Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
11
Taras Bulba odam boshiga faqat bir oltindan pul to‘lardi. Ikki haftada shunday ko‘p askar yig‘ilar ediki, hech qanday buyruq va zo‘rlik bilan buncha askarni yig‘ib bo‘lmas edi. Urush tamom bo‘lgach, har bir askar dala va yaylovlarga, Dnepr bo‘ylariga qaytar, baliq ovlash, oldi-sotdi, araq tayyorlash bilan shug‘ullanar, o‘z ixtiyori o‘zida, dorilamon yuraverar edi. O‘sha zamondagi ajnabiylar bu kazaklarning iste’dodiga hayron qolardilar, ular- ning hayron qolishiga o‘rin ham bor edi. Kazak bilmagan hunar yo‘q; musallas solish, aravasoz- lik, miltiq dori qilish, temirchilik, misgarlik – xul- las, har bir ish qo‘lidan kelar va buning ustiga aysh-ishrat, araqxo‘rlik, bo‘zaxo‘rlik ham qolmas edi. Urush chiqqanda otlanib chiqishga majbur bo‘lgan kazaklardan tashqari, agar lozim bo‘lsa, hamma vaqt talay ko‘ngillilar ham to‘planar edi. Yasovullar 1 barcha qishloq va dahalarning bozor- larida aravada turib: «Hoy, pivoxo‘r-bo‘zaxo‘rlar, eshitmadim demanglar, pivoni endi tashlang- lar, pechkalardan tushinglar, pashshaga ye- mish bo‘lmanglar! Maydonaro chiqinglar, mardi maydon bo‘linglar! Dalada yurgan dehqonlar, tariq-qo‘noq ekkanlar; qo‘y haydagan cho‘pon- lar, xotinbozlik qilganlar, bu ishlarni tashlanglar, otlanishib chiqinglar, jangda shuhrat topinglar!» – deb chaqirishi bilan hamma otlanib chiqardi. Yasovullarning bu so‘zlari xuddi g‘aramga tush- gan cho‘g‘dek ta’sir qilardi. Dehqon omochini yondirib, bo‘zaxo‘r, pivoxo‘rlar xum bochkalarini sindirib, kosiblar, do‘kondorlar ishlarini tashlab, do‘konlarini yopib, uylaridagi ko‘zalarini pachoq- lab otlanib chiqardilar. Xullas, bunday paytlar- 1 Yasovul – kazak askariy qismlarida o‘rta zobitlik unvoni. 12 Nikolay Gogol da rus tabiati yayrab, juda g‘ayratga minar, bor kuch-quvvatini maydonga chiqarib ko‘rsatar edi. Taras shu yerning o‘zida tug‘ilgan lashkar- boshilardan edi. U faqat jang uchun yaratilgan, aytganini qiladigan qo‘pol tabiatli, to‘ng odam edi. U zamonda Polsha asilzodalarining ta’si- ri ancha bo‘y ko‘rsatib, ko‘p odamlar Polyak- urf-odatlarini qila boshlagan: shon-shavkat, dab- daba, yasan-tusan, uyda xizmatkor va cho‘rilar- ni saqlash, lochinlar, tozi itlar bilan ov qilish, qasr va saroylar, to‘y-tomoshalar, ziyo fatlar kabi narsalar odat tusiga kirgan edi. Bular Tarasga yoqmas, u kazaklarning sodda hayotini yax- shi ko‘rar, Varshava tomonga og‘ib, hech narsa bo‘lmaganday yashayotgan oshna-og‘aynilaridan bezgan va ularni polyak boylarining yuvindixo‘ri der edi. Tinib-tinchimagan Taras o‘zini pravos lav dinining asil himoyachisi hisoblar edi. Qayerdaki ijaraxo‘rlardan va tugun pulidan shikoyat qilgan kishilar bo‘lsa, darhol o‘z kazaklari bilan o‘sha yerga borib, jabr qilganlarning jazosini berardi. Uch holda albatta qilichni qinidan chiqarishni o‘ziga bir qoida qilib olgan edi; o‘lponchilar oqso- qollarni hurmat qilmay, ular huzurida bosh kiy- imlarini olmasa lar; dinni xor qilib, ota-bobolarn- ing rasm-odatlari hurmat qilinmasa; so‘ngra, ox- irgisi, dushman g‘ayridin turklar bo‘lsa, nasroniy dini yo‘lida ularga qarshi qilich ko‘tarmoqni ham- ma vaqt ham joiz deb bilar edi. Endi bo‘lsa u, ikki azamat o‘g‘li bilan Sechga borib, undagilarga: «Ko‘ringlar, sizlarga qanday azamatlarni boshlab keldim!» – deb kerilishini, ko‘p urushlarni ko‘rib chiniqqan o‘rtoqlariga bo- lalarini taqdim qilganida qanday faxrlanishini, 13 Taras Bulba bolalarning jonbozlik va bo‘zaxo‘rlikdagi polvon- ligini ko‘rib qanday suyunishini o‘ylar, ichidan shodlanar edi, chunki bo‘zaxo‘rlikni ham mard yigitlarning katta fazilatlaridan biri deb hisoblar edi. Avval o‘g‘illarini yolg‘iz yubormoqchi edi, le- kin ularning baquvvat, zabardast azamatliklarini ko‘rib, o‘zining ham g‘ayrati qistab, jangovarligi qo‘zg‘ab ketdi-yu, o‘zi birga boradigan bo‘ldi. Dar- hol harakatga kirishib, safar jabdug‘ini tayyor- lashga tutindi, o‘g‘illariga ot, egar-jabduq topib berdi; og‘ilxona, omborxonalardan xabar oldi, ertaga birga boradigan navkarlarni saraladi. Yas- ovul Tovkachga: «Agar Sechdan xabar berguday bo‘lsam, darhol butun askar bilan yetib bor», – deb buyruq qildi. O‘zi shirakayf bo‘lib, boshi ga- rangroq bo‘lsa ham, hech narsa esidan chiqmadi. Hatto otlarni sug‘orib, oxurga yirik, toza bug‘doy- dan solib qo‘yishni buyruq berdi, hamma ishni saranjom qilgach, horib-charchab biroz orom oldi. – Qani bolalarim, endi uxlash kerak, ertaga Xudo nimani xohlasa, shuni qilamiz. O‘rin solib o‘tirma! Ko‘rpa-to‘shakning keragi yo‘q. Hovlida yotamiz. Osmon qoraygani ham yo‘q edi, Bulba yot- di, u hamisha erta yotar edi. Gilamga dumalab, po‘stinga burkandi, chunki kechasi havo salqin bo‘lar, bundan tashqari, Bulba uyida yotganida issiqroq o‘ralib yotishni yaxshi ko‘rardi. Biroz o‘tgach, xurrak otib, uxlab qoldi. Uning ketidan hovlidagilarning hammasi ham uyquga kirdi. Hovlining burchak-burchagida yotgan nimaiki bor, hammasi xurrak otib pishillasha boshladi. Qorovul elburutdan uxlab qoldi, chunki boyvach- chalar kelishi munosabati bilan hammadan ko‘p ichgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling