Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

61
Taras Bulba
toifasi ham bekor turmasdan guruh-guruh bo‘lib 
shahar devori tagiga keldi. Ularning chehrasiga 
boqqan odam ularning qarshilik qilishga qattiq 
jazm qilganlarini bilar edi. Xotinlar ham chet-
da turmasdan otlandilar. Shahar devoridan 
tosh-g‘ishtlar, temir-tersaklar, xum-u ko‘zalar, 
qaynatilgan qatron va nihoyat ko‘zni ko‘r qilib 
ochtirgani qo‘ymagan qop-qora qumlar kazaklar 
boshiga yog‘ila boshladi. Zaporojyeliklar qo‘rg‘on 
qamal qilishni yoqtirmas, bu ularning ishi emas 
edi. Askarboshi chekinishga buyruq berib:
– Og‘alar, xafa bo‘lmanglar, hozir chekinamiz, 
lekin agar ulardan bittasini shahardan tashqari-
ga chiqarib yuborsak, men nasroniy emas, yara-
mas tatar bo‘lay; hammasi bitta qolmasdan och 
qolib itdek o‘lib ketsin, – dedi.
Askarlar orqaga chekinib, shaharni o‘rab oldi-
lar. Bekorchilikdan zerikib, tevarak-atrofdagi qish-
loqlarni talon-toroj qilishga, ekin va xirmonlarga 
o‘t qo‘yishga, o‘roq tegmagan bug‘doylarni yilqilar-
ga oyoqosti qilishga tutindilar; o‘sha yili hosil juda 
mo‘l bo‘lib, ekinlar tekis bosh tortgan va hamma 
dehqonlar suyungan edi, lekin kazaklar yaxshi 
ungan, ko‘karib turgan bug‘doylarga yilqilarni 
qo‘yib yubordilar. Shahardagilar ular ning rizq-
ro‘zi bo‘lgan, pishib turgan ekinlar ning poymol 
bo‘lishini ko‘rgach, vahimaga tushdilar. Bu orada 
zaporojyеliklar barcha aravalarni shahar atrofi-
ga ikki qator qo‘rg‘on qilib o‘rab, o‘z yurtlaridagi 
kabi bunda ham chodir qurdilar, chilim chekish, 
g‘animat qilib qo‘lga tushirgan yarog‘-aslahalarni 
almashtirish, mindi-mindi, juft-toq o‘ynash bi-
lan mashg‘ul bo‘lib ketdilar. Shaharga sira par-
vo qilmay, o‘zlari bilan ovora bo‘lib yotaverdilar. 


62
Nikolay Gogol
Kechalari gulxan yoqardilar, har bir bo‘linmaning 
oshpazi katta mis qozonda ovqat pishirar, kecha-
si bilan yonib chiqqan o‘t oldida posbonlar ux-
lamasdan tong ottirar edilar. Ammo oradan ko‘p 
vaqt o‘tmay bekorchilik ularni zeriktirdi, ichkilik-
ni sog‘indilar. Askarboshi askarlarga beriladigan 
may ikki hissa oshirilsin deb buyruq berdi; qiyin 
safar va xavf-xatar bo‘lmagan vaqtlarda ba’zida 
shunday ishlarga ruxsat berilar edi. Bu xil tirik-
lik yoshlarga va xususan, Tarasning o‘g‘illariga 
aslo yoqmadi. Andriy ancha zerikib qoldi.
Taras unga:
Esi past, sabr qilsang murodingga yetasan; 
mushkul ish boshiga tushganda es-hushini qo‘li-
dan bergan mard mard emas; bekorchilikka ham 
zerikmasdan sabr qilgan, birov nima desa ham 
quloq solmay, o‘z yo‘lida mahkam bel bog‘lagan 
odam marddir, – dedi.
Lekin g‘ururi oshgan yigit bilan keksa kishi ning 
ittifoq bo‘lishi imkondan tashqari. Ularning ikkovi-
da ikki xil tabiat, bir ishga ikki xil qarash bor.
Bu orada Tarasning Tovkachga topshirib kel-
gan lashkarlari ham yetib keldi. Tovkach bilan 
birga ikki yasovul, mirza va bir necha amaldorlar 
ham keldi. To‘rt mingdan ortiq kazak yig‘ildi, bular 
orasida o‘z xohishi bilan otlanib, yo‘lga chiqqan bir 
qancha ko‘ngillilar ham bor edi. Yaso vullar Taras-
ning bolalariga kampir onasidan duoyi salom, Ki-
yevdagi Mejigor ibodatxonasidan sarv yog‘ochi-
dan yasalgan bittadan ikkita but ham keltirdilar. 
Ikki o‘gil muborak butlarni bo‘yniga osib olarkan, 
beixtiyor mushtipar onasini eslashdi. Kampirn-
ing yuborgan bu sovg‘asi ularga nimadan basho-
rat berar edi? Dushmanni yengib, eson-omon, 


63
Taras Bulba
shod-u xurram, ko‘p g‘animatlar, kelgusida dos-
ton bo‘lgudek shon-shavkatlar, izzat-hurmat bi-
lan o‘z yurtlariga qaytib kelishlaridanmi yoki?.. 
Lekin kelajak degani ko‘zdan g‘oyib, odamning 
oldida qamishzor to‘qaydan ko‘tarilib chiqqan 
kuz tumanidek xira bo‘ladi. Bu tumanda qushlar 
bir-birlarini ko‘rolmay qichqirishib, past-u baland 
har tarafga uchadilar, bunda kaptar qarchig‘ayni, 
qarchig‘ay kaptarni ko‘rmaydi, kushandasining 
yiroq va yaqinligini bilmaydi...
Ostap o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lib, bo‘linma-
ga kirib ketdi. Andriy bo‘lsa, o‘zi ham bilmay
negadir yuragi siqilar edi. Kazaklar kechqurungi 
o‘yin-kulgilarini tamom qildilar, qorong‘i tushdi, 
iyul oyida bo‘ladigan ajoyib, xush havo esdi. And-
riy chodirga bormadi. Uxlamadi, beixtiyor ko‘z 
o‘ngidagi manzaraning tomoshasiga cho‘mdi. Os-
monda behad va behisob yulduzlar yiltirab yonar, 
tevarak-atrofda ancha joygacha orqasiga moy 
idishlari osilgan va dushmandan g‘animat olin-
gan har xil yuk va ovqat ortilgan aravalar turar-
di. Aravalar oldida, tagida va atrofida zaporojyе-
liklar har xil vaziyatda dumalashib yotar edilar. 
Birovning boshida qop, birovning boshida bosh 
kiyimdan yostiq, birov-birovning biqiniga boshini 
qo‘ygan holda yotar edi. Har bir kazakning yoni-
da qilich, miltiq, mis qoplangan kalta mushtuk, 
temir chaqmoq bor. Kattakon, bahaybat ho‘kiz-
lar oyoqlarini taglariga bosib, tepadek bo‘lib 
yotar edilar; uzoqdan qaraganda ular unda-bun-
da do‘ppayib yotgan katta toshlarga o‘xshar edi. 
O‘t ichida har tarafdan, uyquga kirgan askarlar-
ning xurragi eshitilar, ularning xurragini eshit-
gan daladagi otlar oyoqlaridagi tushovlaridan 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling