Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.8. Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
II.8. Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash 
 


46 
Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang 
miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish jarayoni 
bilan tanishishda chang manbalarini va chang hosil bo'lish sabablarini 
belgilash, ma'lum hajmdagi havoda bo'lgan'changning sifat tarkibi va 
uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho berilishi zarur. Buning 
asosida chang omilining ahamiyati baholanadi, zarur bo'lganda 
ishchilarning salomatligi haqidagi ma'lumotlar to'planadi va bu dalillar 
asosida changga qarshi kurash chora-tadbirlari belgilanadi.
Sanoat korxonasida mavjud bo'lgan chang omillarini o'rganish, 
texnologik jarayonni, jihozlarni, xomashyoni, uning tashilishvva ishlanish 
usullarini, o'rganishdan boshlanadi. Shu bosqichdayoq, odatda, changning 
kimyoviy tarkibini belgilash mumkim Biroq xomashyoga har xil usullar 
bilan ishlov berilganda ajralib chiqadigan chang xomashyo changidan farq 
qilishi mumkin. Bunday holatlarda chang tarkibidagi salomatlik uchun 
zarari ko’proq chang turlari masalan, kremniy (II) oksidini qo'shimcha 
aniqlash zarur bo’ladi.
Texnologiyani o'rganishda xomashyo mexanik, termik va boshqa 
ishlov berishning qaysi turiga uchrashini, ishlab chiqarish jarayonlarida 
aerozollar ajralishi mumkinligi va ularning tarkibi, shuningdek; oxirgi 
olingan mahsulotning fagregatv holati qandayligi belgilanadi. Maydalash 
yoki tumansimon aerozollar hosil bo'ladigan maydalash, charxlash, sayqal 
berish, silliqlash, tashish, sochiladigan materiallarni tortish va joylash, 
metallarva boshqa detallardan bug Earning uchishi, ularning keyin 
tumanga aylanishi va chang zarralarining hosil bo'lishiga olib keladigan 
boshqa ishlar borligini aniqlash zarur. Texnologik jarayonning to'xtalib-
to'xtalib borishiga va odatda havo muhitining ifloslanish imkoniyati ko’p 
bo'lgan qo'l ishlarining borligiga alohida e'tibor berish kerak. Bunda yana 
changning havoda doimo yoki davriy qo'shilishi aniqlanadi vaashunga 
qarab turli ish joylaridangina emas, balki turli smena davrlarida ham 
havodan sinama olish planlashtiriladi. Ba'zidalyilning turli yaqtida tahlil 
qilish zarurati tug'iladi. Havoda chang miqdorining o'zgarish holatini 
tegishli davrlar muddati xronometrik kuzatishlar yordamida aniqlanadi.
Ish zonasidagi havo tarkibidagi chang miqdorim aniqlashda, havo 
sinamasi taxminan 1,5 m balandlikda (bu nafas olish zonasiga to'g'ri 
keladi) ish joyiga bevosita yaqin joydan olinadi. Sex bo'ylab changning 
tarqalishini , baholash uchun neytral nuqtalar deb ataladigan, ya'ni chang 
hosil bo'ladigan yerdan ma'lum masofada (1-3-5 m va undan ortiq), 
shuningdek, o'tish yo'llaridagi havo muhitidan sinama olinadi. 
Ba'zida ishlatilayotgaa tozalovchi qurilmaning yoki ular qayta 


47 
jihozlangandan keyin samaradorliginir aniqlash uchun havo sinamasi 
qurilma o'rnatishdan oldin va o'rnatilgandan keyin, ularning 
ishlamayotgan, va ishlayotgan holatlarida olinadi. Havo sinamasini olish 
davridagi sharoitlar: ish joyidagi harorat, bajarilayotgan ish turi, havoning 
changligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omillar (deraza va 
eshiklarning ochiq yoki yopiqligi, shamollatishning ishlayotgan yoki 
ishlamayotganligi va boshqalar): havo sinamasi olish yaqti va muddati, 
havoning so'rilish tezligi albatta yozib boriladi. 
Havodagi chang miqdorini aniqlashda ihavoning hajm birligida 
(1m
3
) changning. og'irligi milligramlarda belgilanadi va luning 
dispersligiga har xil kattalikdagi chang zarrachalarining foiz nisbatiga 
ta'rif beriladi.
Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan 
og'irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang 
zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so'rilishiga asoslangan. Havo 
sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og'irligini, shuningdek, 
so'rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo'Igan 
chang miqdorini aniqlash mumkin. 
Filtrlarni tayyorlashda ko'pincha perxlorvinil mato ishlatiladi (AFA 
filtrlari, FPP matosidan ishlangan filtrlar). Bu matolar havoni katta tezlik 
bilan o'tkazishga imkon beradi (100 1/min gacha). Bundan tashqari, bu 
filtrlar kimyoviy zararli va yemiruvchi muhitga chidamli bo'lib, har 
qanday zarrachalarni yuqori samaradorlikda ushlab qoladi.
Tayyorgarlik ishlari laboratoriyada analitik torozilarda flltrlarni 
tortishdan, filtrlarning nomeri va og'irligini jurnalga yozishdan boshlanadi. 
Taxmin qilingan analizlar soniga qarab, bir nechta ortig'i bilan tegishli 
sondagi filtrlar tayyorianadi. 
Korxonada sinashga havo olishdan oldin filtrlar maxsus chang 
patronlariga joylanadi, ularga rezina trubkaning bir uchi ulanib, ikkinchi 
uchi havoni harakatga, keltiradigan va uning hajmini o'lchaydigan 
asbobga (reometr) ega bo'lgan elektr aspiratoriga ulanadi. Agar tok 
manbayi bo'lmasa yoki portlash, xavfi bo'lgan joylarda elektr aspiratori 
o'rniga AERA qo'llaniladi.
Elektr aspirator (5-rasm) havoni so'rib chiqaradigan ventilator, 
elektromotor va to'rtta reometrdan iborat. Reometrlardan ikkitasi 0 dan 20 
1/min gacha darajalarga bo'lingan bo’lib, changni aniqlash uchun 
olinadigan havo sinamalarini olishga mo’jallangan, boshqa ikkitasi 0 dan 1 
1/min gacha darajali bo'lib, gazlar va bug’lar miqdorini aniqlash uchun
olinadigan havo , sinamalariga mo'ljallangan. 


48 
Patronlar filtri bilan, rezina trubkalar orqali havo so'ruvchi reometr 
uchlariga ulanadi. Havo filtrdan o'tish tezligi. Selgilanib, masalan, 15 
1/min, aspirator to'xtatiladi, patronlar havo sinamasi olinadigan zonaga 
joylashtiriladi va sinama olishning boshlanishini sekundomer bilan 
belgilab, qaytadan aspirator ishga tushiriladi. 
Havo sinamasini olishda patron gorizontal, holatda namuna olish 
yeriga o'rnatilgan shtativga bog'lanadi, ba'zida esa patronni nafas olish 
zonasiga maksimal yaqinlashtirish uchun ishchining yelkasiga bog’lanadi. 
Sezilarli chang oqimi bo'lgan yerlarga, masalan, patron og'zi charx 
toshidan otilayotgan oqim qarshisiga o'rnatmaslik kerak, chunki yirik 
chang zarralarining tasodifan kirishi (odatdagi sharoitda ular havo oqimi 
bilan tortilmaydi) analiz natijalarini o'zgartirib yuborishi mumkin. 
Havoning changlanish darajasiga qarab, sinama olish muddati 2—5 
minutdan 20—30 min gacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin. Sinama
olib bo'lingandan keyin aspirator to'xtatiladi va vaqt belgilanadi. Filtr 
chiqarib olinib laboratoriyaga keltiriladi, qaytadan tortiladi va havo 
tarkibidagi chang miqdori hisoblanadi. 
5-rasm Elektr aspiratori allonji bilan 
Filtrdan o'tkazilgan havo hajmini me'yoriy sharoitga keltirish uchun 
quyidagi fbrmuladan foydalaniladi:
V
o
= VxV/760x273/273+t 
bu yerda, Vo — me'yoriy sharoitga keltirilgan havo hajmi; V — 
so'rilgan havo hajmi; V — sinama olish vaqtidagi barometrik bosim; 
273— mutlaq hjarorat; t— sinama olish vaqtidagi havoning harorati. 
Amalda haroratga tuzatish kiritishning o’zi odatda yetarli bo’ladi, 
chunki bosimga tuzatish kiritish natijaning aniq bo'lishiga juda kam ta'sir 
ko'rsatadi. Oddiylashtirilgan formula bilan hisob olib boriladi:
t
Vx
v


273
273
0
Havo tarkibidagi chang miqdoii quyidagicha aniqlanadi: 


49 
1000
0
1
x
V
q
q
G


bunda, q
1
— changlangan flltrning og'irligi; q—toza filtrning 
og'irligi; 
Vo—filtrdan o'tkazilgan havoning me'yor sharoitga tkeltirilgan hajmi 
mg larda olinadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling