Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

II.2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari 
Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi 
standartlari sistemasi “Ish zonasi mikroiqlimi” ga asosan belgilangan. 
Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan. 
Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish 
kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining 
ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1 
toifa)—o'tirib, tik turib yoki yurish bilan bog'liq holda bajariladigan, biroq 
muntazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklarni ko'tarishni talab qilmaydigan
ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi. Bunga 
tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
O'rtacha og'irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa)—soatiga 9150— 250 
kkal (172—293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga 
doimiy yurish va og'ir bo'lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan 
bog'liq bo'lgan ishlar kiradi. Masalan, yigiruv-to'qish ishlari, mexanik 
yig'uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir. 
Og'ir jismoniy ishlar (III toifa) — muntazam jismoniy zo'riqish 
xususan og'ir yuklarni (10 kg dan ortiq); muttasil bir joydan ikkinchi joyga 
ko'chirish va ko'tarish bilan bog'liq ashlar kiradi. Bunda energiya sarfi 
soatiga 250 kkal (293 Js)dan yuqori bo'ladi. Bunday ishlar temirchilik, 
quyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi. 
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va 
yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan miqdorlar ko'rinishida normalanadi. 
Risoladagi miqdorlar deganda, odamga uzoq muddat va muntazam ta'sir 


28 
qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan 
organizmning normal faoliyatini va issiqlik holatini saqlashini
ta'minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular 
issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini 
yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l qo'yilishi mumkin 
bo'lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning faoliyatini va issiqlik 
holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga 
chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarming kuchayishini 
bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim o'rsatgichlarining 
yig'indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq 
nomo'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish
qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.
1,2,3-jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo'l qo'yilishi 
mumkin bo'lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda jadvalda keltirilgan 
miqdorlar ta'minlanishi lozim, ular havoni mo'tadillashtirishda ham
majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan, issiqlik ko'p ajralib
chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya,
mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo'l qo'yiladigan normalarga (1,2-
jadval) asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga 
qo'yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq 
qotishini oldini olishga fqaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham 
amal qilish zarur.
Normalarda organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi 
sharoitlarga emas, balki mehnatning og'ir-yengilligiga bog'liq holda 
o'zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham 
hisobga olinadi. Shunga ko'ra yengil ishlarda, o‘rtacha og'irlikdagi va og'ir 
ishlarga qaraganda, havoning birmuncha yuqori harolatlarda va 
harakatining birmuncha kam tezlikda bo'lishi qabul qilingan. Yo'l 
qo'yilishi mumkin bo'lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan 
ikkinchisiga o'tish davrlarida (tashqi havoning) o'rtacha kundalik harorati 
10°C dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan 
tashqarida (1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o'zgarib turishi, yilning 
issiq paytida esa (2-jadval) sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa, 
O'rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan sexlarda) 
issiqlikning aniq ortiqcha bo'lishini ko'zda tutadi. Bu tashqi niuhitining 
issiq bo'lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo'qotishni qiyinligi 
bilan bog'liq. 
Biroq bu holda ham normalar yo'l qo'ysa bo'ladigan maksimumni 
chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bo'lgan sexlarda havoning harakat 


29 
tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
GOST12-1.005-76 da xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va 
namlik ajratilishining birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va 
narnlik kabilarni sun'iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan 
qator qo'shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mayjud.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling