Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

8
Nikolay Gogol
ular ning ham dodini beringlar! Qani, kosang-
ni tut; qalay, araq joyidami? Araqni lotinchada 
nima deydi? Ana shunaqa, o‘g‘lim, lotinlar ah-
moq bo‘lishgan, ular araq nimaligini ham bilish-
magan. Lotincha she’rlar yozgan bittasi bor-ku, 
oti nima edi? Savoddan no‘noqroqman, shu ning 
uchun otini ham bilmayman. Goratsi ymidi?
1
Katta o‘g‘li ko‘ng‘lida: «Otam chakana odam 
emas. Juda tullak, cholning bilmagan narsasi 
yo‘q, tag‘in o‘zini bilmaslikka soladi!» – deb qo‘ydi.
Taras yana so‘z boshlab:
– Arximandrit sizlarga araq hidlashga ham yo‘l 
bermagandir. O‘g‘illarim, rostini aytinglar, tol, 
olcha novdalari bilan xo‘b savalarmidi yoki juda 
mulla bo‘lib ketganligingizda darra bilan urar-
midilar? Shanba kungina emas, chorshanba-yu 
payshanbalarda ham xo‘b darra yegan bo‘lsangiz 
kerak? – dedi.
Ostap parvo qilmay:
– O‘tgan ishga salavot, ota, bo‘lgan ish o‘tdi-ket-
di! – deb javob berdi.
– Qani, endi bittasi tegib ko‘rsin-chi, haddi 
sig‘adimi! Bitta-yarimta tatarvachcha qo‘limizga 
tusha ko‘rsin kazakning qilichi qanaqaligini bilib 
oladi! – dedi Andriy.
– Barakalla, o‘glim, balli, o‘g‘lim! Bunday bo‘lsa 
men ham sizlar bilan birga boraman, Xudo haqqi, 
boraman! Bu yerda nimani kutaman? Bu yerda 
menga pishirib qo‘yibdimi? Qo‘noq ekib, ro‘zg‘or 
qilib, qo‘y boqib o‘tiraymi? Nari tursin-ey, men 
kazakman, toqatim bormi bunga! Hozir urush 
bo‘lmay turibdi-da. Mayli, sizlar bilan birga 
Zaporojyеga ketaveraman, Xudo ursin, ketaman, 
1
Goratsiy – qadimgi Rimning mashhur shoiri.


9
Taras Bulba
tomosha qilib kelaman! – chol Bulba sekin-sekin 
avj qilib, bir mahal juda ko‘tarilib, jahl bilan 
o‘rnidan turdi-da, qaddini rostlab, o‘ziga oro ber-
gach, qat’iy ishonch bilan: – ertagayoq jo‘naymiz, 
paysalga solib nima qilamiz! Bu yerda poylab yot-
gan bilan hech qanaqa dushmanni tutolmaymiz! 
Bu uy, bu ashqol-dashqolning bizga nima keragi 
bor? Bu xurmachalarni nima qilamiz? – dedi. Bu 
so‘zlarni aytgach, xurmacha bormi, boshqa idish 
bormi, hammasini urib-irg‘itib sindira boshladi.
Erining bu xil qiliqlarini ko‘p ko‘rib, ko‘nikib 
qolgan kampir kursida termilib o‘tirar, churq 
etib, bir gap aytishga holi yo‘q edi. Ammo uning 
uchun nihoyatda dahshatli bo‘lgan bu qarorni 
eshit gach, ko‘z yoshini to‘xtata olmadi: bolala-
ridan bunday tez judo bo‘lish vahimasiga tushib 
qoldi. Uning termilgan ko‘zlarida, qaltiragan lab-
larida zohir bo‘lgan qayg‘u va alamini hech qan-
day qalam egasi ta’rifga keltirolmas edi.
Bulba haddan tashqari o‘jar. Bu xil tabiatli 
odamlar sertashvish XV asrda, yarim ko‘chman-
chi umr kechirgan Yevropaning bir burchagida 
paydo bo‘lishi mumkin edi; o‘sha davrda knyazlar 
janubiy Rossiyani tashlab qochgan va vahshiy 
mo‘g‘ullar uni poymol qilib, kulini ko‘kka sovur-
gan edi. U zamonlarda bu yerning odamlari xona-
vayron bo‘lib, hech narsadan tap tortmaydigan, 
jasur bo‘lib ketgandi. Dahshatli qo‘shinlar ko‘z 
oldida, doimiy xavf-xatar va olovlar ichida yasha-
gani uchun dunyoda qo‘rquv degan tuyg‘u borli-
gini unutgan, hech narsaga parvo qilmay qo‘ygan 
edi. Avvaliga yuvosh bo‘lgan slavyan qalbiga jang-
ovarlik o‘ti tushib, kazaklar paydo bo‘lgan, ya’ni, 
serzavq, oliyhimmat rus tabiati qanot yozgan


10
Nikolay Gogol
daryo bo‘ylari, yaylovlar, darxon yerlar son-sano-
qsiz kazaklar bilan to‘lgan zamonlar edi. Bular-
ning sonini bilmoqchi bo‘lgan sultonga ular o‘rinli 
javob berib: «Kim bilsin! Butun dasht-biyo bonni 
kazak bosib ketgan, qayerda bir tepacha bo‘lsa, 
o‘sha yerda kazak bor», – degan vaqtlar edi. Bu 
ruslardagi kuch-quvvatning misli ko‘rilmagan bir 
junbishi ediki, buni xalqning boshiga tushgan 
kulfatlar yuzaga chiqardi. Avvalgi hokimliklar, 
toziboz «ovchilar» bilan to‘lgan mayda-chuyda 
shaharlar, bir-biri bilan urishib-talashib yotgan 
mayda hokimlarning shaharlari o‘rniga, ham-
masiga bir xilda dahshat solib turgan xavf-xatar 
oldida birlashgan, g‘ayridin vahshiylarga qarshi 
dushmanlik hislari bilan bir-birlariga bog‘langan 
dahshatli harbiy qismlar paydo bo‘ldi. Ularning 
doimiy kurashlari va behalovat turmushlari Yev-
ropani ag‘dar-to‘ntar qilib tashlamoqchi bo‘lgan 
boyagi vahshiylardan saqlab qolganligi tarixdan 
hammaga ma’lum. Mayda-chuyda hokim-knyaz-
lar o‘rniga o‘tirgan va bu keng o‘lkalarni egallab 
olgan polyak podsholari, garchi andak bo‘lsa ham 
kazaklarning ahamiyatini tushundilar, bunday 
jangovarlik yaxshi posbon ekanini angladilar. 
Ularga iltifot ko‘rsatdilar, xushomad qildilar. Bu 
podsholarga tobe bo‘lgan kazaklar ning o‘z ichlari-
da saylangan getmanlar
1
qishloq va dahalardan 
polk va qismlar tuzdilar. Bu polklar muntazam 
askar polklari emas, ko‘zga ko‘rinmas, ammo 
urush chiqquday bo‘lsa yoki yurtda g‘alayon 
ko‘tarilsa, ko‘p emas, rosa sakkiz kunda hamma 
otlanib, aslahalanib chiqar edi. Polyak podshosi 
1
Getman – kazaklar saylangan podsholarni shunday 
atar dilar.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling