Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.7. Changga qarshi kurash chora-tadbirlari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

II.7. Changga qarshi kurash chora-tadbirlari 
 
Chang kasalliklarining oldini olish maqsadida quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi 
1.qonuniy tartibdagi choralar;
2.changning hosil bo'lishi va tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar; 
3.shaxsiy muhofaza chora-tadbirlari.
O'zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonunlari Kodeksiga 
asosan, ishlab chiqarish changlarining ta'siri bo'lishi mumkin bo'lgan 
ishga kirishdan oldin tibbiyot ko'rigidan o'tkaziladi. O'pka sili va miring 
o'pkadan tashqaridagi turlari, yuqori nafas yo'llari va bronxlar kasalligi, 
yurak-tomir tizimining organik kasalliklari va boshqalar bilan og'rigan 
kishilarga qabul qilinmaydilar.
20 yoshgacha bo'lgan shaxslar changli ishlarga qo’yilmaydilar, 
chunki pnevmokonioz yoshlarda tezroq rivojlanadi kattalardagiga nisbatan 
og'irroq o'tadi.
Umuman sanoat korxonalari, xonalari va sexlari havo muhitidagi 
changlar bu zonalarda ishlayotganlar sog'ligiga xavf solmasligini 
ta'minlash maqsadida chang miqdorining yo’l qo'yiladigan oxirgi darajasi 
(YQOD) sanitar-gigienik me'yorlari belgilangan huijatlar mavjud. Eng 
ko'p tarqalgan va xavfli changlarning YQOD i SN 245-71 va GOST 
12.1.005-76 «Ishchi zonasining havosi. Umumiy vsanitariya-gigiena 
talablari» da keltirilgan. Eng zararli changlarga eng past miqdor 
belgilangan (4-jadval). Jadvaldan ko'rinib turibdiki, tarkibida 70% dan 
yuqori kremniy (II) oksidi bo'lgan changlar uchun YQOD 1 mg/m dan 
oshmasligi kerak. Kamroq zararli changlar uchun u kimyoviy tarkibiga 
qarab 2 dan 10 mg/m atrofida bo'ladi. 
Ba'zi bir changlarning yo'l qo'yiladigan oxirgi darajasi 
4-jadval 
Moddalarning nomi 
YQOD 
mg/m
3
Xavflili
k sinfi 
Alyuminiy va uning qotishmalari(alyuminiyga 
hisob qilganda) 
2

Alyuminiyning dezintegratsiya
ko'rinishdagi oksidi (glinazem, 
elektrokorund, monokorund bo'lishiga 
qaramay)


Kremniy saqlovchi changlar:




44 
a) kristall kremniy (II) oksid, kvars, 
kristobalit, tridimit, changda ular 70% dan 
yuqori 
b) tumansimon aerozolli ko'rinishdagi amorf 
kremniy (II) oksidi, changda u 70% dan yuqori 
bo'lganda 
1

d) tumansimon aerozolli ko'rinishdagi amorf 
kremniy (II) oksidining marganets oksidlari 
bilan aralashmasi, ularning har biri 10% dan 
ortiq


e) kristall kremniy (II) oksid changda 0 dan 
70% gacha bo'lganda (granit, shamot, slyuda 
xomashyo, ko'mir, tog' jinsining changi va 
boshqalar 
2

d) kristall kremniy (II) oksid changda 2 dan 
10% gacha bo'lganda (yonadigan slanetslar, 
ko'mir, tog’ jinsi, tuproq changlari va 
boshqalar) 


O'simiik va hayvon mahsulotlarining 
changi: 10% dan ortiq kremniy (II) oksid
aralashganda (kanop, paxta, zig'ir poyasi, jun, 
momiq va boshqalar) 
2

2 dan 10% .gacha kremniy (II) oksidi
aralashsa 


2% dan kam kremniy (II) oksidi bo’lsa. 
(un va yog'och changlari)


Silikatlar va silikatli changlar:
tabiiy va sun'iy asbest, shuningdek, 
aralash, asbest-tog' jinslarining change, 
ularda 10% dan ortiq asbest bo'lganda 


shisha va mineral tola 


sement, olivin, apatit, tuproq 


Uglerod changi: slanets, elektrod koksi 


tabiiy va sun'iy olmoslar 8 

2% dan kam kremniy (II) oksidli ko’mir 




45 
Changning hosil bo'lishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik 
chora-tadbirlar eng samarali bo'ladi. Bunda qo'lda bajariladigan ishlar 
avtomatik usullarga o'tkaziladi, jihozlarning zich yopilganligi oshiriiadi, 
ma'lum masofadan ti|rib boshqarish tizimi jony etiladi. 
Mashinasozlik sanoatida quymalarni qum oqimi bilan tozalashni suv 
sochmasi bilan aralashtirish yoki suv bilan tozalashga almashtirish, 
kislotalar yordamida tozalash vsilikoz xavfini butunlay yo’qotadi. O'tga 
chidamli mahsulotlar sanoatida kvars va dinas ashyolarini magneziyga 
almashtirish tufayli silikozning yuzaga kelish imkoniyati kamayadi. Ba'zi 
bir ishlab . chiqarishlarda poroshoklar o'rniga mahsulotlarni donalar va 
pasta shaklida ishlab chiqarish chang ajralish jarayonlarini keskin, 
kamaytiradi yoki butunlay yo’qotadi.
Shaxsiy muhofaza qurollari-respiratorlar, toza havo yuborib 
turiladigan maxsus shlemlar va skafandrlar texnologik va boshqa 
tavsifdagi eng asosiy umumiy choralar bilan ish xonasidagi havoning 
changliligini pasaytirish imkoni bo'lmagan hollarda qo'llaniladi. 
«Lepestok» respiratori (4-rasm) keng tarqalgan bo'lib, bunda nafas 
olinadigan havo maxsus sun'iy toladan to'qilgan (FPP) qatlami orqali 
filtrlanadi. U juda samarali' bo'lib (respiratorda ishlatilgan gazmol turiga 
qarab 98 dan 99,9%), nafas olishga deyarli qarshilik qilmaydi (2—3 mm 
suv ustuni), yengil va foydalanishga qulay. 
Boshqa respiratorlarda filtr orqali faqat nafasga olinadigan havo 
o'tadi, chiqarilgan nafas maxsus klapan orqali chiqadi. Shunday 
respiratorlardan eng' yaxshisi «Astra-2» (4-rasm), unda ham filtrlovchi 
gazmol sifatida FPP xizmat qiladi. Ba'zi bir ishlarda  masalan, qum oqimi 
bilan tozalashda, shlyomlarskafandrlar yoki Icostyumlar qo'llanilib 
ishchilarning nafas olish zonalariga toza havo yuborib turiladi. Toza havo 
maxsus shlanglar orqali shlyom tagiga yuboriladi, shlanglar belga 
bog'lanadi va berilgan havoni miqdorini boshqarish uchun klapanga ega 
bo'ladi. 
4-rasm. Respirator turlari. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling