Kеchinmaning badiiy ifodasi qahhorjon Yo‘lchiyev


Download 144.43 Kb.
bet4/5
Sana08.08.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1665915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

LOLA SAYLI
Lola sayli edi, xushhol chechaklar
Sabolarga ko‘ksin tutgan bir zamon.
Yuzimga yiqildi – qora, xushbo‘y zar,
Sochlaring ortida yig‘ladi osmon.
Adir quchog‘ida chevrildi shamol,
Zamin titrab uchdi koinot tomon.
Birdan to‘nkarilib tog‘lar teskari,
Ko‘zing dengiziga yiqildi osmon.
Uyg‘ongan loladek qaddingni tiklab,
Ko‘z tikding ko‘zimga sirli va pinhon.
Shu mahal uyalib, meni ham olib,
Ko‘zlaring qa’riga berkindi jahon.
FURSAT
Chirt uzilib yo‘lakka sekin
Qulab tushdi sarg‘aygan yaproq.
Ko‘rinadi yuzida uning
O‘tayotgan fursatim yaqqol.
Bug‘doydek bir mitti kurtakni
Qoldiradi novdada xazon.
Ezg‘ilangan sari fursatim
Ulg‘ayadi qalbimda Armon.
U o‘sadi jimlikni buzib
Gullamasdan tugadi meva.
So‘ng bag‘ringga kiradi suzib
Fursatimdan yo‘nilgan kema.
QIZ
Zilol suvga tushini aytar,
Qiz ko‘zasin quchib, entikib.
Buloq esa bijirlab ketar:
“Senikiydi, bo‘ldi meniki!”
Hamdardidan ranjigan go‘zal –
Yo‘qotadi bir dam hushini.
Olib ketar uyiga qayta
Qiz – ko‘zalar to‘la tushini.
CHORRAHADA
Gunoh qilish mumkin ekan-da,
Agar uni sezmasa hech kim.
Bunday xufiya – sirpanchiq yo‘lning
Rohatidan oshkora kechdim!
Jazolaydi, qilmasdan karam,
Barchasining yolg‘iz shohidi –
Ko‘krakdagi beshafqat hakam –
Bu dunyoning eng odil shohi.
Yurgan yo‘lim o‘zingga ayon,
Dilim, barin xushlab turibsan.
Aytgil, qayga boraylik ey, jon,
Nega labing tishlab turibsan?
SHE’R
Hozir payqab qoldim bir mo‘jizani,
Menga osudalik, yolg‘izlik kerak.
Qo‘lim faqat yozib turibdi, xolos,
She’rlarimni aytib turibdi yurak.
MO‘JIZA
Hofiz soz chertadi, davra qalqadi,
Uyg‘onib ketadi ming yillik jur’at.
Bu dunyo ko‘zingda ko‘pchib balqadi,
Ey zilol – bolalik, ey ma’yus suvrat.
Hofiz kuylay boshlar… Onang etagin
Zarb bilan bosasan qaynoq ko‘zingga.
Jigarim, go‘dagim – olam – ertaging,
Lopillar, lol qotar, kirmas so‘zingga.
Hofiz avjga chiqar, ko‘zing o‘ngida –
Charxu falak bo‘lib aylanar tollar.
Rango-rang olaming aylanar o‘ngib,
Aylanar dala-yu xotinlar, chollar.
Hofiz nola qilar, ko‘z tikib senga,
Chorlaydi ko‘ksiga sanchib alamni:
– Ey bolam, mo‘jiza ko‘rsatgin menga,
Sen ham bir aylantir endi Olamni.
UMR MAZMUNI
(hazil)
–Ho‘v, kampir! Bo‘l, qara, topib ber tezroq,
Qani? Yer yutdimi? Qayga ketdi-ya?!
– Choli tushmagur-ey, gulday umrimiz
Nosqovoqni izlab o‘tib ketdi-ya…

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling