Kеchinmaning badiiy ifodasi qahhorjon Yo‘lchiyev


Download 144.43 Kb.
bet5/5
Sana08.08.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1665915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

1945 YIL MANZARASI
Shukrkim, jahannam og‘zidan qaytdim,
Tirilgani keldim huzuringizga.
Murdasin orqalab yurgan odamga,
Bolalar, yig‘lashni o‘rgating!
Kulishni o‘rgating, bolalar, menga!
O‘rgating azamat jangchiga
Yog‘och oyoqlarda chopishni…
* * *
Hech qachon Vatandan ketmadim yiroq,
Biroq fazolarni kezdi xayolim.
Bitiklar bag‘rida sevgi va firoq,
Qalbimni qiynardi cheksiz savolim.
Jahon bulbullari navosin tinglab,
Farah iqlimida qayg‘umni ezdim.
Ahli bashar dardi, g‘amini anglab,
Mehr, do‘stlik – najot ekanin sezdim.
ENG SODDA KASHFIYOT
Osmonga qarab quvonib chopdim,
Tirishdim – angladim, izladim – topdim,
Titrab turgan qo‘hna dunyo oyog‘i
Ko‘ksimizda turar juda omonat.
O‘sha tovon tagi bo‘shliq bo‘lmasin,
O‘sha tovon toysa – bo‘lar qiyomat.
Qarang, Men Yer shari izmida emas,
Yer shari yasharkan mening qo‘limda.
Buguni, ertasi – bor-yo‘q qismati
Bog‘liq ekan yurgan yo‘limga.
Osmonga qarab entikib chopdim
Baqirdim: – Angladim! Qichqirdim: – Topdim!
– Vijdonni asraylik! Qulab ketmasin,
Yer shari yo‘qotib tayanch nuqtasin.
TARJIMALAR
Henrix HЕYNЕ
SIRLI XAVOTIR
Halovatsiz dengiz qo‘ynida
Titraydi oy aksi qaltirab.
O‘zi esa musaffo yo‘ldan
Jim suzadi manzilga qarab.
Ey, sevgilim, sening yo‘ling ham,
Shunday sokin va musaffodir.
Biroq titrar qalbda qiyofang,
Chunki unda sirli xavotir.
Aleksandr BLOK
HAYOT ZAVQI
V.Pyastga
May – beshafqat, oydin tunlari bilan,
Eshikda to‘xtovsiz chorlov: – Chiqa qol!
Yelkalar ortida zangori tuman,
Oldinda halokat – bilgisiz iqbol.
Ko‘ksi mijig‘langan gullarga to‘la
Fahmsiz sanamlar boqar loqayd, lol.
Uyg‘on! Meni qilichlar-la til!
Ehtiroslardan qutqar, ozod qil!
So‘lim o‘tloq bo‘ylab, raqs tushib, kuylab,
Jo‘shqin davra bilan kezmoq – qanday soz!
May ichib, yoqimtoy do‘st ila quvnab,
Bejirim gulchambar tuzib ko‘ngil yoz!
Notanish qizlarga gullar tarqatib,
Yonib, kuyib, baxtiyor holdan toy bexos!
Eng yaxshisi, og‘ir omoch ortidan –
Tonggi shudring bo‘ylab kezmoq juda soz!
Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling