Kdhfhffhhjhj


Atom yadrosining asosiy xususiyatlari


Download 0.62 Mb.
bet4/7
Sana28.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1302342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 4 kurs

Atom yadrosining asosiy xususiyatlari.
Atom yadrosi turg’un (barqaror) yoki radioaktiv bo’lishi mumkin. Bu yadrolar massalar soni A, elektr zaryadi Z, massasi M, massasiga bog’liq to’la bog’lanish energiyasi radiusi o’lchami R, spini I, magnit momenti , elektr kvadrupol momenti Q, izotopi spini T va shu yadroning to’lqin funksiyasiga xos bo’lgan juftligi bilan xarakterlanadi. Radioaktiv yadrolar yana yemirilish turi, yarim yemrilish davri, yemirilish natijasida hosil bo’lgan nurlarning energiyasi bilan ham xarakterlanadi.
Massa soni, atom yadrosining zaryadi va massasi.
Atom yadrosi proton va neytrondan tashkil topganligi aniqlangach, protonlar soni Z va neytronlar soni N birlikda massa soni A deb atala boshladi. Bunda: A=Z+N. barcha yadroviy reaksiyalarda massa soni saqlanadi. Bunda nuklonlar yoki baion soni saqlanishi deb ham ataladi. Yadroni belgilashda kimyoviy belgisi quyidagicha ifodalanadi: Bunda X- kimyoviy belgisi; A- massa soni; Z- yadro zaryadi.
Massa soni massa atom birligida hisoblangan yadro massasidan gacha farq qilishi mumkin. Atom yadrosining yana muhim xususiyati zaryaddir. Yadro zaryadi yadroni tashkil ethan zarralar protonlar zaryadlarlari yig’indisiga teng bo’ladi. Proton zaryadi musbat miqdor jihatdan electron zaryadiga teng: Sunday qilib, tartib nomeri Z bo’lgan biror element atomining yadrosi Ze zaryadga ega. Yadro zaryadi yadrodagi protonlar soniga o’z navbatida atom qobig’idagi electron soniga ( atom har doim neytral bo’lgani uchun) yoki Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi tartib raqamiga teng.
Atom yadrosining zaryadini 1920- yilda Chedvik qo’llagan usul bilan ham aniqlash mumkin. Bunda - zarralarning yupqa metal yaproqcha (plyonka)lardan sochilishi uchun Rezerford keltirib chiqargan formuladan foydalaniladi:
(7)
Bunda: dN- burchak yo’nalishdagi fazoviy burchak ichida sochilgan zarralar soni:
N- zarralarning dastlabki soni
n- muhitning hajm birligidagi yadrolar soni
d- muhit qalinligi
Berilgan radioaktiv preparat uchun zarralarning tezligi v ma’lum. Rezerford tajribasi formula yordamida sochilgan zarralarni hisoblab, sochuvchi yadro zaryadini toppish mumkin.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling