Kichik biznes subʼektlarini bank soliq va audit bilan munosabatlari


Download 1.14 Mb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1001184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
soliq

Lekin konsepsiyada mamlakat iqtisodiyotining kelajagi hisoblangan xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortish tizimini isloh qilish bo‘yicha ko‘zga tashlanarli, aniq takliflarning kuzatilmagani ayrim xususiy tadbirkorlarimizni xavotirga solayotgan bo‘lsa, boshqalarini xursand qilmoqda. Xususiy tadbirkorlar fikrining bu tarzda ikkiga bo‘linishining o‘ziga xos sabablari mavjud. Ularni soliqqa tortish bo‘yicha amaldagi qoidalarning eng muammoli tomonlaridan biri ham aynan shunda. Ular ikki muammoga sabab bo‘lmoqda:

Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortish: soliqni sof foydadan undirish

  • Xususiy tadbirkorlik faoliyatini endi boshlayotgan yoki uni boshlab hali daromadga kirmagan tadbirkorlarimizni qiyin ahvolga solib qo‘ymokda. Bunday tadbirkorlar amaldagi tizimni isloh qilish tarafdorlari bo‘lishi tabiiy.
  • Xususiy tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yib olgan shaxslar uchun keragidan ortiq afzallik bermoqda. Ular amaldagi tartib shundayligicha qolishidan manfaatdor.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib olgan jismoniy shaxslar

Xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlab olishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun shaxsda ishbilarmonlik, tavakkalchilik, faollik, yangilik uchun intilish kabi xususiyatlardan tashqari, ma'lum miqdorda dastlabki sarmoya ham bo‘lishi zarur. Aksariyat hollarda u dastavval joy sotib oladi yoki ijara qiladi, bank yoki o‘z yaqinlaridan qarz oladi, faoliyat joyini jihozlaydi, uskunalar sotib oladi, ayrim hollarda ishchi yollaydi, va hokazo. Qisqacha qilib aytganda, shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyatini oyoqqa turg‘azib, foydaga kiritib olishi uchun anchagina harakat, xarajat va vaqt sarf etadi. Bo‘lajak tadbirkor bularning barchasini hali oldindan hech qanday daromad kafolatlarisiz, tavakkalchilik asosida amalga oshiradi. Muammo shundaki, tadbirkorlikni endi boshlagan shaxs hali foyda olmasdan turib, soliq xaqida xavotirga tusha boshlaydi. Nega?

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib olgan jismoniy shaxslar


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling