KELAJAK KASBLARI
Nutqiy mavzuning maqsadi: audiomatnni tinglab tushunish, matnda
berilgan
maʼlumotlarni grafik koʻrinishda berilgan maʼlumotlar bilan oʻzaro bogʻlay olish,
matnni oʻqib tushunish, nutqiy mavzu doirasida soʻrovnoma oʻtkazish, xulosaviy
fikrlarini esse shaklida yoza olish. Tabriknoma yozish qoidalari, unda qoʻllanadigan
til birliklari bilan tanishish. Yuklamalar va ularni qoʻllash,
atamalar, ularning
talaffuzi
va imlosida ustida ishlash, atamalardan foydalanishning ahamiyati,
koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmalari, ularning vazifasi va qoʻllanishi, feʼllarning
tuzilishiga koʻra turlari, qoʻshma feʼl va koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi
oʻrtasidagi farq, gap boʻlaklari va ular ifodalagan maʼno, ularning vazifasi, iboralar
va
ularning vazifalari, nutqdagi ahamiyati.
1-soat
Dars jarayoni
Kirish.
Bugungi kunda qaysi kasblarga ehtiyoj koʻp deb oʻylaysiz? Nima uchun?
Asosiy qism.
Ogʻzaki nutq.
Darslikda turli kasblar aks etgan rasm berilgan. Oʻquvchilar rasm bilan
tanishib chiqqanlaridan soʻng ushbu kasblar yuzasidan
munosabat bildirishlari
lozim.
Tinglab tushunish.
Audiomatnni tinglang va savollarga javob bering.
Audiomatn: “Eng reytingi baland kasblar oʻntaligi”.
Muallif: Orifjon Madvaliyev.
Bugun rivojlangan mamlakatlarda eng koʻp talab qilinayotgan kasblar tez
orada yurtimizda ham alohida mavqe-eʼtibor qozonishi aniq. Quyida dunyoda eng
koʻp soʻraladigan mutaxassisliklar oʻntaligi bilan tanishasiz. Ularning
koʻpchiligiga, ayniqsa IT va nanotexnologiya, kimyo sohasi mutaxassislariga talab
mamlakatimizda ham tobora oshib boryapti.
1. Injiniring sohasi mutaxassislari.
Qurilish sanoati va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish shiddat bilan
rivojlanib boryapti. Bu jarayonda muhandislar, texnologlarning oʻrni beqiyos.
2.