Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

32
Nikolay Gogol
do‘kondorlik qilar edilar. Lekin aksariyat, agar 
kissasida puli bo‘lsa va topgan-tayangan davlati 
hali savdogarlar bilan araqfurushlar qo‘liga o‘tib 
ulgurmagan bo‘lsa, kecha-kunduz aysh-ishrat 
bilan umr o‘tkazar edi. Bu umumiy tomosha-yu 
bazmlarda kishini o‘ziga maftun qiladigan al-
laqanday bir joziba yoki sehr bor edi. Bu – tomo-
sha alam va qayg‘usidan ichib, dumalab yotgan 
araqxo‘r, bo‘zaxo‘rlar bazmi emas, to‘lib-toshgan 
shodlik, xursandlik edi. Bu yerga kelgan har bir 
kimsa bor-yo‘g‘ini unutar, haligacha uning miya-
sini mashg‘ul etgan ikir-chikirlarni orqaga tash-
lar edi. U o‘zining o‘tmishiga tupurar edi desak 
ham bo‘ladi. Bu yerga kelgan odamlar o‘zlariga 
o‘xshagan keng osmondan boshqa na uy-joyi, na 
qarindosh-aqrabosi, na bola-chaqasi bor, doim 
o‘ynagan-kulgan, zavqdan boshqa hech bir nar-
sasi bo‘lmagan, ulfatlarga qo‘shilib, barcha tash-
vishlarni unutib, maishatbozlikka cho‘mib ketar 
edi. Bu narsa boshqa hech qanday manbadan 
nash’a olishi mumkin bo‘lmagan qaynab-toshgan 
shodlik, xursandchilik tug‘dirar edi. Xushyoq-
maslik bilan yerga yumalab yotib, rohat qilmoq 
uchun to‘plangan bu odamlarning bir-birlariga 
aytgan latifalari, mayda-chuyda gap va hazillari 
shunday qizib, shunday jonli bo‘lib ketar ediki, 
bularni eshitib indamasdan, kulmasdan o‘tirmoq 
uchun zaporojyеliklar kabi beg‘am bo‘lmoq ke-
rak. Janubiy tomonda yashovchi ruslarni boshqa 
rus qardoshlaridan haligacha ayi rib turgan katta 
bir xususiyatlari shudir. Bundagi shodlik, mast-
lik sururi qiy-chuv bilan o‘tsa ham, lekin qovoq-
xonaga kirib olib, o‘zini badmastlik quchog‘iga 
tashlab, barcha tashvishlarni unutadigan ayrim 
odamlarning mastligi emas, o‘rtoqlar, jo‘ralar, 


33
Taras Bulba
maktabdoshlar ulfatchiligi edi. Farq shunda edi-
ki, maktabdagi tiz cho‘kib o‘tirish va qo‘lda kaltak 
bilan o‘tirgan muallimning maza-bemaza gapla-
rini eshitish o‘rniga, ular besh ming otliq bo‘lib, 
hujum qilar edilar: koptok o‘ynaydigan o‘lanzor 
o‘rniga bepoyon qirlar, uzoqdan tatarning boshi 
ko‘rinib qolgan, yashil salla o‘ragan turk chaq-
chayib qarab turgan be poyon qirlarda javlon 
urar edilar. Farq yana shuki, ularni maktabda 
majburan birlashtirgan bo‘lsalar, bu yerda ular 
o‘z xohishlari bilan ota-onalarini tashlab, uyla-
ridan chiqib kelganlar; bu yerdagi odamlar dor 
tagidan qochgan va o‘limdan qutulib maishat 
va o‘yin-kulgilarga berilgan, kayf-u safoga to‘la 
turmushni topgan kishilardir. Bundagi odamlar 
oliyjanoblik va oliyhimmatlik bilan kissalarida 
bir tiyin ham saqlab qola olmagan, shu chog‘ga-
cha bir oltinni katta bir davlat deb bilgan va ija-
raxo‘r juhudlar dastidan cho‘ntaklari bo‘shab, 
kissa larini ag‘dar-to‘ntar qilganda ham hech bir 
narsa topilmaydigan odamlardir. Bu yerdagilar 
diniy maktabning darrasiga chidamasdan qoch-
gan va o‘qib-o‘qib alifni tayoqdan ajrata olmagan 
kishilardir. Ammo ular orasida Goratsiy, Sitse-
ronlarning kimligini, Rim respublikasi nimalig-
ini bilgan odamlar ham bor, keyinchalik qirol 
askarlari ichida ko‘p ish ko‘rsatgan zobitlar ham 
bor edi. Bular orasida qayerda bo‘lsa ham jang 
qilmoqni o‘zlariga ulug‘ bir maslak qilib olgan
o‘zini odam bilgan mard kishilarning urishmas-
dan jim yotishini uyat deb hisoblagan va ko‘pni 
ko‘rgan zobitlar ham ancha bor edi. «Bizlar Sech-
da bo‘lganmiz, pishganmiz, chiniqqan pahlavon-
larmiz» deyish uchun bu yerga kelganlar ham 
ko‘p edi. Bu yerda kimlar yo‘q? Bu ajoyib dorila-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling