Kеchinmaning badiiy ifodasi qahhorjon Yo‘lchiyev


Download 144.43 Kb.
bet3/5
Sana08.08.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1665915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

MUHABBAT ZANJIRI
O‘zingdan boshladim, bari O‘zingdan,
Sening kalomingdan, Sening so‘zingdan.
Bu yorug‘ dunyoga yo‘llading, Alloh,
Azobda sinading, qo‘llading, Alloh.
Qalban iqror bo‘lib, qilurman sajda,
Kaloming, oyating – bizlarga mujda.
Men Sening oldingda xasman, basirman,
Sen bergan tuyg‘uga, hisga asirman.
Tobeman Sen bergan yurakka, jonga,
Umr degan onga, aqlu imonga.
Boqib bu zamonga, davru davronga
Xiyonat etdimmi ahdu paymonga?
Bo‘lsam-da ishqingga some’, zanjirband,
Dunyoga mehrimni qo‘ydimmi baland?
Boqmasdan ma’shuqa hindu xoliga,
Hirs qo‘ydimmi, yo Rab, dunyo moliga?
Yo‘q, axir, O‘zingga bandaman, qulman,
Zanjirlaring sirli, g‘ullaring guldan.
Yurak tomirlarim, aqlu ardog‘im –
Qulchilik bobida qismat arqog‘im.
Bergan muhabbating, har lahza, oning –
Yuragim bog‘langan nurli arqoning.
Bashar daraxtida oddiy mevaman,
Sen bergan Vatanni – yurtni sevaman.
Sen shoshmay, tobora chirmab, bog‘laysan,
Yomg‘ir suvlarida yuvib, dog‘laysan.
Boqmangiz lab burib iftixorimga,
O‘zimni topshirsam ixtiyoriga.
Ko‘ring, men oshiqni, qulni, zanjini,
Bo‘ynimda muhabbat ranji, zanjiri.
Shu ishqsiz odammas – tuproqman, kulman,
Shu ishq tark aylasa, yo‘qman, bir pulman.
Shukr, men oshiqman, vayronam – gulshan,
Laylimsan, Majnunman, Sen – Shoh, men – qulman.
Shu buyuk ishqimni ado etmagin,
Sevgim zanjiridan judo etmagin.
Ishqi yo‘q kaslardan asra, ber panoh,
Jamoling nurini yor ayla, Alloh!
Omin! Oxiratda O‘zing xor etma,
Imon ber, yuzingga bizni zor etma.
EY DO‘ST
Ravo ko‘rding o‘zingga mehru vafoni, ey do‘st,
Bizga esa beadad javru jafoni, ey do‘st.
Rohatu farog‘atda o‘tar umring xotirjam,
Oqibati yomondir kayfu safoning, ey do‘st.
Tashla nazar ulusga, dillarga bo‘lgin hamdard,
Olgil, g‘arib yetimdan xayru duoni, ey do‘st.
Ko‘rsam edim senda men arzu samoda tengsiz
Shashti baland, jahdi zo‘r mardi Xudoni, ey do‘st.
Kimki dilda yori bor, bo‘lg‘ay g‘olib, baxtiyor,
Shukru tavba taxtidir, bil, bu nidoni, ey do‘st.
Kelur bir kun so‘roqlab: “To‘rt oyoqli cho‘bin ot”,
Ketar chog‘ing unutma, o‘yla vidoni, ey do‘st.
Bu qo‘nalg‘a dunyoda o‘tdi ne-ne insonlar,
Dushman bilib o‘ziga kibru havoni, ey do‘st.
Ko‘z-ko‘zlading zaringni, menga gardcha qadri yo‘q,
Tinglab ushbu navoni, angla Allohni, ey do‘st.
ILTIJO
Ko‘ngil, uchgil falaklarga, salom aytgil malaklarga,
Maloyiklar bilan sirlash, nazar solma bo‘laklarga.
Huzuriga yetib borgach, arzim aytgil o‘shal yorga,
– Bir boqsang, na bo‘lg‘ay? – de, ishq yo‘lida halaklarga.
Qolib ketma u yoqlarda, javob keltir jafokordan,
Kutib mujda, umid tushgay xazon yanglig‘ yo‘laklarga.
So‘ngaklarda g‘alat og‘riq, bilaklarda majol yo‘qdir,
Qarab qo‘ysa, gunoh bo‘lmas faqat diydor keraklarga.
Ruhi ravon – parokanda, do‘zax o‘ti yonar tanda,
Zamin otlig‘ bu vatanda panoh bormu yuraklarga?
Ko‘ngil, uchgil falaklarga, salom aytgil malaklarga,
Ijobat navbati yetgay qachon bizning tilaklarga?!
Ko‘ngilning ixtiyorini – berib yor ixtiyoriga,
G‘ulom-o, to‘y jamoliga boqib gulu chechaklarga.
Ko‘ngil, uchgil falaklarga…

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling