botish darajasi deyiladi. Kemaning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p botish
darajasi kema korpusida qizil chiziq bilan belgilanadi. Uni
vater chiziq
(gollandcha – «vater» – suv) deyiladi. Kema vater chiziqqacha botganda
siqib chiqarilgan suvning og‘irligi kemaning
suv sig‘imi deyiladi.
1.
Kemalar qaysi suvda ko‘p yuk ko‘tara oladi, daryo suvidami
yoki dengiz suvidami? Nima uchun?
2. Jismlarning suzish shartlarini aytib bering.
3. Qanday suvda odam cho‘kmaydi?
4. Havo sharlari ko‘tariladigan balandlik chegaralanganmi?
5.
Tuxum toza suvda cho‘kadi, ammo sho‘r suvda suzib yuradi.
Sababini tushuntiring va tajribada tekshirib ko‘ring.
6
*
. Dengiz suviga to‘la botgan holda turgan odam burni chiqib
turgan holda turadi. Odamning zichligi nimaga teng?
•
Arximed haqida afsona. Sirakuza podshosi Giyeron o‘ziga
oltindan toj yasattiradi. Usta yasagan tojning sof oltindan
yasalganligini tekshirishni Arximedga buyuradi. Podsho tojni
sindirmay unda aralashma bor-yo‘qligini tekshirishni uqtiradi.
Buning uchun toj zichligini sof oltin zichligi bilan solishtirish kifoya
edi. Massani tarozida o‘lchanadi. Lekin toj hajmini qanday aniqlash
mumkin? O‘ylay-o‘ylay charchagan Arximed hammomga boradi va
suvli hovuzchaga tushib, suv toshib ketganini ko‘radi va «Evrika!»,
ya’ni «Topdim» deb xitob qilib shu holatda laboratoriyasiga yugurib
ketgan. Topgan usuli 16-mavzudagi 19-rasmda keltirilgan.
28-MAVZU
ISH VA ENERGIYA HAQIDA TUSHUNCHA
Ertalab turib siz maktabga otlansangiz, ota-onangiz «ish»ga boradi.
Maktabdan qaytib kelib, ota-onangizga uy-ro‘zg‘or «ish»larida
qarashasiz. Xo‘sh, «ish» deganda nimani tushunamiz o‘zi? Kundalik
turmushda «ish qilish» deganda, biz «mehnat qilish»ni ko‘zda tutamiz.
Fizikada esa «ish» tushunchasi «mehnat» bilan hamma vaqt mos kela
-
vermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |