Yozma nutq.
Xattaxtada robotlarga oʻrnini beradigan kasblarni bir ustunga, robotlarga
oʻrnini bermaydigan kasblarni esa ikkinchi ustunga yozing.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning
guruh bilan ishlash,
yaxlit matn
mazmunidan xulosa chiqarish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Bunda oʻquvchilar ikki guruhga boʻlinadi, birinchi guruh oʻquvchilariga
robotlarga oʻrnini
beradigan kasblar, ikkinchi guruhga robotlarga oʻrnini
bermaydigan kasblarga misol topib yozishlari aytiladi. Guruh aʼzolari oʻzaro
maslahatlashib doskaga chiqib ketma-ketlikda yozishlari
hamda yozganlarini
asoslab berishlari lozim. Bu jarayonda matndan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
Morfologiya.
Matnda ajratib koʻrsatilgan gaplarni yozing. Gap boʻlaklarini quyidagi
belgilariga koʻra farqlang.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning matnni lingvistik tahlil qilish koʻnikmasini
shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar matnda ajratib koʻrsatilgan
gaplarni
tarkibini aniqlab yozishlari lozim.
Bunda gap boʻlaklarini aniqlash tartibi ketma-ketlikda berilgan, oʻquvchilar
mana shu berilgan savollarga javob topishlari orqali matndan ajratib koʻrsatilgan
gaplarning gap boʻlaklarini aniqlashlari mumkinligi misollar
bilan tushuntirilishi
lozim.
Qoida. Morfologiya.
Oʻquvchilar
amaliy
topshiriq
orqali
gap
boʻlaklari
tartibini
oʻzlashtirganlaridan soʻng gap boʻlaklari va ularning vazifasiga oid nazariy bilimlar
misollar bilan tushuntirib berilishi lozim.
Ogʻzaki nutq.
Quyida berilgan iboralar bilan tanishing. Partadoshingiz bilan kelajak kasblari
mavzusida iboralar bilan bogʻliq nutqiy vaziyatlarni yarating. Iboralar
yordamida fikr ifodalashning ahamiyatli jihatlari haqida oʻylab koʻring.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning iboralar mazmunini tushunish hamda uning
maʼnosiga mos vaziyat yarata olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Bunda oʻquvchilarga oʻz partadoshlari bilan iboralar mazmunini muhokama
qilib, ixtiyoriy bittasini tanlab, uning mazmuniga mos vaziyat yaratishlari aytiladi.
Bu jarayonda lugʻatdan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: