Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.9. Ishlab chiqarish havo muhitida zararli moddalaraing yo'l


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
II.9. Ishlab chiqarish havo muhitida zararli moddalaraing yo'l 
qo'ysa bo'ladigan zichlik miqdorlari 
Texnologik jarayonlarning va ish zonasiga zaharli moddalarning 
tushishiga qarshi kurash vositalarining: hozirgi ahvolida ishchilarning 
nafas olish zonasida zaharlarning bo'lmasligini talab etish, albatta 
me'yoiiy holat hisoblanadi, shunday natijaga erishish esa juda mushkul 
texnik vazifa bo'lib, uni ado etish katta moddiy xarajatlar bilan bog'liqdir. 
Shunga ko'ra mehnat gigienasida yo'l qo'ysa bo'ladigan bezarar 
miqdorlarini asoslash zarurati vujudga keldi.
GOST 12.1.005-76 ning «Ish zonasi riavosi» bo'limida bu zichlik 
miqdori quyidagicha belgilanadi. Ish zonasi havosida zararli moddalarning 
yo'l qo'yiladigan zichlik miqdorlari—8 soat davomidagi kundalik ishda 
(dam olish kunlaridan tashqari) yoki boshqacha davomlilikda, biroq
haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat jarayonida, butun ish qobiliyati 
davomida ish jarayonida yoki hozirgi va kelgusi avlodlar hayotining 
keyingi muddatlarida zamonaviy tekshirish usullari bilan .aniqlanadigan 
kasalliklar yoki sog'lik holatida chetlanishlar keltirib; chiqara plmaydigan 
zichlik miqdordir.
Ishlab chiqarish zaharlari yo'l qo'yiladigan oxirgi darajasi 
(YQOD) ni belgilashda: a) moddalarning fizik-kimyoviy xossalari hisobga 
olinadi; b) tajriba tekshirish natijalaridan foydalaniladi; d) ishlab 
chiqarishdagi gigienik kuzatuvlar ma'lumotlariga, ishchilarning sog'liq 
holati va kasallanishga doir materiallarga ham amal qilinadi.
Ishlab 
chiqarishga 
yangi 
kiritiladigan 
birikmalar 
uchun 
materiallarning dastlabki ikki gruppasidan va agar yangi texnologiyani 
ishlab chiqarish jarayonida laboratoriya-ishlab chiqarish uskunalarida 
olingan gigienik ma'luniotlar bo'lsa, ulardan ham foydalaniladi.Bunday 
hollarda tavsiya etilgan YQOD gigienik kuzatuv ma'lumotlari,
shuningdek, sanoat korxonalaridagi ishchilarning sog'liq holati va 
kasallanish ma'lumotlarini yig'ishga qadar, ilgari taklif etilgan YQOD 
miqdorini aniqlash maqsadida vaqtinchalik hisoblanadi. YQOD ni 


50 
asoslashda moddalarning taqribiy va tuzilish formulasi, molekular massasi 
va nisbiy zichligi, erish va qaynash nuqtasi, turli muhitlarda eruvchanligi, 
kimyoviy reaksiyaga kirishish xususiyati va zaharli xossalarning yuzaga 
chiqishiga ta'sir qila oladigan va havodagi zaharning ta'sir etadigan zichlik 
miqdorlari paydo bo'lishi imkonini belgilaydigan qator boshqa 
ko'rsatgichlar hisobga olinadi. YQOD ni belgilashda havodagi moddaning 
kimyoviy yoki fizik usulda tekshirish majburiy hisoblanadi. 
Ish xonasi hayosidagi zararli1 moddalar YQOD ni belgilash 
maqsadida tajriba tadqiqotlari to'liq yoki qisqartirilgan hajmda bajarilishi 
mumkin. Oxirgi holda tavsiya etilgan YQOD ning taxminiy miqdori 
hisoblash usuli yordamida olinishi mumkin.
Zaharli moddalarning yo’l qo'ysa bo'ladigan zichlik miqdorlaridan 
ishlab chiqarishdagi sanitariya sharoitiga, sog'lomlashtirish tadbirlarining, 
masalan, shamollatish samaradorligiga baho berishda shuningdek, yangi 
sexlar zavodlarni loyihalashda amalda foydalaniladi. Zaharli moddalar 
YQOD ro'yxati tinimsiz kengaymoqda. YQOD miqdorlari esa gigiena fani 
nazariya va amaliyotidan olingan ma'lumotlar bilan to'ldirilib, qaytadan 
ko'rib 
chiqilmoqda. 
Ishlab 
chiqarish 
korxonalaridagi 
zaharli
moddalarning YQODini belgilashda, shuningdek, ishlab chiqarish 
zaharlariniig zalfarlilik sinflariga qarab ham belgilanadi.
GOST 12.1.007-76 ga asosan zaharli moddalar organizmga ta'sir 
ko'rsatish darajasiga qarab 4 sinfga bo’linadi: o’ta xavfli, yuqori xayfli, 
o'rtacha xavfli kam xavfli moddalar. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling