsa, bizning tirikligimizdan ni- ma foyda? Dunyoda nima deb yuribmiz? Shuni menga uqtirib ber. Sen dono odamsan, bekorga askarboshi bo‘lganing yo‘q. Menga tushuntir, dunyoda nima uchun yuribmiz? Askarboshi uning bu savoliga javob bermadi. U ham xiyla o‘jar odam edi. Andak jim turgach: – Nima desang ham, urush qilmaymiz! – dedi. Taras yana qaytarib: – Shundaymi? Urush qilmaymizmi? – dedi. – Yo‘q. – Shu bilan urushni orzu qilmaylikmi? – Urushni xayolingga ham keltirma. Bulba dilida: «Shoshmay tur, nomardning bo- lasi! Tanbehingni beray!» – dedi-da, askarboshi- dan o‘ch olishni ko‘ngliga tugib qo‘ydi. Taras u-bu bilan gapni bir yerga qo‘yib, hammasiga ichir- di, mast bo‘lgan bir necha kazak to‘pla nishib, qoziqqa dovul osib qo‘yilgan joyga chiqdilar. Odamlarni to‘plamoqchi bo‘lganda, odatda, shu dovulni chalar edilar. Dovulning cho‘pi dovulchi- da turar edi. Bu yerda cho‘pni topmay, har qay- silari qo‘llariga bittadan kaltak olib, dovul chala boshladilar. Dovulning tovushiga, bir ko‘zi ko‘r, uyqu bosgan baland bo‘yli dovulchi hammadan oldin yetib keldi. Dovulchi kela solib: 39 Taras Bulba – Dovulni kim chaldi? – deb dag‘dag‘a qildi. Ichib olib, kayfi taraq bo‘lgan oqsoqollar: – Ovozing‘ni chiqarma! Dovul chal degandan keyin cho‘pingni keltirib chalaver! – dedilar. Dovulchi bunday voqealarning oqibati nima bo‘lishini juda yaxshi bilganligidan, cho‘ntagida ola kelgan cho‘pni olib, dovulni chala boshladi. Dovul tovushi chiqishi bilan darhol zaporojyе- liklar aridek yopirilib kelaverdilar. Kelganlar gir aylanib o‘tirdilar. Dovul uchinchi marta uril- gandan keyin oqsoqollar ham keldilar. Gurzisini ko‘tarib askarboshi, muhrini ko‘tarib, qozi-askar, qalamdonini ko‘tarib mirza, hassasini ko‘tarib yasovul keldi. Askarboshi bilan oqsoqollar bosh kiyimlarini olib, to‘rt tomonga engashib salom berdilar. To‘plangan kazaklar qo‘llarini biqinla- riga tiragancha, gerdayib turar edilar. – Bu yig‘inning boisi nima birodarlar, tilagingiz nima? – deb so‘radi askarboshi. Har tomondan chiqqan shovqin-suron va so‘kishlar uni gapi- rishga qo‘ymadi. Olomon orasidan ba’zi birovlari: – Gurzini tashla! Shaytondan tug‘ilgan, darrov gurzini tashla! Endi seni bosh bo‘lishingni xohla- maymiz! – deb qichqirishar edi. Es-hushi o‘zi- da bo‘lgan ba’zi bir hushyorlar ularga qarshilik qilmoqchi bo‘lganday ko‘rinar edilar. Lekin mast- lar ham, hushyorlar ham mushtlasha ketdilar, shovqin-suron, to‘polon boshlandi. Askarboshi gapirmoqchi bo‘lib ko‘rdi, lekin g‘azablangan qaysar olomonning urib o‘ldirishi- dan qo‘rqib, gapirmay qo‘ya qoldi, chunki bunday voqea ko‘p bo‘lgan edi. Shu sababdan engashib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling