Kelajak kasblari nutqiy mavzuning maqsadi


Muhokama.  1. Matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni talaffuz qiling. Qaysi soʻz(lar)


Download 261.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana13.02.2023
Hajmi261.94 Kb.
#1194078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7. Kelajak kasblari OʻK

Muhokama. 
1. Matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni talaffuz qiling. Qaysi soʻz(lar) 
maʼnosini oʻzbek tilida ham ifodalash mumkin deb hisoblaysiz?
Ushbu topshiriq qisqartmalar imlosi va uning talaffuzini tushunishga 
qaratilgan. Oʻquvchilar matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni talaffuz qilib
munosabat bildirishlari lozim.
2. Matnda nima uchun oʻzbekistonlik soʻzi kichik harfda yozilgan? Bu 
toʻgʻrimi? Javobingizni izohlang. 
Bunda -lik qoʻshimchasi oʻrin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga 
qoʻshilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildirishi, atoqli otlarga qoʻshilgan -
lik qoʻshimchasi atoqli otni turdosh otga aylantirishi va kichik harf bilan yozilishi 
haqida maʼlumot beriladi.
Morfologiya.
Matn bilan tanishing. Matndagi sodda feʼllarni koʻmakchi feʼlli soʻz 
qoʻshilmalari bilan almashtirib, ularni koʻchiring. Feʼl maʼnolarida qanday 
oʻzgarish boʻlayotganini aniqlang. 


Ushbu topshiriq oʻquvchilarning matnni lingvistik tahlil qilish, koʻmakchi 
feʼlli soʻz qoʻshilmalari, ularning vazifasi va qoʻllanishi bilan bogʻliq lingvistik 
bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan. 
Dastlab oʻquvchilar bilan koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmalari nima ekanligi 
savol-javob orqali takrorlab olish maqsadga muvofiq. Soʻngra oʻquvchilardan 
berilgan parchadagi feʼllarni namuna asosida yozib, gap mazmunida boʻladigan 
oʻzgarishlarini tushuntirib berishlari talab etiladi.
Morfologiya. 
4 ta guruhga boʻlining hamda feʼllarning tuzilishiga koʻra turlariga misollar 
topib, xattaxtaga yozing. Ularning imlosiga eʼtibor bering.
Mazkur topshiriq feʼllarning tuzilishiga koʻra turlariga oid lingvistik 
bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan.
Oʻqituvchi oʻquvchilarni toʻrt guruhga boʻladi. Feʼllarning tuzilishiga koʻra 
turlari yodga olinadi. Oʻquvchilarga navbat bilan chiqib doskaga misollar yozishi 
kerakligi aytiladi. Qaysi guruh eng koʻp misol topa olsa, oʻsha guruh aʼzolari 
ragʻbatlantiriladi.

Download 261.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling