Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

23
Taras Bulba
lan shunday qo‘rqib ketdiki, gapirishga ham tili 
aylanmay qoldi. Ammo talabaning serrayib, qo‘li-
ni ham qimirlatolmay qo‘rqib turganini ko‘rdi-yu, 
uni tanib qoldi va ko‘chada loyga yiqilib tushgan 
odam ekanini bilgach, yana kulib yubordi. And-
riyning avzoyi buzuqqa o‘xshamas, o‘zi chiroy-
likkina yigit edi. Qiz xaxolab kulib, ancha vaqt-
gacha uni masxara qildi. Bu sohibjamol qizning 
qiliqlarida polyak qizlariga xos yengil 
tabiatlik 
bo‘lsa ham, lekin uning chiroyli, charos ko‘zlari 
mehr-vafodan darak berib, ishva bilan boqar-
di. Hokimning qizi dadil yurib, Andriyning oldi-
ga keldi va charaqlab turgan tillaqoshini uning
boshiga kiygizib, isirg‘asini labiga bosdi; zar bilan 
tikilib, piston qadalgan to‘r ro‘molini uning ustiga 
tashladi. Shunda ham talaba qimir etmas, qopga 
tushgan, qo‘l-oyog‘i bog‘langan kishidek tik turar 
edi. Qiz bo‘lsa, sho‘x polyak qizlariga xos tantiq-
lik bilan Andriyga har xil kiyimlar kiygizar, uni 
ming ko‘yga solib, mayna qilar edi, uning bu qi-
liqlari bechora talabani yanada battar uyaltirar 
edi. U qizning shahlo ko‘zlariga tikilgancha og‘zi-
ni ochib, ag‘rayib qoldi. Shu payt eshik tomonda 
taqillagan ovozni eshitib, qiz cho‘chidi. Andriyga 
darrov karavot tagiga bekinishni buyurdi; xotir-
jam bo‘lgandan keyin cho‘ri kanizagi tatar xotinni 
chorlab, yigitni sekingina bog‘ga chiqarib, devor-
dan oshirib yuborishni tayinladi. Biroq tala ba 
osonlik bilan devordan oshib keta qolmadi. Qor-
ovul uyg‘onib qolib, uning oyog‘iga rosa soldi. 
G‘alvani eshitib, yig‘ilgan xizmatkorlar ko‘chada 
uni ko‘p savaladilar. Bechora zo‘rg‘a qochib qu-
tuldi. Bundan keyin qizning uyiga yaqin borish 
xavfli bo‘lib qoldi, chunki hokimning xizmatkor 


24
Nikolay Gogol
va chokarlari juda ko‘p edi. Yana bir kun qizga 
butxonada duch kelib qoldi. Qiz uni ko‘rib, xuddi 
qadrdon oshnasini uchratgandek, tabassum qilib 
qo‘ydi. Bir kun yana bir marta ko‘zi tushib qol-
di, shundan keyin Koven shahar hokimi yurtiga 
ketib qoldi. Shahlo ko‘z qiz qaraydigan darcha-
dan endi yuzi tovoqdek birov qarar edi. Boshini 
quyi solib, otning yoliga tikilib, parishonhol bo-
rayotgan And riy shu xayollar bilan band edi.
Bu orada ularning uchovi ham ko‘kalamzor bi-
yobon quchog‘iga kirib ketdilar; o‘tlarning baland-
ligidan ularning qora telpaklarigina ko‘rinar edi.
Xayol surib borayotgan Bulba boshini ko‘tarib: 
– Ha, ha, azamatlar, nega damingiz chiqmaydi. 
Tarki dunyo qilgan kishilardek xomush borasiz-
lar! Qo‘yinglar! Xayollarni tashlanglar! Qani, bir 
chekishib olaylik, so‘ngra otimizga shig‘ov berib, 
bir uchaylik, qush ham yetolmasin! – dedi.
Kazaklar otlari yoliga engashib olib, o‘tlar ichida 
yo‘qolib ketdilar, qora telpaklari ham ko‘zdan g‘oyib 
bo‘ldi. Bosilib ketayotgan o‘tlarning shovullashigi-
na ot qo‘yib ketayotganlarning izini ko‘rsatar edi.
Bulutlardan tozalangan osmonda oftob o‘zini 
ko‘rsatib, sahroga nurini to‘kib, jon kirgizganiga 
ancha bo‘ldi. Kazaklarning ko‘nglini xira qilib, 
xomushlikka solib turgan narsalar bir lahzada 
yo‘qolib, ko‘ngillari ochilib ketdi.
Dasht borgan sari go‘zallashdi. U zamonlarda 
butun Janub, hozirgi Novorossiya yerlari to Qora 
dengizgacha odamzod oyoq bosmagan biyobon 
edi. Bu bepoyon ko‘kalamzor yerlar aslo omoch 
ko‘rmagan, faqat maydon ichiga kirganda go‘yo 
chakalakka kirgandek ko‘milib ketgan otlargi-
na bu yerlarga oyoq bosardi. Tabiatda bundan 


25
Taras Bulba
boshqa chiroyli manzara bo‘lmas. Yer yuzi kun 
sarig‘iga bo‘yalib, tovlanib turgan bepoyon suv-
ga o‘xshar, bu suvning betiga rang-barang gullar 
sochilgan edi. Baland bo‘yli nozik o‘tlar orasidan 
ko‘k, qizil, yashil, lola va chuchmomalar, sariq 
gullar, bo‘tako‘zlar bosh chiqarib turardi. Kim bi-
lan, qayerdandir bu yerga kelib tushib ko‘kargan 
bug‘doy pishay deb qolgan. Bu o‘t- o‘lanlar tagida 
kakliklar bo‘yinlarini cho‘zib, xiromon yurar edi. 
Havo turli-tuman parrandalar ovoziga to‘lgan. 
Osmonda qanot yoyib, bir joyda turgan qar-
chig‘aylar o‘tlar orasiga tikiladi. Bulutdan chet-
roqda uchib borayotgan bir gala yovvoyi g‘ozlar 
ovozining aks-sadosi qayerdadir uzoqdagi ko‘ldan 
eshitilar edi. O‘t ichidan uchib chiqib, ko‘m-ko‘k 
havo to‘lqinlari ichida qanot qoqib cho‘milayot-
gandek qanot qoqib-qoqib osmonga chiqqan 
oqqush ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketdi, faqat bir qora 
nuqtadek ko‘rindi, ana quyosh nuri ichida pirillab 
o‘ynadi. Bu dasht-u biyobon muncha ham go‘zal!
Yo‘lovchilar ovqatlangani va bir necha daqiqa 
dam olgani to‘xtadilar. Ularga hamroh bo‘lib bo-
rayotgan o‘n kazak otdan tushib, araq solingan 
zarang idishlarni bog‘langan joyidan yechib oldi-
lar. Moy bilan non yoki bittadan patir yedilar, ma-
dor bo‘lsin deb, bir kosadan may ichdilar, chunki 
Taras Bulba yo‘lga chiqqanda ko‘p ichishga ijozat 
bermas edi. Andak xo‘rak qilib olgach, kechgacha 
yana yo‘l yurdilar. Kechqurun dasht tamomila 
o‘zgarib, boshqa tusga kirdi. Rang- barang tur-
lanib turgan keng dala botayotgan kunning oxirgi 
nuridan yorishib, keyin sekin-sekin qorong‘ilasha 
bordi. Soyaning yurishi va ko‘kalamzorning tim 
ko‘k rangga bo‘yalib borishi aniq ko‘rinib turar-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling