boʻlishingiz, shaxsiy fazilatlaringiz sizning istiqbolingizni taʼminlovchi asosiy
mezondir.
Oʻquvchilar audiomatnni tinglab boʻlganlaridan soʻng
tinglab tushunishga
asoslangan savollar bilan suhbat boshlanadi.
Muhokama.
Audiomatn yuzasidan berilgan savollar oʻquvchilarning tinglab tushunish
koʻnikmasini
shakllantirish, u orqali matnda eksplitsit(ochiq) ifodalangan
maʼlumotlarni topish, gaplarni integratsiya
qilib xulosa chiqarish, oʻz shaxsiy
kuzatishlari asosida javob berishlariga qaratilgan. Oʻquvchilardan audiomatndagi
jumlalarni soʻzma-soʻz aytib berishlari talab etilmaydi. Asosiy eʼtibor
audiomatn
mazmunini tushunib, munosabat bildirishlariga qaratiladi.
Orfografiya.
Berilgan soʻzlar ichidan toʻgʻri yozilganini aniqlab, ularni daftaringizga
koʻchiring.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning mavzuga oid atamalar bilan ishlash, ularni
imloviy jihatdan tahlil qila olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Oʻquvchilar berilgan ikki ustundagi gaplarni oʻqib, toʻgʻri yozilgan soʻzlarni
koʻchirishlari hamda notoʻgʻri yozilgan soʻzlardagi xatolik nimada ekanini aniqlab
aytishlari lozim.
Javob:
•
Injenering sohasi mutaxassislari.
•
Logist-naqliyotchilar.
•
Energetiklar.
•
Turizm sohasi mutaxassislari.
•
IT mutaxassislari.
•
Jurnalist va imijmeykerlar.
•
Nanotexnologlar.
•
Xizmat koʻrsatish sohasi mutaxassislari.
Do'stlaringiz bilan baham: