Kelajak kasblari nutqiy mavzuning maqsadi
Download 261,94 Kb. Pdf ko'rish
|
7. Kelajak kasblari OʻK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shifokorlar va tibbiy soha mutaxassislari.
- Turizm sohasi mutaxassislari.
- Logist-naqliyotchilar.
IT-mutaxassislar.
Axborot texnologiyalari hayotimizga tobora chuqurroq kirib boryapti. Bugun har qanday zamonaviy texnikani ishlab chiqarishda axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Qoʻl telefonlarimizdagi ilovalar-u har kuni kiradigan saytlarimiz ana shu soha egalarining – dasturchi va dizaynerlarning mehnati mahsuli. Bu soha yaqin kelajakda iqtisodiyotning hal qiluvchi kuchiga aylanishi shubhasiz. 3. Shifokorlar va tibbiy soha mutaxassislari. Bu kasb egalariga hamma zamonlarda ehtiyoj katta boʻlgan. Chunki eng qulay, shohona sharoitlarda, toʻkin-sochinlikda umr kechiradigan odam ham kasal boʻlishi mumkin. Zamonaviy tibbiyot shifokorlar oldiga yangi texnologiyalardan unumli foydalana olish shartini ham qoʻyyapti. Yangi texnologiyalar tashxis va muolaja jarayonini yengillashtirib, aniqlik darajasini kuchaytiradi. Bunday koʻnikmaga ega shifokorga esa talab yuqori boʻlishi tabiiy. 4. Turizm sohasi mutaxassislari. Sayyohlik sohasi dunyoning juda koʻp mamlakatlarida iqtisodiyotning jon tomiri hisoblanadi. Bu yoʻnalish yurtimizda ham birmuncha rivojlangan, hozir yanada taraqqiy etyapti. Odamlarning turmush darajasi oshib, moddiy ahvoli yaxshilangani sari sayohat qilish istagi ham kuchaya boradi. Ularga yaxshi xizmat koʻrsatish esa sohaning ertasini kafolatlaydi. Shu sababli yaxshi xodimlarga talab ham ortadi. 5. Logist-naqliyotchilar. Bozor iqtisodiyotidagi keskin raqobat sharoitida transport-logistika va mahsulotlar oqimini boshqarish strategik ahamiyatga ega. Bozorda munosib oʻringa va doimiy xaridorlarga ega boʻlishni istagan firma va kompaniyalar bu yoʻnalishda muntazam ish olib borishi shart. Buning uchun ularga naqliyot sohasini chuqur biladigan, iqtisodiyotni nozik his qiladigan mutaxassislar kerak boʻladi. 6. Ekologlar. Sanoat va ishlab chiqarish rivojlanib, isteʼmol hajmi ortgani sari ekologiya va atrof-muhitni asrashning ahamiyati oshib boraveradi. Bu hol, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda yaqqolroq koʻzga tashlanadi. Shu sababli ham bunday hududlarda ekologiya mutaxassislariga ehtiyoj katta. 7. Download 261,94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling