Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
40
Nikolay Gogol xalqqa ta’zim qilganidan keyin gurzini yerga qo‘yib, olomon orasiga kirib ketdi. Qozi-askar bilan mirza va yasovul ham: – Og‘alar, biz ham martaba alomatlarini tash- laylikmi? – dedilar-da, mirza qalam va qalam- donini, qozi muhrini, yasovul hassasini yerga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Yig‘in orasidan: – Yo‘q, sizlar o‘z martabangizda turaveringlar, biz faqat askarboshini o‘rnidan tushirmoqchi edik, chunki askarboshimiz xotinchalish bo‘lib qolipti, bizga askarboshining asili kerak! – de dilar. – Qani, endi kimni askarboshi etib saylaysiz- lar? – dedilar oqsoqollar. – Kukubenkoni saylaymiz! – deb qichqirdi bir qism. – Kukubenkoning bosh bo‘lishini xohlamay- miz! Hali yoshlik qiladi, ona suti og‘zidan ketgani yo‘q! – deb qichqirishdi ba’zilar. Ba’zi birovlar: – Shilo bo‘lsin, Shiloni askarboshilikka ko‘taramiz! – deb qichqirdi. Olomon orasidan ba’zilar: – Og‘zingga tosh, itvachcha, o‘g‘irlik qilib shar- manda bo‘lg‘an-ku, o‘sha ham odammi, kazak emas, tatar, yo‘qolsin araqxo‘r, sohti qursin Shiloning! – deb koyidi. – Borodatiyni askarboshi qilib ko‘taramiz. Borodatiy bo‘lsin! – Borodatiyning sardor bo‘lishini xohlamay- miz! Yo‘qolsin nomard! Taras Bulba bir-ikki kishining qulog‘i tag‘iga borib: «Kirdyagani saylaymiz denglar!» – deb shi- virlab qo‘ydi. 41 Taras Bulba Olomon orasidan ba’zi birovlar: – Kirdyagani saylaymiz. Kirdyagani! – deb hay- qirsa, ba’zilar: – Borodatiyni saylaymiz, – deb qichqirishar edi. – Kirdyagani saylaymiz, Shilo kerak emas. Kirdyaganing askarboshi bo‘lishini xohlaymiz! Nomi zikr qilingan kishilar o‘z-o‘zini sayladi degan gap bo‘lmasin deb, darrov odamlar orasi- dan chiqib ketardilar. Birov: – Kirdyaga bo‘lsin, Kirdyaga! – desa, birov: – Borodatiy bo‘lsin, – deb qichqirar edi. Keyin ish mushtlashishga aylandi. Oqibat Kirdyaga tarafdorlari zo‘r chiqib, o‘sha saylandi. – Kirdyagani deganlar bu yoqqa yuringlar, – deb qichqirdilar. Kazaklardan o‘ntachasi yig‘indan chiqib, uning tomoniga o‘tdi. Ularning ba’zilari shu qadar mast ediki, zo‘rg‘a tikka turar edi. Bu o‘ntacha kazak Kirdyaga saylanganligini bildirish uchun to‘ppa- to‘g‘ri uning oldiga ketdi. Yoshi qaytib, keksayib qolgan bo‘lsa ham, ko‘pni ko‘rgan aqlli Kirdyaga xuddi hech narsani bilmaganday chodirida bahuzur o‘tirar edi. Kelganlardan: – Og‘aynilar, nima deysizlar, nima maqsadda keldinglar? – deb so‘radi. – Qani yur, seni askarboshi qilib saylaylik. – Birodarlar, rahm-shafqat qilinglar, bunday ulug‘ martabaga loyiq emasman! Men qayda-yu, askarboshilik qayda! Bunday ulug‘ vazifani o‘tashga aqlim yetmaydi. Yurtda mendan boshqa tuzukroq odam qurib ketibdimi? Kelganlar: 42 Nikolay Gogol – Endi indamasdan boraversang-chi! – deb qichqirdilar. Ikki kishi uning qo‘ltig‘idan ushlab, oyog‘ini tirab, orqasiga chiranganiga qo‘ymay, urib, turtkilab, tepkilab ma’raka o‘rtasiga olib keldi. – Nomard, orqangga chiranma! It, axir seni iz- zat qilib, katta ko‘targandan keyin izzatingni bil- da! – deb koyiganlar ham bo‘ldi. Shu tarzda Kirdyagani ma’raka o‘rtasiga olib keldilar. Uni sudrab kelganlar: – Qani, og‘aynilar, nima deysizlar? Shu kishi- ning askarboshi bo‘lishini xohlaysizlarmi? – deb xalq o‘rtasiga tashladilar. To‘plangan odamlar: – Xohlaymiz! – deb qichqirdilar. Shovqin-suron olamni bosdi. Oqsoqollardan biri gurzini olib, yangi saylangan askarboshiga tutqazdi. Kirdyaga rasm-odatni bajo keltirib, daf’atan gurzini olmadi. Oqsoqol tag‘in tutqazdi, yana olmadi, uchinchi marta tutqizganda «barakalla» degan ovozlar ko‘tarildi, shovqin-suron olamni tutdi. Bundan keyin eng keksa mo‘ysafid- lardan to‘rt kishi o‘rtaga chiqib (Sechda juda qa- rib qolgan keksa kishilar yo‘q edi, chunki bu yer- dagilarning hech biri o‘z ajali bilan o‘lmas edi) yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan, loy bo‘lib qolgan tuproqdan har qaysisi bir siqimdan olib yangi saylangan askar- boshining boshiga surtdilar. Suyuq loy boshidan oqib tushib, uning yuz-ko‘zlari, mo‘ylovlari loyga bulandi. Ammo Kirdyaga joyidan qimirlamay turar va o‘ziga bunday izzat-ikromlar ko‘rsatgan kazak- larga rahmat o‘qir edi, xolos. Saylov shu bilan tamom bo‘ldi. Bu saylovga hech kim Bulbadek xursand bo‘lmagan bo‘lsa ke- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling