Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

20
Nikolay Gogol
mollarini yashirar edilar. Talabalarga ko‘z-quloq 
bo‘lib turish vazifasi bo‘lgan xalfalar ning shalvari-
dagi cho‘ntagi shu qadar chuqur ediki, mabodo 
biror do‘kondor xotin bexabar qolsa, uning butun 
do‘koni jo bo‘lardi. Bu madrasa tala balari alohi-
da bir toifa edi. Polyak va rus asilzodalari orasiga 
ularni kirgizmas edilar. Hokim Adam Kisel, garchi 
o‘zi madrasaga homiylik qilsa ham, talabalarni 
odamlarga qo‘shmay, «qattiqroq ushlanglar» deb 
buyurar edi. Biroq uning bu xil buyrug‘iga ehtiyoj 
yo‘q edi, chunki rektor va professor rohiblar dar-
ra va novdani ayamas, peshqadam xalfa bosh-
liqlar aksari ma’ruzachilarning buyruqlari bilan 
talabalarni shunday savalar edilarki, ular bir 
necha haftagacha qashinib yurar edilar. Ularning 
aksarisiga bu kaltak qalampirlik araqdan andak-
kina achchiqroq ko‘rinar edi, xolos. Ba’zilari bu 
xil kaltakdan bezor bo‘lib, yo‘l bilsalar va yo‘lda 
qo‘lga tushmasalar, Zaporojyеga qochib ketar 
edilar. Ostap Bulba mantiq, hatto aqoyid ilmini 
ixlos bilan o‘qishga harakat qilgan bo‘lsa ham, 
baribir darradan sira qutulolmadi. Bu hollar un-
ing tabiatini dag‘allashtirib, badjahl qilishi tabiiy 
edi. Ostap hamisha eng yaxshi jo‘ralardan his-
oblanar edi. Yomon yo‘lga yurganda, birovning 
bog‘iga o‘g‘irlikka tushganda bosh bo‘lmas, lekin 
mullavachchalardan bitta-yarimtasi birorta ish 
boshlaguday bo‘lsa, hammadan avval uning yo-
niga kelib qo‘shilar, ammo sheriklariga hech ma-
hal nomardlik qilmas edi, har qancha kaltaklasa-
lar ham sirni aytmas edi. U jang va o‘yin-kulgi, 
sho‘xlikdan boshqa narsaga e’tibor bermas; teng-
doshlariga aslo qalloblik qilmas, ko‘ngli ochiq edi. 
U shunday shafqatli, yaxshi yigit ediki, bunday 


21
Taras Bulba
fazilat faqat o‘sha zamonda va shunday odam ta-
biatida bo‘lishi mumkin edi. Sho‘rlik onasining 
ko‘zyoshlari uning ko‘nglini buzgan, faqat shugi-
na uning boshini xam qila olar edi.
Ukasi Andriy bir muncha g‘ayratli va zehni 
o‘tkirroq edi. Og‘ir tabiatli, irodasi kuchli kishilar 
odatda qiynalib o‘qiydi, lekin Andriy qiynalmas-
dan havas bilan o‘qidi; akasidan ko‘ra uddabu-
ro edi. Ko‘pincha xavf-xatarli ishlarda boshqa-
larga bosh bo‘lar, gohida farosatlilik qilib qolar, 
akasi Ostap bo‘lsa hech bir bo‘yin tovlamasdan 
egnini yechib, indamay yotardi va o‘la qolsa uzr 
so‘ramasdi. Andriyda ham dilovarlik havasi katta 
edi-yu, lekin bu bilan birga ko‘ngli boshqa his-
siyotlardan ham xoli emas edi. O‘n sakkiz yosh-
dan o‘tgach, yuragiga ishq-muhabbat o‘ti tushdi. 
Ayol uning sho‘x xayolini ko‘proq mashg‘ul qila 
boshladi. Falsafiy munozaralarni tinglab o‘tirgan 
chog‘larida ham qora ko‘zli tannoz, muloyim xo-
tinning siymosi har dam xayolidan o‘tib turardi. 
Selkillab turgan oppoq siynasi, yumshoq mulo-
yim bilaklari ko‘z oldidan o‘taverar; ayol kishi-
ning jozibali badaniga tegib turgan ko‘ylaklari-
ning o‘ziyoq unda allaqanday hirslarni qo‘zg‘atar 
edi. Ko‘nglidagi bu yigitlik hirslarini sheriklari-
dan yashirar, chunki u zamonlarda jangga kir-
masdan avval xotin va ishq-muhabbat xayoliga 
tushmoq kazak yigitga or-nomus hisoblanar-
di. So‘nggi yillarda u jo‘ralarining sho‘xliklariga 
kamroq aralashar, ko‘proq Kiyevning olchazor 
chorbog‘larida, xilvat yerlarda, ko‘chaga qaragan 
va kishining havasini keltiradigan pastak-pastak 
uylar orasida o‘zi tanho izg‘ib yurardi. Gohida 
hozir eski Kiyevning malorossiya va polyak dvor-


22
Nikolay Gogol
yanlari turgan uylari serhasham boylar mahal-
lasiga ham kelar edi. Bir kun u xayoli parishon 
ketayotganida bir polyak boyining aravasi uni 
bosib ketayozdi; shunda o‘rindiqda o‘tirgan shop 
mo‘ylov aravakash qamchin bilan uni boplab sol-
di. Talabaning achchig‘i chiqib, qamchin alamiga 
chidolmay, zabardast qo‘li bilan aravaning orqa 
g‘ildiragidan ushlab to‘xtatdi. Aravakash o‘zidan 
qo‘rqib, otlarni qamchilagan edi, otlar sapchib 
ketdi; yaxshiki, Andriy qo‘lini tortib oldi, lekin 
yuzi bilan loyga yiqilib tushdi. Allakim xaxolab, 
kulib yubordi. Boshini ko‘tarib, alanglab qarashi 
bilan deraza yonida turgan misli ko‘rilmagan bir 
nozaninga ko‘zi tushdi. Uning shahlo ko‘zi, oq 
yuzi ertalabki oftobning shu’lasida tovlanib tu-
rardi. Qiz astoydil xaxolab kular, kulish husniga 
husn qo‘shar edi. Andriy shoshib qoldi. Sarosi-
malanib qizga qarab, yuzidan loyini artmoqchi 
bo‘lib, butun yuziga surtib yubordi. Bu go‘zal 
kim bo‘lsaykin? U darvoza orqasida do‘mbira 
chalib turgan yosh yigit atrofida turgan birtalay 
yasangan xizmatkorlardan so‘rab, qizning kim-
ligini bilmoqchi bo‘lgan edi, uning loy chaplan-
gan yuzini ko‘rib, ular ham kulib yubordilar. Ni-
hoyat surishtirib bilsa, bu go‘zal Koven shahar 
hokimining qizi bo‘lib, bu yerga bir necha kunlik 
mehmon ekan. Andriy ertasigayoq, kechasi mul-
lavachchalarga xos bo‘lgan jasorat bilan devor-
dan oshib bog‘ga tushdi, keyin shoxlari uyning 
tomiga osilib turgan daraxtdan tomga chiqdi; ke-
yin mo‘ridan tushib, to‘ppa-to‘g‘ri qiz yotadigan 
uyga kirdi. Qiz sham oldida o‘tirib qulog‘idagi 
qimmatbaho isirg‘asini olmoqda edi. Sohibjamol 
polyak qizi tanimagan odamga ko‘zi tushishi bi-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling