Kimyogarlar va energetiklar.
Resurslar cheklangani, ulardan oqilona foydalanish hayot-mamot masalasi
ekani bugun hammaga maʼlum. Tejamkor usullarni ishlab chiqish, yangi energiya
manbalarini izlab topish dunyoning iqtisodiy kelajagini belgilab beradi. Bu vazifani
uddalashda kimyogarlar va energetiklarning xizmati katta.
8.
Nanotexnologlar.
Nanotexnologiya bugun mashinasozlik, tibbiyot va hatto oziq-ovqat sanoatida
qoʻllanilyapti. Robotlar va mikrotizimlardan foydalanadigan soha va tarmoqlar
soni tobora koʻpayib boryapti. Oʻz-oʻzidan bu sohada faoliyat yurituvchi
mutaxassislarga ham talab ortaveradi.
9.
Xizmat koʻrsatish sohasi mutaxassislari.
Iqtisodiyoti rivojlangan, aholisining turmush sharoitlari yuqori boʻlgan
mamlakatlarda xizmat koʻrsatish sohasi yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi.
Turmushga sin solib qarasangiz, xizmatlar sohasi qanchalar taraqqiy etayotganiga
guvoh boʻlasiz. Agar xohishingiz boʻlsa, taksi tutgani koʻchaga chiqib oʻtirmaysiz.
Oʻzi eshigingiz tagidan olib ketadi. Yoki ovqatlanish uchun kafega borish ham shart
emas. Uyingizga eltib berishadi. Bularning bari – xizmatlar sohasining qulayliklari.
10.
Jurnalistlar va imijmeykerlar.
Katta kompaniyalarning oʻz matbuot xizmatlari va PR boʻlimlari bor. Chunki
bugun axborot juda koʻp narsani hal qiladi. Oʻz mahsuloti yoki xizmatini yetarlicha
targʻib-tashviq qilmagan kompaniya katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Jamiyat hayotining eng muhim nuqtalarini koʻra bilish, jamoatchilikda fikr
uygʻotish, chuqur tahlil va ravon uslubga ega boʻlish jurnalistning ustun
jihatlaridan biridir. Axborotga ehtiyoj har doimgidan koʻra koʻp boʻlgan bugungi
dunyoda malakali jurnalistlarga talab ham ortib boraveradi.
Bu roʻyxat, albatta, nisbiy. Chunki mintaqa va mamlakatning ichki shart-
sharoitiga koʻra mutaxassislarga ehtiyoj farqlanadi. Moliyachilar, menejerlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |