Kdhfhffhhjhj


Download 0.62 Mb.
bet2/7
Sana28.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1302342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 4 kurs

Kurs ishi maqsadi. “Atom energetikasining fizik asoslari” mavzusi va unga oid ma’lumotlarni yig’ish, o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishi obyekti. Umumiy fizika kursining “Atom energetikasining fizik asoslari” mavzusi.
Kurs ishi predmeti. “Atom energetikasining fizik asoslari” mavzusini o`qitish usullari, metodlari va vositalari.
Kurs ishi vazifasi:

Atom energetikasining fizik asoslari
Yadro fizikasi - atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va yadro ichida yuz beradadigan
XIX asr oxirlariga qadar atom tuzilishi haqida hech narsa ma’lum emas edi.
1896-yilda A.Bekkerel radioaktivlikni kashf etdi. Radioaktiv
nurlanishlarning fotoplastinkaga ta’sir etishini va ionlashish xususiyatlarini
aniqladi. Ikki yildan so’ng P.Kyuri va M.Skladovskaya Kyurilar uran
tuzlarining ham radioaktivlik xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar.
Radioaktivlik yemirilish vaqtida uch xiI ( ) nurlanish vujudga kelishi
va nurlanish intensivligi tashqi ta’sirlarga (temperatura, elektromagnit
maydon ta’siri, deformatsiya) bog’liq emasligini aniqladilar.
1900-yili Kyuri, E.Rezerford, F.Soddilar radioaktiv namunalardan
chiquvchi -nur ikki marta ionlashgan geliy atomi, -nur tez elektronlar
oqimi, -esa qisqa elektromagnit to’lqin ekanligini aniqladilar. Bu
radioaktivlik hodisalarini atom, molekulalarda bo’ladigan jarayonlar deb
tushuntirib bo’lmaydi, balki yangi bir soha - yadroda deyishlikni taqozo
etadi.
J.J.Tomson 1897-yil 29-aprelda elektronni kashf etdi. 1904-yilda esa
o’zining atom modelini tavsiya etdi. Unga ko’ra, atom o’lchami R =
sm bo’lgan shar, bunda musbat zaryad va massasi tekis taqsimlangan,
elektron ma’lum konfiguratsiya bilan joylashib, Kulon qonuni bo’yicha
alohida bo’laklari bilan ta’sirlashib turadi. Elektron atomda ma’lum
muvozanat holatda bo’lib, agar u muvozanatdan siljisa, kvazielastik kuchlar
elektronni muvozanat holat atrofida tebranishga majbur etadi va nurlanish yuzaga keladi.
Atomdagi musbat va manfiy zaryadlaming taqsimlanish xarakterini o’rganish
maqsadida E.Rezerford va uning xodimlari -zarrachalaming moddalarda
sochilishini o'rgandilar. Tajriba natijasida -zarralar o’zlarining dastlabki
yo’nalishini turli burchak ostida o’zgartirgan. Ba’zilari juda katta (deyarli 1800
gacha) burchakka sochilgan. Olingan natijalarga asoslanib, Rezerford atom ichida
juda kichik hajmga to’plangan va katta massaga tegishli kuchli musbat elektr
maydon (yadro) mavjud bo’lgandagina -zarralar shunday katta burchakka
sochilishi mumkin, degan xulosaga keladi va 1911-yilda o'zining sayyoraviy
modelini yaratdi. Bu modelga ko’ra, elektronlar yadro atrofida joylashadi.
Elektronlar soni esa shundayki, ularning yig’indi manfiy zaryadi yadroning
musbat zaryadini neytrallab turadi. Atomning bunday sayyoraviy modeliga ko’ra,
uning deyarli butun massasi kattaligi (o’lchami) taxminan sm ga teng
bo’lgan atomning markazi - yadrosida to’plangan.
(1)
Rezerford sochilgan a-zarralar sonini aniqlashda atom yadrosi zaryadi
Ze ni va -zarraning zaryadi e ni nuqtaviy deb, ular orasidagi o’zaro
ta’sirlashuvni Kulon qonuniga bo’ysunadi deb hisobladi, bunda r-zaryadlar orasidagi masofa. Energiya va harakat miqdori momentining saqlanish qonuniga ko’ra sochilish uchun quyidagicha formulani yaratgan
. (2)
Bu yerda dN- sochilish nuqtasidan r-masofadagi -fazoviy burchakka
to’g’ri kelgan va burchak ostida sochilgan -zarralar soni;
-zarraning sochilishdan oldingi va keyingi yo’nalishi o’rtasidagi
burchak; -sochuvchi yaproqchaga tushayotgan dastadagi -zarralar
soni; t - sochuvchi yaproqcha qalinligi; - sochuvchi moddaning 1
dagi yadrolari soni; - mos ravishda zarraning massasi va boshlang'ich
tezligi.
onst. (3)
Tajribalar (3) formulaning to’g’ri ekanligini tasdiqladi, ya’ni -zarralar
moddadan o’tayotganda og’ir zaryadli zarralardan kulon kuchi ta’sirida
sochilishligini hamda -zarralar bilan sochuvchi yadro orasidagi masofa
sm bo'lganga qadar to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi. Rezerford kashf etgan atomning sayyoraviy modeli atomning barqarorligini, spektrning diskretligini tushuntira olmaydi. Chunki atom qobig'ida elektron yadro atrofida aylanib turar ekan zaryadli zarra elektrodinamika qonunlariga ko’ra, o’z energiyasini nurlab borishi lozim va nihoyat elektron yadroga kelib tushishi kerak.
Bu qarama- qarshilikni 1913-yilda daniyalik olim N.Bor o’z postulatlari bilan bartaraf etdi. N.Bor postulatlariga ko’ra, atomda elektronlar aniq barqaror orbitalarda (K,L,M…) harakatlanadi. Har bir orbita bir- biridan muayyan masofada joylashgan aniq energiyaga egadir, bunda atom energiya yutmaydi ham, chiqaemaydi ham. Energiya yutish va chiqarish faqatgina elektronnning bir orbitadan ikkinchisiga o’tishida ro’y beradi.
N.Bor o’z postulatlari bilan atom yadrosidagi jarayonlarni klassik tasavvurlashdan kvant tasavvurlarga asos soldi.
Geyzenburg noaniqlik prinsipini, Shredinger kvant fizikasining to’lqin nazariyasini ishlab chiqdi. 1919- yilda Aston mass- spektograf yaratdi va atomning massalarini aniq o’lchash imkoniyatini berdi. Element massalari har xil bo’lgan izotoplar aniqlandi. Rezerford birinchi marotaba alfa- zarralar bilan azot yadrosini bombardimon qilib yadro reaksiyasini amalga oshiradi.
Reaksiyada vujudga kelgan vodorod atomining yadrosi barcha yadrolar tarkibiga kiruvchi elementar zarra ekanligi aniqlandi va proton (p) deb nom berildi. “proton” so’zi “birinchi” degan (yadro tarkibiga kiruvchi birinchi zarra) ma’noni anglatadi. Protonning massasi ga, zaryadi miqdor jihatdan elektron zaryadiga teng, ishorasi esa unga qarama- qarshi.
1932- yilda D. Chedvik (1891-1974) zaryadsiz, massasi protonnikiga yaqin bo’lgan massali neytiral zarra- neytronni kashf etdi.
Neytron kashf etilgach, D.D.Ivanenko va Geyzenberg atom yadrosining proton- elektron modelini tavsiya etishdi. Bu modelga ko’ra, atom yadrolari proton va neytronlardan tashkil topgan deb qaraladi.
D.Kokroft va E.Uolton sun’iy tezlashtirilgan protonlar bilan birinchi yadro reaksyasini amalga oshiradi. K.Anderson kosmik nurlar tarkibida pozitron ( ni kashf etdi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling