Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
17
Taras Bulba – Xudoning panohiga topshirdim, o‘gillarim, onalaringni unutmanglar... Xat yozinglar... – Be- chora ortiq hech narsa deya olmadi. – Bolalarim, yuringlar! – dedi Bulba. Eshik oldida egarlangan otlar tayyor edi. Bul- ba o‘zining Shayton deb atalgan otiga mindi. Bulba nihoyatda gavdali, bahaybat edi, shuning uchun yigirma pudlik yuk ustiga tushgan ot gan- diraklab ketdi. Ona o‘g‘illarining otga mingan- liklarini ko‘rgach, chehrasida qandaydir bir yu- voshlik, ma’yuslik zohir bo‘lib turgan kenja o‘g‘li- ning uzangisidan ushlab oldi va ko‘zlari javdirab, boshini egarga qo‘yib, uzangini mahkam chan- gallab turaverdi. Ikki azamat uni sekin qo‘ltiqlab, ichkariga olib ketdi. Ammo bolalari darvozadan chiqar-chiqmas, keksaligiga qaramay, go‘yo qu- lundek chaqqonlik bilan uydan yugurib chiqdi. Shu payt unda misli ko‘rilmagan bir kuch paydo bo‘lib, bolalaridan birining otini mahkam ushlab to‘xtatdi, telbalardek jazavalanib quchoqlab oldi. Uni yana qaytarib, uyga kirgizishdi. Yosh kazaklarning ko‘ngillari buzildi, yig‘la gani otalaridan qo‘rqqanlaridan, o‘zlarini zo‘rg‘a bosib xomush borar edilar. Otaning ham dili vayron bo‘lib borar, lekin sir boy bermas edi. Havo xira, ko‘katlar yashnab yotar, qushlarning sayrashida allaqanday nosozlik bor edi. Yo‘lovchilar biroz yu- rib, qayrilib qaradilar. Ularning qo‘rg‘onlari go‘yo yer ostiga kirib ketganday, faqat ikkita mo‘risi, yoshligida ular olmaxon singari shoxma-shox sakrab o‘ynagan daraxtlarning uchigina ko‘rinar edi, xolos. Uzoqda shu chog‘gacha o‘tgan umrlari xotirotini saqlagan o‘lanzorgina ko‘rinib turibdi. Bir vaqtlar bu ko‘kalamzorning shudring tushgan 18 Nikolay Gogol o‘tlari ustida dumalashib o‘ynagan edilar, so‘ngra bu ko‘kalam maydonda yengiltak oyoqlari bilan shipillatib, o‘tib borayotgan qora qosh kazak qiz- larini poylagan edilar. Nariroq borgan edilar, bir uchiga aravaning g‘ildiragi bog‘langan quduq yog‘ochidan boshqa hech narsa ko‘rinmay qoldi. Birozdan keyin, orqada qolgan yaylov ham uzoq- dan qirdek ko‘tarilib, orqadagi hamma narsani to‘sdi. Alvido endi yoshlik, alvido, barcha o‘yin-u tomoshalar, alvido! II Otliqlarning uchovi ham indamasdan xomush borar edi. Keksa Taras o‘tgan zamonlarni o‘ylar edi. Yoshlik chog‘lari, o‘tgan umri bir-bir xayoli- dan o‘taverdi. Butun umri yoshlik bilan o‘tishini xohlovchi kazak o‘tgan yillariga doim afsus qila- di. U eski yor-u birodarlarimdan Sechda kimlarni ko‘rar ekanman deb o‘ylar edi. Kimlar tirik, kim- lar o‘lganligini o‘ylab, ko‘ziga yosh keldi, sochlari oqargan boshi quyi solindi. O‘g‘illari o‘zga xayollar bilan band edi. Lekin o‘g‘illari haqida batafsil aytmoq lozim. Ular o‘n ikki yoshda Kiyev akademiyasiga berilgandilar, chunki o‘sha zamondagi obro‘li amaldor kishilar bolalarini maktabga berishni shart bilar edilar. Garchi keyin maktab tarbiyasidan asar ham qol- may, uni tamom unutsalar ham, bolani maktab- ga berib o‘qitishni amaldor to‘ralar zarur deb bilar edilar. Maktabga kelgan talabalarning hammasi singari Taras bolalari ham dalada o‘sgan yovvoyi edilar; u yerda bir muncha adab yeb silliqlan- gan va ularning hammasini bir-biriga o‘xshatgan 19 Taras Bulba qan daydir umumiy sifatlar paydo bo‘lar edi. Bo- lalarning kattasi Ostap bir yil o‘qir-o‘qimas qoch- gan edi, lekin uni tutib, xo‘b savalab, yana eltib qo‘ygan edilar. To‘rt marta kitobini yerga ko‘mgan va har gal o‘lguday kaltaklab, boshqa yangi kitob olib bergan edilar. Otasi: «Agar o‘qib, mulla bo‘lib chiqmasang, ibodatxonadagilarga yigirma yil ma- laylik qildiraman, Zaporojyеga oyoq bostirmay- man», – deb og‘ziga so‘z olmasa, bu qilig‘ini yana qilishiga hech shak-shubha yo‘q edi. Ilmni hech pisandga olmagan, yuqorida ko‘rganimizdek, o‘g‘illariga o‘qishni yomonlab nasihat qilgan Tarasning bunday deyishi taajjub. Shunday ke- yin Ostap juda katta havas bilan o‘qib, kitobdan boshini ko‘tarmay tez orada eng o‘tkir talabalar qatoriga o‘tdi. U zamonning o‘qishi, safsata-yu mantiq turmushdan tamomila yiroq, tirikchilik- ka hech qanday tegishligi yo‘q ilmlar edi. O‘qish- ni bitirib chiqqanlar olgan ilmlarini hech narsaga tatbiq qilolmasdilar. U zamon ulamolari boshqa- lardan battarroq omi edilar, chunki juda tajri- basiz va noshud edilar. Diniy maktabning doril- amonligi, azamat o‘spirin yigitlardan birtalayi- ning bu yerda yig‘ilganligi ularning o‘qishga hech aloqasi bo‘lmagan, tamomila boshqa yo‘llarga boshlar edi. Goho qiyinchilik, goh och qo‘yib jazo berishlar, gohida tani sog‘ va baquvvat yigitda qo‘zg‘aladigan ehtiroslar hammasi yig‘ilib, ular- da uddabunrolik xususiyatlarini paydo qiladi, bu xususiyatlar keyinchalik Zaporojyеda takomilga yetadi. Och talabalar Kiyev ko‘chalarida izg‘ib yurar, ularni ko‘rgan novvoy va do‘kondor xotin- lar darrov nonlari bormi, qovoq urug‘lari bormi bekitar, burgut bolasini qanoti ostiga olgandek, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling