Kelajak kasblari nutqiy mavzuning maqsadi


 Matnning asosiy maqsadi nimadan iborat?


Download 261.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana13.02.2023
Hajmi261.94 Kb.
#1194078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7. Kelajak kasblari OʻK

2. Matnning asosiy maqsadi nimadan iborat?
Bu savol matn mazmunini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilarning javoblari 
turlicha boʻlishi mumkin. Asosiy eʼtibor matn oʻquvchini kasbga toʻgʻri 
yoʻnaltirishni maqsad qilganligini aniqlab ayta olishlariga qaratiladi. 
3. Robotlarning asosiy vazifasi haqida gapiring.
Bu savol matnda eksplitsit(ochiq) ifodalangan maʼlumotni tushunib aytib bera 
olishga qaratilgan. Oʻquvchilar matnda berilgan maʼlumotlar hamda oʻz shaxsiy 
kuzatishlari asosida robotning vazifasi haqida munosabat bildirishlari lozim.
4. Kelajakda qanday kasb egalariga ehtiyoj ortishi kutilmoqda? Buning 
sababini tushuntirishga harakat qiling.
Oʻquvchilar avval matnda berilgan maʼlumotlar asosida javob berishlari, 
astronomiya, kimyo, biologiya, matematika, IT soha mutaxassislariga ehtiyoj 
ortishini hamda buning sabablarini tushuntirib aytishlari lozim.
5. Aktyorlarning vazifasini kompyuterlar qay darajada uddalay oladi deb 
hisoblaysiz? Kompyuter dasturlarida yaratilgan qahramonlar faoliyatini 
qanday baholaysiz? 
Bunda oʻquvchilar axborot texnologiyasi jadal rivojlanib, insonlar 
oʻynaydigan rol, sahna manzaralarini kompyuter orqali amalga oshirish 
mumkinligini hamda ushbu jarayonni real aktyor va aktrisalar faoliyati bilan 
taqqoslab fikr bildirishlari lozim. 
6. Tanlaydigan kasbingiz borasida kimlar bilan maslahatlashishni maʼqul 
koʻrasiz?
Matndan mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquvchilar ushbu mavzu haqida 
oʻylab koʻradilar. Oʻzlari tanlagan kasb haqida, uni tanlashda kimlar bilan maslahat 
qilganligi, ushbu kasbning afzalliklari haqida gapirib berishlari soʻraladi.
7. Matn bilan tanishganingizdan soʻng sizda tanlagan kasbingizni oʻzgartirish 
fikri paydo boʻlmadimi? Javobingizni izohlang. 
Bu savol matn mazmunidan kelib chiqib, oʻquvchilarning oʻz shaxsiy 
qarashlarini ifodalashga qaratilgan. Oʻquvchilar tanlagan kasbiga munosabatini 
aytib bera olishi lozim. 

Download 261.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling