Kegl cc pechat indd


Qattiq jismlarda zarralar bir joydan ikkinchisiga ko


Download 175.39 Kb.
bet57/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Qattiq jismlarda zarralar bir joydan ikkinchisiga ko£chmaydi. Ular faqat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir- biriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali I bir-biriga uzatadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga issiqlik 0‘tkazuvchanlik deyiladi.
Turli moddalarning issiqlik o£tkazuvchanligi turlicha. Buni quyidagi tajribada ko£rish mumkin (75-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda
mis, temir, aluminiy, yog£ochdan yasalgan bo‘laklarni mahkamlaylik. Bo‘laklar uchiga gugurt cho‘plarini shamga o‘xshab oson eriydigan modda bilan yopishtiraylik. Bo£laklar mahkamlangan o£rtadagi diskni
sekin qizdiraylik.
74-rasm.
75-rasm.
Issiqlik o‘tkazuvchan 1 igi n i ng katta-kichikligiga qarab gugurtlar birin-ketin tushib ketganligini ko‘ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi tartibda tushishini ayting.
4-jadvaI

Modda

Issiqlik o‘tkazuv- chanlik, W/(mK)

Modda

Issiqlik o‘tkazuv- chanlik, W/ (m • K)

Kumush

418

Suv

0,600

Mis

395

Beton

0,11-2,33

Alyuminiy

209

Qog‘oz

0,140

Temir

73

Paxta

0,042

Po‘lat

50

Yog'och

0,2

G‘isht (qizil)

0,77

Shisha momiq

0,04

Suyuqliklarning issiqlikni qanday o‘tkazishini o‘rganish uchun quyidagicha tajriba o‘tkazaylik.
Uzun probirka olib, uning tagiga muz bo‘laklarini solaylik. Ustidan esa metall sharcha bilan bostirib qo£yaylik. Sharcha ustidan suv quyib, rasmda 76-rasm
ko£rsatilgan holatda yuqori qismidan qizdiraylik.
Dastlab suv isib bug‘lanadi, so‘ngra yuqori qismi qaynay boshlasa- da, probirka tagidagi muz erimasdan turadi (76-rasm). Sababi haqida o£ylab ko£ring.
Havo ham suyuqlik kabi issiqlikni yomon o£tkazadi. Yonib turgan gugurt yoki qizigan pechka yaqiniga qo£limizni yaqin tutib, kuydirmasdan tura olamiz.
107

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling