shuningdek, yuklamaning shakl jihatdan qaysi turi ishtirok etayotganligi haqidagi
munosabatlari soʻraladi.
Uyga vazifa.
Yordamchi soʻzlar.
Yuklamalardan mosini qoʻyib, gaplarni koʻchiring. Gap mazmunida qanday
oʻzgarish boʻlganiga eʼtibor bering.
Oʻquvchilar bilan yuklamalar haqidagi bilimlar
umumlashtirib xulosa
chiqariladi. Ularga berilgan gaplarni oʻqib, gap mazmuniga mos yuklamalarni
qoʻyib yozishlari aytiladi.
2-soat
Dars jarayoni
Kirish.
Soʻrovnoma nima? U nima maqsadda olinadi?
Asosiy qism.
Oʻqib tushunish. Ogʻzaki nutq.
Matnda berilgan maʼlumotlar diagramma koʻrsatkichlariga mosligini
aniqlang. Tushunganlaringizni yoʻriqnoma asosida gapirib bering.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish undagi
maʼlumotlarni diagrammada berilgan maʼlumotlar
bilan taqqoslab, bogʻlay olish
hamda qayta soʻzlab berish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Oʻquvchilarga yoʻriqnoma tushuntiriladi. Soʻngra ularning nutqi navbat bilan
tinglanadi. Bu jarayonda bir oʻquvchi gapirganda qolgan oʻquvchilar
tinglab
munosabat bildirishlari aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: