Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
26
Nikolay Gogol di. Yerdan ko‘tarilayotgan bug‘ quyuqlashdi, har bir gul, har bir o‘lan anbar bo‘yi sochar, butun dasht xushbo‘y hidlarga to‘lgan edi. G‘ira-shira qorong‘i bosgan osmon yuziga, go‘yo kattakon bir cho‘tka bilan surtilgandek, qizg‘ish zarhal yo‘l tushdi; goh-gohida yengilgina barra bulutlar par- cha-parcha bo‘lib o‘tar edi. Dengiz to‘lqini ning shamolidek mayin shabada o‘t-o‘lanlar boshi- ni o‘pgandek mayin esib o‘tar, odam yuzini silar edi. Kunduzdagi nag‘malar tinib, endi boshqa nag‘malar boshlandi. Ola-bula yumronqoziqlar inlaridan chiqib, cho‘qqayib o‘tirib chiyillashar, chigirtkalar qattiqroq chirillasha boshlardi. Go- hida uzoqdagi ko‘ldan g‘ozlar ovozi chiqib, havoni jaranglatardi. Yo‘lovchilar dalaning o‘rtasida to‘x- tab yotgani joy axtardilar. O‘t yoqib, qozon osib, umoch pishirdilar, qozondan chiqqan bug‘ os- monga chirmashar edi. Kazaklar ovqatlangach, otlarini o‘tlagani qo‘yib yubordilar va to‘nlarini taglariga to‘shab yotdilar. Osmondagi yulduzlar ularga qarab turardi. O‘tlar orasidagi qurt-qu- mursqalarning guvillagan, chirillagan, shitirla- gan ovozi tun qorong‘isida ularning qulog‘iga bir nag‘madek eshitilar, sof havoda go‘yo tozala nib, uyquga tolganlarni allalagandek bo‘lardi. Mabo- do, ulardan birortasi o‘rnidan tursa butun dala uning nazarida yiltiragan rang-barang hasharot- larga to‘lgandek ko‘rinar edi. Gohida o‘tloq larda, daryo bo‘ylaridagi qamishzorlarda yongan o‘tda qop-qorong‘i osmonning bir parchasi yorishar va ayni shu mahal Shimol tomonga uchib ke- tayotgan qator-qator g‘ozlar oq-qizilga tozlanib yaraqlab ketar edi, kecha qorong‘isida go‘yo qizil ro‘mollar uchib ketayotganga o‘xshardi. 27 Taras Bulba Yo‘lovchilar eson-omon bormoqdalar. Hech qa- yerda daraxt uchramadi, hali ham bag‘ri keng, go‘zal sahro. Unda-bunda yiroqdagi Dnepr dar- yosi bo‘ylaridagi daraxtlarning ko‘m-ko‘k uchlari ko‘rinib qolardi. Taras faqat bir marta uzoqda o‘t ichida qorayib ko‘ringan narsani ko‘rsa tib: «Bolalarim, ko‘rdingizmi, hov ana chopib ta- tar ketyapti», – dedi. Uzun mo‘ylovi kichkinagi- na bosh uzoqdan baqrayib qaragach, tozi itdek havoni hidladi-da, kazaklarning o‘n uch kishi ekanliklarini ko‘rib, bir lahzada ko‘zdan g‘oy- ib bo‘ldi. «Qani, bolalar, unga yeta olasizmi? Ovora bo‘lmanglar, hech yetolmaysiz, uning oti mening Shayton otimdan ham chopqir». Ammo Bulba, mabodo, biror yerda biqinib yotgan tatar- lar bo‘lmasin deb ehtiyotini ko‘rib qo‘ydi. Dnepr- ga quyiladigan Tatarka nomli anhor bo‘yiga ye- tib kelgach, otlari bilan suvga tushdilar, izlarini bekitmoq uchun suvda ancha yurgandan keyin chiqib, yana to‘g‘ri yo‘llariga ketdilar. Bundan keyin yana uch kun yurgach, o‘yla- gan manzilga yaqinlashdilar. Havo salqinlashdi. Dneprning yaqinligi bilindi. Dnepr yiroqda yilti- rab, ufqdan ayrilib ketgan qora yo‘ldek ko‘rindi. Daryoning shabadasi yuzga urdi, borgan sari ya- qinlashib, nihoyat yerning yarmisini egalladi. Bu yerlar daryoning yayrab, oshib-toshib oqayotgan joyi edi. Suvning o‘rtasida unda-bunda paydo bo‘lgan orollar daryo suvini yanada ko‘proq yo- yar, qirg‘oqlaridan oshirar, bunda uning to‘lqin- lari na toshga, na tepaga uchramay, yayrab-yay- rab chayqalar edi. Kazaklar otdan tushib, kemaga mindilar. Uch soat suvda yurgandan keyin Xor- 28 Nikolay Gogol titsa degan orol bo‘yiga yaqinlashdilar. Makonini doim o‘zgartirib turgan Sech shu yerda edi. Daryo bo‘yida bir gala odam shovqin-su ron ko‘- tarib, kemachilar bilan so‘kishar edi. Kazaklar ot- larini rostlab oldilar. Taras ham o‘ziga oro berib, kamarini mahkamroq tortib, kerilib, mo‘ylovini silab qo‘ydi. O‘g‘illari ham o‘zlarini rostlab, qan- daydir bir qo‘rquv aralash birgala shib Sechdan yarim chaqirimlik joydagi bir manzilga kelib tush- dilar. Bu manzilga kirishlari bilan tomi chim bi- lan yopilgan yerto‘lada ishlab turgan yigirma besh temirchilikdagi ellik bolg‘aning ovozi ularning qu- log‘ini bitirdi. Baquvvat ko‘nchilar ko‘chaga qara- gan darvozaxonada o‘tirib, yo‘g‘on-yo‘g‘on qo‘llari bilan bir qancha ho‘kiz terisini osh lar edilar. At- torlar chaqmoq tosh, miltiq dorilarini yoyib o‘ti- rar edilar. Armani qimmatbaho ro‘mollarni osib qo‘yibdi. Tatar qo‘yning kallasini unga belab, six- ga tortib kabob qilar edi. Juhud bo‘ynini cho‘zib, bochkadan araq suzar edi. Ammo yo‘lovchilarga eng avval uchragan odam, ko‘chaning o‘rtasida yalpayib uxlab yotgan zaporojyеlik kishi edi. Taras to‘xtab, zavq bilan unga qaramasdan o‘tolmadi. Taras otini to‘xtatib: «Yalpayib yotishini qa- ra-ya! Gavdasini qarang!» – dedi. Darvoqe, uning yotishi juda haybatli edi. Ko‘chaning o‘rtasida arslondek cho‘zilib yotar, uzayib tushgan kokili yarim gaz yerni olar edi; qimmatbaho qizil movutdan tikilgan shalvari- ga mol-davlatni hech nazar-pisand qilmaganini ko‘rsatish uchun qora moy surtib qo‘ygan edi. Bulba unga zavq bilan qarab, har xil hunarmand ustalar do‘kon ochib ishlab turgan va turli-tuman millat odamlariga to‘lgan tor guzardan o‘tib ketdi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling