Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.4. Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchash usullari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

II.4. Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchash usullari
 
Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchashda uning texnologik jarayon 
bosqichiga (masalan, metallarga ishlov berishda konveksion va nur 
issiqligining ko'p ajralishi, quritish qurilmalarida detallarni quritish va 
boshqalar), 
yil 
mavsumiga, 
tashqi 
sharoitlarga, 
isitish 
va 
shamollashishning samaradorligiga ko'ra juda o'zgaruvchanligini hisobga 
olish zarur. 
O'lchash poldan l,5m balandlikdagi ish zonasi, asosiy yo'laklarda 
kun va yilning turli vaqtlarida, texnologik jarayonning turli xil davrlarida 
takroriy ravishda o’tkaziladi.
Havo harorati va namligini o'lchash uchun Assmanning aspiratsiya 
sixrometridan foydalaniladi (1-rasm).
 
1-rasm. Assman psixrometrining umumiy ko'rinishi. 


34 
U ikkita B termometridan tashkil topgan. Termometrlardan birining 
simobli boshchasi mato bilan qoplangan bo'lib, uni pipetka yordamida 
namlab turiladi. Quruq termometr havo haroratini ko'rsatadi. Nam 
termometr ko'rsatkichlari havo namligiga bog'liq, namlik nechog'lik kam 
bo'lsa, uning harorati shuncha kam bo'ladi, chunki havoda namlik 
kamaygan sayin nam matodan suvning bug'lanishi ko'payadi va simob 
idishchasining yuzasi ko'proq soviydi. Nam termometr ko'rsatgichlariga 
havo harakatchanligining ta'sirini bartaraf qilish uchun asbobning 
boshchasiga soat mexanizmli ventilator o'rnatilgan. U termometrlarning 
idishchalari turadigan A naychalarida havoning doimiy tezligini vujudga 
keltiradi. Bu naychalar termometrlarni mexanik shikastlkrdan saqlab va 
asbob ko'rsatgichlarini o'zgaritirishi mumkin bo'lgan w nurianishlarni 
qaytarib, himoya rolini ham o'ynaydi. O'lchashdan oldin pipetka D ga suv 
to'ldiriladi va nam termometrning matoli qobig'i ho'llanadi. Bunda asbobni 
vertikal (to'ntarmaslik kerak) tutib turiladi va o'lchash nuqtasiga 
o'rnatiladi. 
3—5 minut o'tgach, termometrlarning ko'rsatkichlari ma'lum 
darajani ko'rsatadil. Bu ma'lumotlar yoziladi, so'ngra maxsus jadvallar 
bo'yicha yoki namlik nomogrammasi yordamida namlik hisob qilinadi. 
Nisbiy namlik miqdori jadval bo'yicha, quruq va nam termometrlar 
miqdorlarining ayirmasi gorizontal bo'ylab joylashtirilgan va nam 
termometr ko'rsatgichi vertikal bo'ylab joylashtirilgan bo'lib, ularning 
miqdorlari kesishgan katakda oldindan hisoblab qo'yilgan qiymat 
keltirilgan bo'ladi. 
Nomogramma bo'yicha esa nam va quruq termometrlarning 
o'rsatgichlari kesishgan nuqtadan aniqlanadi. 
Ish joylari, shamollatish teshiklari, deraza oldidagi havo 
harakatining tezliklarini o'lchash uchun parrakli yoki kosacbali 
anemometrlardan foydalaniladi (2-rasm). 


35 
2-rasm. Kosachali anemometr. 
havo tezligining 1 dan 10 m/s gacha o’llchash imkonini 
beradi.Asbobning ishlash prinsipi quyidagicha asbob o’qi unga mahkam 
o'rnatilgan parraklari bilan harakatlanayotgan havo ta'sirida aylana 
boshlaydi, havo harakati tezligi qancha katta bo'lsa, u shunchalik tez 
aylanadi. O'q tishsimon g'ildiraklar sistemasi orqali strelkalarga ulangan. 
Markaziy strelka birlik va o'nliklarni, mayda millarning strelkalari 
bo'linmalarning yuzdan va mingdan bir ulushlarini ko'rsatadi. Yon 
tomonida joylashgan richag yordamida o’qni tishsimon g'ildiraklari 
sistemasidan uzish yoki ulash mumkin. 
O'lchash oldidan millar ko'rsatkichlarini o’qdan uzib qo'yilgan 
holda yoziladi. Asbobni o'lchash nuqtasiga o'rnatiladi va o'q unga 
mahkamlangan parraklar bilan birga aylana boshlaydi. Sekundomer 
bo'yicha vaqt belgilab olinadi va asbob ulanadi. Bir minut vaqt o'tgandan 
keyin o’qni uzib qo'yiladi va ko'rsatgichlar yana yoziladi. Ikkinchi yozib 
olingan ko'rsatgichlardan birinchisini ayirib, ayirmani. 60 ga (bir
minutdagi sekundlar soni) bo'lib, strelkaning biri sekund ichida o'tgan 
bo'linmalari soni topiladi. Keyin asbobga qo'shib beriladigan grafik 
bo'yicha havo harakatining bir sekunddagi metrlar tezligi aniqlanadi. 


36 
3-rasm. Termoanemometrning umumiy ko'rinishi. 
Havo harakatining aks|ri korxonada talab etiladigaii kichik 
tezliklarini (sekundiga bir metrdan kam) o'lchash 'uchun 
termoanemometrlardan (3-rasm) foydalaniladi. U shuningdek, havo 
haroratini o'lchash imkonini ham beradi. Termoanemo-metr—yarim 
o'tkazgichlardan yasalgan batareyali asbobdir. O'lchash asosi asbob 
datchigi qarshiligining o'zgarishiga asoslangan bo'lib, bu o'zgarish harorat 
va havo harakatining tezligi o'zgarganda sodir bo'ladi. Asbobga uning 
tuzilishi va o'lchash texnikasi bayon etilgan tavsiyanoma ilova qilinadi. 
Havoning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil 
moddalarning bo'lishi, havodan, nafas olib mehnat qilayotgan kishilar 
uchun juda, muhim. Chunki havoning tozaligi'inson salomatligini 
saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
Yer atmosferasi quruq havo bilan ma'lum miqdordagi suv 
bug'larining aralashmasidan tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining 
tarkibida 78 foizi azot, 20,9 foizi kislorod, 0,93 foizi argon, 0,03 foizi 
karbonat angidridi va uncha ko'p bo'lmagan miqdorda geliy, neon, kripton 
ya boshqa gazlar bor. 
Ma'lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida 
kislorodning bo’lishidir. havoning holatini bosimi, zichligi, harorati, 
absolyut namligi, namlik sig'imi, nisbiy namligi, issiqlik sig'imi va 
boshqdlar bilan belgilanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling